Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г
655
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Xamrayeva Feruza Irkinovna
Jizzax viloyati G'alla orol tumaniga
qarashli 18 maktab
boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Annotasiya: Maqolada boshlang‘ich sinf darslarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil etish, o‘quvchilarni mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot
texnologiyalari imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, o‘qitilayotgan fanni
o‘zlashtirish sifatini oshirish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: axborot texnologiyalari,
elektron darslik, elektron dars ishlanma Bugungi kun o‘qituvchisiga barkamol avlodni
tarbiyalab voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa yuklangan bo‘lib, ta’lim mazmunini
takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo‘lib,
ta’limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda o‘quvchilarda o‘z faniga qiziqish
uyg‘otishlari, hurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirib borishlari talab etiladi. Ta’limda
ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish,
ularda dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy sifatlarini
shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan
belgilanadi.Bu borada ta’lim-tarbiya jarayoniga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilmoqda,
yangicha yondoshuvlar tadbiq etilmoqda. Shulardan biri, axborot-kommunikatsion
texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga
erishish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim muassasalarining
moddiy texnik va axborot bazasini mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli
o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash uzluksiz ta’lim tizimini
axborotlashtirish masalasi alohida qayd etilgan. Bundan kelib chiqqan holda ta’lim
jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish davr talabi hisoblanadi.
O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning aqliy va ijodiy tafakkurini,
intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash, bugungi
pedagogikaning muhim vazifalaridan. Darslarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida
tashkil etish, o‘quvchilarni mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot
texnologiyalari imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, o‘qitilayotgan fanni
o‘zlashtirish sifatini oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada boshlang‘ich ta’limni
o‘qitishda ham turlicha uslublar qo‘llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanishdir.
Dars
jarayonining
muhim
yutuqlaridan
biri
kompyuter
texnologiyalari
komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi bo‘ldi.
Ayniqsa, o‘quv jarayonining tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega.
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Новости образования: исследование в XXI веке» декабрь, 2022 г
656
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va
taqdimotlardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. Matematika va tabiatshunoslik
fanlarini o‘qitishda axborot texnologiyalari yordamida turli xil ko‘rgazmali slaydlardan dars
jarayonlarida foydalanish matematika fanida oddiy amallardan foydalanib, slaydlar
yordamida masalalar yechish, turli xil hisob-kitobli o‘yinlar tashkil qilish; - tabiatshunoslik
fanidan tabiatdagi hodisalar haqidagi sodda slaydlar yordamida tushunchalar berish
mumkin. Ushbu usullardan foydalanish yosh va bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki
nutqini rivojlanishiga, og‘zaki hisoblash malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash
qobilyatinirivojlanishiga olib keladi.Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va
ko‘rgazmali material sifatida foydalanish o‘qituvchiga katta yordam beradi. O‘quv
materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni
tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Namoyish slaydlarini o‘quvchilarga
tarqatma material sifatida ham berish mumkin. Elektron darslikdan mustaqil ta’lim olishda
va o‘quv materiallarini har tomonlama samarali o‘zlashtirishda foydalanish mumkin.
Elektron darslikda fanning o‘quv materiallari o‘quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik
va pedagogik jihatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar
imkoniyatlaridan o‘rinli foydalaniladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun RTM tomonidan
yaratilgan “Sanashni o‘rganamiz”, “Alifbo saboqlari”, “Aljabr”, “5x5” , kabi elektron
dasturlar o‘zining qiziqarliligi, o‘quvchilar yoshiga mosligi, foydalanish uchun soddaligi,
intellektual salohiyatni rivojlantirish, mantiqiy mushohada yuritishga chorlashi bilan
ahamiyatlidir. “Sanashni o‘rganamiz” – boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun matematika
fanidan elektron o‘quv vositasi. Mazkur elektron dars ishlanma orqali boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari 4 amalni bajarish ko‘nikmasini hosil qilish bilan birgalikda kompyuterning
“sichqoncha” qurilmasidan foydalanish ko‘nikmasi shakllantiriladi.
“Aljabr” - 1-sinf matematika darslarida foydalanish uchun mo‘ljallangan dastur
hisoblanadi. Dastur orqali o‘quvchilar 10 ichida raqamlashni, tartiblashni, qo‘shish va
ayirish amallarini bajarishni, taqqoslashni o‘rganadilar. Dastur o‘quvchiga og‘zaki misol
yechishning avtomatik darajada o‘zlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, mustaqil ishlash
ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bugungi kun
o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talab, dars jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llay olishi,
o‘quvchilarni komyuterdan erkin foydalanishga, zamonaviy bilimlarni puxta egallashga,
ma’nan yetuk shaxs bo‘lib yetishiga o‘rgatishdan iborat.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Ta’lim samaradorligini oshirishda o‘qituvchi mahоrati: muammo va yechimlar.
Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to‘plami. Jizzax 2017.
2. Xalq ta’limi tizimida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish: asosiy maqsad va
vazifalar. Xalq ta’limi 2016 y 3-son SH.Ergashev, A.Kolantarov.
|