“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
10 
uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan. 
Umuman olganda, divergent fikrlash aksar hollarda yangicha, noodatiy hamda 
kutilmagan javoblarni hosil qilishdir. 
Kreativ fikrlash koʻpincha divergent fikrlash istilohlarida tavsiflanadi, aksar 
tadqiqotlar bugungacha divergent fikrlash bilan bogʻliq aqliy jarayonlarni 
oʻrganishga bagʻishlangan. Lekin, tadqiqotlar tahliliy yoki qaror qabul qilish 
qobiliyati kabi o‘xshash fikrlashning aqliy jarayonlari ham kreativlik uchun muhim 
ekanligini yaqqol namoyish qilmoqda. Sabr-toqat, qatʼiyat hamda oʻz ijodiy 
kuchiga ishonish insonga maqsad sari intilish hissi va ushbu maqsadlarini 
roʻyobga chiqara olishi borasidagi bardavomlik hissini berish orqali uning 
ijodkorligiga taʼsir qilishi isbotlangan.
Sabr – qiyinchiliklarga qaramay maqsad sari harakatni astoydil davom 
ettirish, qatʼiyat – maqsadiga yetishish uchun qiyinchiliklarga chidash va ularni 
yengish – ijodkorlik uchun muhim xislatlardir. Zamonaviy tadqiqot tobora kreativ 
fikrlashga individual yumush emas, koʻproq ommaviy xatti-harakat sifatida 
qaramoqda. Bunga yangi bilim yaratishda guruhlarning faoliyatini tahlil qilishni 
misol keltirish mumkin. 
Kreativ fikrlashni bunday anglashda ilgari surilgan asosiy fikr, ijodiy 
faoliyat inson va uning muhiti, jumladan, ushbu muhitdagi boshqa insonlar 
orasidagi munosabatning natijasi ekanligidir.
Bu yoʻsinda, kreativ fikrlash va faoliyat doimiy «bajarish» (muhitga 
qaratilgan xatti-harakat) va «duchor boʻlish» (muhitning aks harakatini qabul qilib 
olish) sikli sifatida shakllantirilgan. Oʻzaro hamkorlik natijasida guruhlar alohida 
insonning qobiliyati yetmaydigan murakkab muammolarga yangicha yechimlarni 
taklif etishi mumkin.
Hamkorlikdagi kreativ fikrlash borasidagi tadqiqotlarga ko‘ra, guruh 
aʼzolari maqsadli, opportunistik vaziyatdan kelib chiquvchi va tartibsiz murakkab 
jarayonlarda ishtirok etgan holda, maqsad qoʻyadi va uning roʻyobga chiqishini 
kuzatadi, bunda guruhning turli aʼzolari oʻzining kuchli tarafiga asoslanib, guruhda 
yetakchilikni oladi.
Xususan, muzokara va badiha usulidagi olib boriladigan jarayonlarda 
qatnasha olish yangi gʻoyalarni yaratishga zamin tayyorlaydi. Hamkorlik 
natijasida, faoliyat gʻoya yaratish va takomillashtirish bilan bogʻlanadi, 
gʻoyalardagi kamchilik tuzatiladi, boshi berk muammolarni aylanib oʻtish yoʻllari 
kashf etiladi. 
Hamkorlikda ishlay olish qobiliyati taʼlim kontekstida ham bilim 
yaratishning muhim qismidir. Oʻquvchilar boshqalarning gʻoyalarini kashf etib, 



Download 6,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish