55
9.3. Muvozanatlashtirilmagan ko‟prik sxemasi.
9.4. Qarshiliklarni o‟lchashning kompensatsion usuli.
9.5. Avtomatik ko‟prik o‟lchash sxemasini hisoblash.
Tayanch iboralar: Ko‟prik sxemasi, muvozanat ko‟priklari,
nomuvozanat
ko‟priklari, o‟lchash usuli, o‟lchash natijasi, o‟lchash hatoligi.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 5, 7.
9.1. Umumiy tushunchalar
Termometrlar qarshiligini o‟lchash uchun texnikada qo‟llaniladigan odatdagi
muvozanat va nomuvozanat ko‟prik sxemalarini qo‟llash mumkin. Termometrlarning
o‟lchov asbobi sifatida muvozanat ko‟priklari
va logometrlar, yarimo‟tkazgichli
termoqarshiliklarning o‟lchov asbobi sifatida esa odatda nomuvozanat ko‟priklari
xizmat qiladi.
Muvozanat ko‟priklar ikki xil: tajribada (noavtomatik) va sanoatda ishlatiladigan
(avtomatik) bo‟ladi. Avtomatik muvozanat ko‟priklar ko‟rsatuvchi, o‟ziyozar va
rostlovchi qilib ishlanadi. Yarim o‟tkazgichli termoqarshilikning o‟lchov
asbobi
sifatida esa, odatda, muvozanatlashtirilmagan ko‟priklar xizmat qiladi.