|
Issiqlik elektr stantsiyalarida qozonxona agregatlarining foydali ish koeffitsiyenti oshirishBog'liq issiqlik-elektr-stantsiyalarida-qozonxona-agregatlarining-foydali-ish-koeffitsiyenti-oshirish-boyicha-tavsiyalarOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
215
w
www.oriens.uz
October
2021
issiqlik ehtiyojlariga sarf qilinadi. Sanoatda issiqlikni iste'mol qilish o'lchami haqida
tahminiy xulosani har qanday konkret korxona misolida hosil qilish mumkin. Issiqlik
ta'minoti tizimida issiqlik almashinuv apparatlarini taxlil qilish, jismonan va
ma'naviy eskirgan, samadorligi pasaygan issiqlik almashinuv qurilmalarini
rekonstruktsiya qilish, ularni zamonaviy qurilma-larni bilan almashtirish bo'yicha
tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qilib olgan va rejani amalga oshirgan. Elektr
energetika tarmog'ining ishonchli faoliyat yuritishini ta'minlamasdan turib iqtisodiyot
tarmoqlari va mamlakat hududlarining sanoat salohiyatini oshirish, tadbirkorlik
faoliyatini rivojlantirishni rag'batlantirish, aholi farovonligini yuksaltirish va hayot
sifatini yaxshilashga erishib bo'lmaydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Turli soxalariga oid bo'lgan texnologik jarayonlar va qurilmalarning ishchi
sikllari elektr yoki issiqlik energiyasidan foydalanilgan xolda kechadi. Bunday
energiya turlari issiqlik elektr markazlarida yoki turli konstruksiyali va o'zgacha
quvvatli qozonxonalarda ishlab chiqiladi. Xar qaysi aniq sharoitda qozonxonada
yokilg'ini yondirish natijasida termodinamik jarayonlari taaluqli ko'rsatichlar bilan
kechadi. Ushbu jaraenni yuqori samarali, kam sarf va chiqindilar bilan amalga
oshirilishi ko'plab texnikaviy muammo va masalalarni yechishni talab qiladi.
Jumladan, qozonxona agregatining issiqlik balansi va foydali ish koeffitsientiga ta'sir
etuvchi faktorlarni chuqur o'rganish va kerakli taxlil natijasida baxo berish. Bunday
faktorlardan ahamiyatlisi- yoqilg'i turiga ko'ra optimal usul bilan yondirish jarayonini
tashkil etishdir, Chunki, foydalanilayotgan yoqilg'ini tejash bilan bir vaqtni o'zida
o'txonadagi xaroratni yuqori bo'lishi maqsadga muvofiq. Tabiiy yoqilg'i energetik
zaxiralarini keskin kamayib ketishi texnologiyalarda qo'llashda optimal sarfni xamda
ekologiyani saqlash bilan birga qozonxona agregatlarning foydali ishi koeffitsientini
oshirish usullarini qo'llashni talab qiladi. Jumladan, mazut yoqilg'i sifatida yondirish
uchun qo'llashda turli konstruksiyadagi purkovchi forsunlarni ishlatish mazut sarfini
optimal miqdorida bo'lishini ta'minlaydi.
|
| |