• Zufarov Zoir Maxmudovich (O‘zDSMI,”Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti) Annotatsiya
  • Annotation
  • Kalit so‘zlar
  • Исследование в XXI веке март, 2023 г 258 ta’lim tizimida multimediali о‘quv kurslarini yaratish va foydalanish




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana15.01.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #137656
    TuriИсследование
      1   2
    Bog'liq
    Zufarov Zoir Maxmudovich



    Международный научный журнал № 8 (100), часть 1 
    «Новости образования исследование в XXI веке» март, 2023 г
    258 
    TA’LIM TIZIMIDA MULTIMEDIALI О‘QUV KURSLARINI YARATISH VA FOYDALANISH 
    SAMARADORLIGI 
    Zufarov Zoir Maxmudovich 
    (O‘zDSMI,”Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti) 
    Annotatsiya: Maqolada ta’lim tizimida multimedia elementlaridan foydalanish 
    samaradorligi, Autoplay Media Studio dasturi yordamida o‘quv kurslarini yaratish va 
    dasturning keng imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
    Annotation: The article provides information on the effectiveness of the use of 
    multimedia elements in the education system, the creation of training courses using 
    Autoplay Media Studio, and the wide range of possibilities of the program. 
    Kalit so‘zlar: Ta’lim tizimi, multimedia texnologiyalari, о‘quv kurslari, Autoplay 
    Media Studio. 
    Keywords: Education system, multimedia technologies, training courses, Autoplay 
    Media Studio. 
    Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri о‘quv 
    jarayonida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan 
    multimediyali о‘quv kurslarini qо‘llash, о‘qituvchi va о‘quvchining interfaol о‘zaro 
    aloqalarini ta’minlash, multimediali о‘quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori 
    malakali kadrlarni jalb etishdan iborat bо‘ladi. 
    Multimedia axborotlarni har xil kо‘rinishlarda tasvirlash va dinamik obrazlarini 
    yaratish, uni kо‘rish va eshitish organlari orqali qabul qilish va tasavvur etish 
    imkoniyatlarini yaratadi. 
    Multimedia texnologiyalarida an’anaviy texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn 
    kо‘rinishda emas, balki tasvir, ovoz va harakatlar kо‘rinishida ifodalanilishi о‘quvchilarni 
    darslarda faolroq, diqqatliroq intiluvchan va qiziquvchan bо‘lishga о‘rgatadi, chunki 
    tavsiya qilinadigan har bir axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. 
    Ta’lim tizimida multimedia texnologiyalari nazariy, amaliy, kо‘rgazmali, ma’lumotli, 
    trenajyorli va nazorat qismlarini birlashtirish yo’li bilan о‘quvchilarga ijobiy va samarali 
    ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari ta’lim tizimida multimediali о‘quv 
    kurslaridan foydalanish nazariy materiallarning namoyishlarini sifatli video yozuvlari, 
    virtual laboratoriya ishlari va amaliyotlarni, turli jarayonlarning imitasion animasiyali 
    modellarini yaratish imkonini beradi, bu uchun о‘quvchilarning о‘quv sinflari, kompyuter 
    sinflari, о‘qitishning texnik vositalari xonasida, uslubiy xonalarda, kutubxonalarda amaliy 
    shug‘ullanishlarini tashkillashtirish lozim bо‘ladi. 


    Международный научный журнал № 8 (100), часть 1 
    «Новости образования исследование в XXI веке» март, 2023 г
    259 
    Ta’lim tizimida foydalaniladigan barcha multimediali о‘quv kurslari amaliy 
    tadbiqdan va tajribadan о‘tgan bо‘lishi bilan birga, о‘ziga xos pedagogik-psixologik 
    xususiyatlarga ham ega bо‘lishi kerak. 
    Multimediali о‘quv kurslarining pedagogik-psixologik xususiyatlari bilim va 
    kо‘nikmalarni shakllantirish uchun foydalaniladigan о‘quv materiallarining tasvirlanish 
    hamda ifodalanish formasiga va kо‘rinishiga bog‘liq bо‘ladi. Ular faqatgina misol va 
    masalalar yechish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish jarayonidagina emas, 
    balki butun о‘quv jarayonida о‘quvchilarni bilim, malaka va kо‘nikmalarini shakllantirishga 
    qaratilishi lozim. 
    Ta’lim tizimida yaratilayotgan multimedia о‘quv kurslarining asosiy xususiyatlaridan 
    biri, shu mavzuni о‘rganishning ma’lum bir nozik jihatlari bilan aniqlanadi, ular esa о‘z 
    navbatida katta sondagi kо‘rgazmali materiallarni talab qiladi, chunki ularning ishtirokisiz 
    jonli dunyoning turli tumanligini, uni qurishni zarurligini, biologik, ximik va fizika 
    jarayonlarning hosil bо‘lish mexanizmini va rivojlanishini tо‘liq namoyish qilib bо‘lmaydi. 
    Ta’lim tizimi uchun multimediali о‘quv kurslarini yaratishda shu sohaning asosiy 
    didaktik masalalaridan biri – о‘qitishni modellashtirish va tasavvurlash obyektlariga ta’sir 
    qilishning umumiy metodlari muhim о‘rinlardan birini egallaydi. 
    Multimedia о‘quv kurslari avvalgi tradision о‘quv qо‘llanmalardan kо‘p jihatlari 
    bilan farq qiladi. Shu jumladan, о‘quv materiallarini о‘quvchilarga tavsiya etish 
    multimediali: grafika, animasiya, video, ovozli va tovushli harakatlar, real voqea va 
    hodisalarni modellashtirish kabi boshqa kо‘plab elementlar orqali amalga oshiriladi, 
    chunki ular natural obyektlar va kо‘rgazmali qurollarning kamchiliklarini ma’lum bir 
    miqdorda yoki tо‘liq qoplash imkonini beradi. Bu esa о‘quvchilarni о‘rganayotgan 
    mavzular bо‘yicha bilim va malakalarni shakllantirishda va mustahkamlashda muhim 
    ahamiyatga ega bо‘ladi. chunki ular natural obyektlar va kо‘rgazmali qurollarning 
    kamchiliklarini ma’lum bir miqdorda yoki tо‘liq qoplash imkonini beradi. Multimedia 
    о‘quv kurslarida о‘quv materiallarini tо‘ldiruvchi va uning qabul qilish darajasini 
    oshiruvchi kо‘rgazmali vositalari alohida jadvallar, grafik sxemalar, rasmlar va 
    boshqalardan iborat bо‘lgan slaydlar, videofilmlar va boshqa shunga о‘xshash kо‘rgazmali 
    nazariy materiallar orqali tasvirlanilishi mumkin. 
    Multimedia о‘quv kurslarini yaratishda va ulardan foydalanish lokal kompyuter va 
    Internet tarmog‘i keng imkoniyatlarni ochib beradi. Multimediali о‘quv kurslarini butun 
    dune kompyuter tarmog‘iga joylashtirilishi, ulardan о‘quv jarayoni foydalanishda 
    tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri murojoat qilish, о‘quvchilarga axborotlarni topish , izlash va о‘rganish 
    faoliyatini shakllantirish va kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi. 
    Xulosa qilib aytganda, multimedia о‘quv kurslarini yaratishda eng avvalo turli 
    dasturiy vositalar bilan yaratiladigan interfaol komponentalarga asosiy e’tiborni qaratish 
    lozim. 


