|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashningBog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
8
savodxonlikdan tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo
etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi
oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi
muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda.
Xalqaro mutaxassislar ijodiy fikrlashni «yangi gʻoya va yechimlarni berish» deb
ta’riflaganlar. Uning 6 jihati bor:
1) mos tajriba va ma’lumotni ta’riflash, sezish, kuzatish, hamdard boʻlish;
2) tadqiq qilish, qidirish va gʻoyalarni ishlab chiqish;
3) bogʻliqliklarni qurish, sohalararo nuqtayi nazarni tatbiq etish;
4) noodatiy yoki ildamgʻoyalar yaratish;
5) yangilikni tasavvur qilish, ifodalash, ishlab chiqish, kashf qilish;
6) yechimning yangiligiga ishonch hosil qilish.
Kreativ
fikrlash
koʻnikmasini
shakllantirish
ularga
tobora
murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali
hal etish imkonini beradi. Maktabda kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati
faqatgina mehnat bozori bilan cheklanmaydi.
Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan ijodiy
talantlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, kreativ fikrlash
oʻquvchilarning taʼlim olishini hodisalar, tajribalar va xatti-harakatlarni yangicha
va shaxsan mazmunli usulda talqin etish orqali qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻquvchining
xayoli va qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi: ijodiy fikrlash shu tariqa
oʻzaro kelishuvchanlik vositasiga aylanadi.
Hattoki avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari kontekstida ham maktabda
oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun, barcha oʻquvchilarning
ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning yangi shakllari yoʻlga
qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish bildirmayotgan
oʻquvchilarga yordam berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta olishiga, salohiyatini
ochishiga xizmat qiladi.
Har qaysi boshqa koʻnikma kabi, kreativ fikrlash ham amaliy va manzilli
yondashuv orqali rivojlantirilishi mumkin. Baʼzi o‘qituvchilarga oʻquvchining
kreativ fikrlashini rivojlantirish oʻquv dasturidagi boshqa fanlar evaziga
boʻlayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida, oʻquvchilar barcha fanlarda kreativ
fikrlashi mumkin.
Kreativ fikrlash bilim berishga qaratilgan dars mobaynida koʻr-koʻrona
yodlash oʻrniga tadqiqot va ixtironi qo‘llab-quvvatlaydigan yondashuvlar orqali
rivojlantirilishi mumkinю. Kreativ fikrlash qay tariqa vujudga kelishi borasidagi
puxtaroq tasavvur, oʻz navbatida, maktab bolalarda ular ham jamiyatning bir
|
| |