    Международный научный журнал № 8 (100), часть 1 
    «Новости образования исследование в XXI веке» март, 2023 г
    260 
    Keyingi yillarda multimedia hujjatlarini yaratishga oid juda ham ko‘plab dasturiy 
    ta’minotlar ishlab chiqilgan. Ulardan biri AutoPlay dasturidir. Istalgan fayl yoki fayllar 
    to‘plamini bitta muhitga birlashtirish, qolaversa, CD yoki DVD disklar uchun Autorun-
    menyusi hosil qilishda Autoplay Media Studio eng kuchli vizual paket hisoblanadi. 
    Multimedia texnologiyalariga asoslangan amaliy dasturlarni yaratish uchun Autoplay 
    Media Studio dasturidan foydalanish foydalanuvchilar uchun juda oson va qulay
    interfeysni taqdim etadi. Autoplay Media Studio bilan ishlashda deyarli dasturlash ishlari 
    talab qilinmaydi. Foydalanuvchi faqat turli dizaynli dasturiy muhitni tanlash uchun bir 
    nechta tayyor shakllardagi loyiha shablonlaridan foydalanishi mumkin. Bunda amaliy 
    dastur muhitini dizaynga boy holatga tashkil etish uchun Autoplay dasturiy vositasi 
    tarkibida tayyor obektlar mavjud bo‘lib, ular tarkibiga buyruq tugmasi, tovush 
    kuchaytirgichi, fayllarni printerdan bosmaga chiqarishni ta’minlovchi, Web-saytllarni 
    ochuvchi va ularga murojaatni amalga oshirib beruvchi qator funksional obektlarni kiritish 
    mumkin. Amaliy dastur uchun grafik qobiqlarni yaratish, uni avtmatik ishga tushirish 
    uchun Autoplay Media Studio barcha kerakli fayllarni o‘zi yaratadi. Foydalanuvchilar 
    zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor loyihalarni 
    shakllantirish vazifasi qoladi.
    Autoplay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual C++, Java, Macromedia 
    Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta ishlash mumkin. 
    Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lumotlar bazasini 
    va shunga o‘xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni boshqarish ham mumkin. 
    Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o‘zining kutubxonasidagi “niqob”lardan foydalangan 
    holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday “niqob” sifatida .jpg, .bmp va 
    .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham bo‘ladi. Qolaversa, ma’lumotlarni CD 
    uchun tayyorlagan holda uni dasturning o‘zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi Autoplay 
    Media Studio dasturi naqadar keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Tayyor loyiha 
    bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o‘zi ochiluvchi arxiv ko‘rinishda yoki qattiq diskdagi 
    alohida papkada shakllantirilishi mumkin. Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik 
    tekshirish imkoniyati ham kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va 
    Button kabi obektlari bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to‘liq versiya bilan 
    o‘rnatilgan bo‘lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta 
    hajmdagi lug’atlar bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 8.5 ning yangi 
    versiyasi quyidagi imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan. 
    1. Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multimedia-
    ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish; 
    2. Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va 
    boshqalarni biriktira olish xususiyati; 
    3. Web-ilova yaratishga mo‘ljallangan mukammallashgan instrumentlar; 
    4. XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi; 


    Международный научный журнал № 8 (100), часть 1 
    «Новости образования исследование в XXI веке» март, 2023 г
    261 
    5. RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi; 
    6. Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati; 
    7. Matn rangini o‘zgartirish uchun RadioButton obektining mavjudligi; 
    8. Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi; 
    9. Obektlarni formatlash imkoniyati; 
    10. Kalit so‘zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi; 
    11. CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo. 
    Multimedia hujjatlarini tayyorlash, uning dasturlanuvchi qismlari uchun scriptlar 
    yozish, tayyorlanayotgan amaliy dasturni boshqarish interfeysini yaratishda bu obektlar 
    dasturchiga imtiyozli yordam ko‘rsatadi. AutoPlayning ajoyib xususiyatlaridan yana biri 
    shundaki, bu obektlar xossalarini tanlash uchun maxsus xossalar panelini ham dasturchiga 
    taqdim etadi va u orqali bir qiymatli xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin. 

    Download 0,75 Mb.
      1   2




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI веке март, 2023 г 258 ta’lim tizimida multimediali о‘quv kurslarini yaratish va foydalanish

    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish