• O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Kasimov Asror Abdulloyevich Buxoro davlat universiteti Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Ключевые слова
  • Исследование в XXI веке январрь, 2023 г 39 darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida boshlang‘ich sinf




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #138662
    TuriИсследование
      1   2
    Bog'liq
    13154 1 47C2AE058843962606A73187F8C79EF596FF4349



    Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
    39 
    DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLAR JARAYONIDA BOSHLANG‘ICH SINF 
    O‘QUVCHILARINING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
    Kasimov Asror Abdulloyevich 
    Buxoro davlat universiteti 
    AnnotatsiyaUshbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini 
    rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish yo‘llari, ta’lim jarayonida o‘quvchilarini 
    interfaol metodlar hamda o‘yinlar asosida ijodkorligini rivojlantirish, yo‘llari va 
    samaradorligi haqida bayon qilingan.
    Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich sinf, ijodiy qobiliyat, texnologiya, ijod, takomillashtirish, 
    ijodkorlik, ta’lim, muammo, muammoli ta’lim, evristika, evristik ta’lim, intellektual.
    Abstract: This article describes the ways to improve the technologies for developing 
    the creative abilities of elementary school students, the ways and effectiveness of 
    developing students' creativity based on interactive methods and games in the educational 
    process.
    Key words: Elementary class, creative ability, technology, creativity, improvement, 
    creativity, education, problem, problem-based education, heuristics, heuristic education, 
    intellectual.
    Аннотация: В данной статье описаны пути совершенствования технологий 
    развития творческих способностей учащихся начальной школы, способы и 
    эффективность развития творческих способностей учащихся на основе 
    интерактивных методов и игр в учебном процессе.
    Ключевые слова: Начальный класс, творческая способность, технология, 
    креативность, 
    совершенствование, 
    креативность, 
    обучение, 
    проблема, 
    проблемное обучение, эвристика, эвристическое обучение, интеллектуал.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning quyidagi so‘zlarini keltirib 
    o‘tmoqchiman; “Hozirgi zamonda hamma jabhalarda ilm, bilim va salohiyat suv bilan 
    havoday zarurligi, har qaysi davlat faqatgina shu asosda taraqqiyotga erishishi, sodda qilib 
    aytganda, inson bilak kuchidan ko‘ra ilm kuchi bilan ko‘proq daromad va obro‘-e’tibor 
    topishi mumkinligini hammamiz yaxshi anglaymiz”. Albatta, chunki shu jamiyatda 
    yashaydigan inson keng faoliyatga tayyorlanar ekan, uning rivojlanishi, tafakkurini 
    yangilashda o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarini kiritish, o‘quvchilarning erkin, mustaqil 
    fikrlash, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishni taqoza etadi. Ta’lim –tarbiya jarayonida 
    bolalardagi yashirin iste’dodlarini yuzaga chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o‘z 
    faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatlarini 
    rivojlantirish–kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o‘tkir zehnli, kashfiyotchilik 
    qobiliyatini namoyon eta oladigan, raqobatdosh, keng fikrlovchi, kadrlarni voyaga yetkazish 


    Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
    40 
    muhim masalalardan hisoblanadi. Bugungi kunda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan 
    ta’lim islohotlari o‘z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan, san’at, ishlab chiqarishning jadal 
    rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog‘liq.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish mavzusini 
    gapirishdan oldin “ijod”, “ijodkorlik” kabi atamalariga to‘xtalib o‘tamiz. Bugungi kunda 
    ilmiy, uslubiy adabiyotlarda, darsliklarda “ijod”, “ijodkorlik” kabi atamalarni uchratib 
    turamiz. Bu atamalarning adabiyot sahifalarida paydo bo‘lganligi bejiz emas. “Ijod” – 
    so‘zining lug‘aviy ma’nosi: “yaratish”, “yangilikni kashf qilish” kabi so‘zlarini bildirib keladi. 
    “Ijodkorlik” - faoliyatning turli holatlarida paydo bo‘ladi. Qiziqish, ilhom, intilish va 
    boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo‘lishidan, namoyon bo‘lish 
    jarayonini o‘z ichiga oladi. Ijodkorlik sifat jihatdan yangi, moddiy va ma’naviy boyliklar 
    yaratuvchi inson faoliyati jarayonidir. Ijodkorlik o‘zida insonning mehnatda namoyon 
    bo‘lgan qobiliyatini ifodalaydi. Ob’ektiv olam qonuniyatlarini bilish asosida xilma-xil ijtimoiy 
    ehtiyojlarini qanoatlantiradigan, yangi haqiqatni yaratadiganday mehnat ijodi bo‘lishi 
    mumkin. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtiyorchi, tashkilotchi, ilmiy va 
    badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga 
    bog‘liq.
    Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarining ijodiy faoliyatining shakllantirish, shart-
    sharoitlari deganda, avvolo, ana shu shart-sharoitlarning paydo bo‘lishi, amalga oshishi 
    hamda rivojlanish jarayoni tushuniladi.
    Ular quyidagilardan iborat: 
    1. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim 
    bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari; 
    2. Ijodiy faoliyatini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi ; 
    3. Ijodiy faoliyatini shakllantirishga doir mashg‘ulotlar, evristika, muammoli vaziyatlar 
    yaratish; 
    4. O‘quvchilarning ijodiy faoliaytini shakllantirishga texnologik yondashuvlar; 
    Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi: 
    -dastur mateillarini qay darajada o‘zlashtirganligi; 
    -mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o‘zlashtirganligi; 
    -tanlagan mavzu bo‘yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi; 
    -o‘rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi; 
    -topshiriqlarni bajarishda o‘quv ashyolari va texnika vositalari, axborot 
    texnologiyasidan foydalana olishi; 
    -mavzu bo‘yicha o‘z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo‘ya olishi; 
    -o‘z variantini tavsiya eta olishi va hakozalar.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faollikka undash davomida o‘qituvchi: 
    1. O‘quvchilarni obrazli fikrlashga undashi; 
    2. Aniq muammolarni burro ifodalashi; 


    Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
    41 
    3. Fikrning doimo tugallangan jumla bilan, hamda muhim joylariga urg‘u berib 
    ajratgan holda ifoda etilishi; 
    4. Xushmuammalali va ziyrak bo‘lishi ; 
    5. Quyidagi so‘z birikmalaridan foydalanishi: “faraz qiling”, “tasavvur qiling», “ijodiy 
    parvoz eting» va shu kabilar.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirishda interfaol metodlar 
    va o‘yinlardan foydalanish. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga interfaol metodlar va o‘yinlar 
    nimaga kerak? Bu metod va o‘yinlarning dars jarayoniga qanday bog‘liqligi hamda 
    samaradorligi mavjud? Yuqorida aytilayotgan mulohazalarga birma-bir misollar orqali 
    aniqlik kiritamiz. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirishda evristik 
    va muammoli ta’limdan tashqari bilishga yo‘naltirilgan, ilmiy asoslangan interfaol metodlar 
    va o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shu yerda “evristik” va “muammoli 
    ta’limga” qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
    Ta’lim – bu bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va 
    mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya 
    amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Evristika –yunoncha 
    “heuriska” – “qidiraman”, “topaman» “ochaman”- degan ma’nolarini anglatadi. Evristika 
    o‘qitishning mazmuni va maqsadi o‘quvchilar tamonidan o‘zining mustaqil fikrini loyihalash 
    (konstruksiyalash) maqsad qilib olinadigan, ta’limning maqsadi va mazmuni hamda uni 
    tashkil qilish jarayoni, tashxis qo‘yish va tushunib yetish evristik ta’lim va o‘qish 
    hisoblanadi. Evristik o‘qitishdagi vaziyat o‘qitishning kalit elementi hisoblanadi. Bunday 
    vaziyat o‘quvchining bilmasligidan faollashtiradi, uning maqsadi o‘quvchi tomonidan 
    shaxsiy g‘oyaning tug‘ilishini, gipotezalar, sxemalar tuzishga yo‘llaydi. Evristik o‘qitishda 
    ta’lim natijasini aytib bo‘lmaydi. Har bir o‘quvchidan turli javoblarni olish mumkin. Evristik 
    o‘qitishda o‘quvchi oldingi olgan bilimini o‘zlashtiradi, keyin uni ijodiy o‘zlashtirish orqali 
    o‘zining loyihasida qo‘llaydi. Bu yerda oldingi bilimlarni o‘rganish orqali kelajakka intilish 
    shiori amal qiladi.
    «Muammo» – so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, yechilishi qiyin bo‘lgan masala “jumboq”, 
    “boshqotirma” kabi ma’nolarni anglatadi.
    Muammoli ta’lim –bu ta’lim o‘quvchilarning fikrlash jarayonini ishga solib, ularning 
    mavhum tafakkuri, analitiksintetik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, bu texnologiya 
    o‘quvchidan muammo asosida bayon etilgan o‘quv materialining yechimini topishini 
    taqoza qiladi. O‘quvchilar materiallarni tayyor holda emas, balki o‘zlari uchun yangi faktlar 
    va hodisalarni ularga ilgari ma’lum bo‘lgan bilimlarga tayanib taqqoslash yo‘li bilan 
    tushuntirib borishlari kerak bo‘ladi. O‘quv jarayoni o‘quvchilar tafakkurining yuksak 
    faolligiga erishib, ularning mustaqilligini asta-sekin o‘stirib borish yo‘li bilan o‘tadi.
    Ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalari, darsga oid bo‘lgan 
    o‘yinlarni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan – kunga ortib, yanada 
    takomillashib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy 


    Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
    42 
    ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy 
    texnologiyalardan foydalanish va ularni egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib, mustaqil 
    tarzda izlab topishi, mustaqil fikrlashi va o‘rganishi, tahlil qilishi hatto yakuniy xulosalarini 
    ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, 
    shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda 
    boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik, o‘rgatuvchilik vazifasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda 
    “Aqliy hujum”, “Fikrlar hujumi”, “Tarmoqlar metodi”, “Sinkveyn”, “Beshinchisi ortiqcha”, 
    “6*6*6”, “Bahs munozara”, “Rolli o‘yin”, “FSMU”, “Kichik guruhlarda ishlash”, 
    “Yumaloqlangan qor”, “Zigzag”, “Oxirgi so‘zni men aytay” kabi zamonaviy texnologiyalar 
    qo‘llanmoqda. Boshlang‘ich ta’limda o‘yin ijodiy faoliyatining bir shaklidir. Bunda o‘quvchi 
    ijtimoiy va moddiy borliqni bilish hamda anglash asosida emotsional – xissiy, intellektual – 
    axloqiy qobiliyatlari rivojlanadi. O‘yinlar, ularning inson taraqqiyotidagi o‘rni haqida 
    psixologiya, etnografiya, madaniyat, pedagogika fanlarida bir qator tadqiqoq ishlari olib 
    borilgan.
    XIX asrning oxirida nemis olimi K. Gross o‘yinlarni tizimli o‘rganishga harakat qilgan 
    bo‘lsa, nemis psixologi K. Byuller o‘yinlarda qoniqish hosil qiluvchi faoliyat sifatida tadqiq 
    etadi. L. S. Vigotskiy, A. N. Leontyevlar fikricha, o‘yinlarni nazariy jihatdan ijtimoiy tabiatga 
    ko‘ra ma’lum faoliyatiga yo‘naltirilganligi bilan bog‘lab, uni tadqiq etgan bo‘lsalar, D. E. 
    Elkonin shaxs xulqini boshqarishni tarkib toptirib, uni takomillashtiruvchi faoliyat sifatida 
    talqin etadilar. Lekin o‘yinlarni yagona eng muhim asosiy xususiyati uning ta’limdagi 
    ahamiyatliligidir. O‘yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. Intellektaul 
    ijodiy o‘yinlar ham ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    O‘yinda shaxsning kommunikativ sifatlashni rivojlantirish, intellektual savodxonligi, 
    ziyrakligi, qarorlar qabul qilishda ta’lim zukkolikini rivojlantirish, xalq ijodkorligiga oid 
    bilimlarga ega bo‘lishi sifatidagi salohiyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni 
    rag‘batlantirishga oid maqsad va vazifalar qo‘yiladi.
    Kichik yoshdagi o‘quvchilarning intellektual darajasini rivojlantirish uchun sinfda va 
    sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda shunday o‘yinlarni tashkil qilish mumkin. Albatta, 
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini shakllantirish, diqqatini bir joyga 
    jamlash, xotirasini yanada mustahkam qilish, mustaqil fikrlay olish jarayonini tashkil 
    qilishda turli xil didaktik o‘yinlar, metodlar va usullarning ahamiyati e’tiborga loyiqdir.
    Didaktik o‘yinlar mazmuniga, qilingan tasnifiga ko‘ra asoslanib joylashtiriladi. Tinch 
    o‘yinlarga quyidagilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin: “O‘zim tekshiraman”, “Hikoya”, “U 
    kim?, Bu nima?”, “Tapog‘on”, “Noto‘g‘ri jumla”, “Harflarni top”, “Davom ettir”, “Rebus”, 
    “Sirli so‘z” kabi o‘yinlar mavjud. Masalan: “Hikoya” o‘yini tushuntiradigan bo‘lsak, bu 
    o‘yinda o‘qituvchi doskaga bir necha so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu 
    so‘zlar bo‘yicha hikoya tuzadilar. Hikoya tuzish jarayonida o‘quvchilar lug‘at boyligi bilan 
    birgalikda, gaplarni to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va mustaqil fikrlash 
    malakasi shakllanadi. O‘quvchilarning vaqti – vaqti bilan rag‘batlantirish, ularning o‘ziga 


    Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
    43 
    bo‘lgan ishonchini orttiradi. Bu o‘yindan ona tili darslarida yoki darsdan tashqari 
    mashg‘ulotlarida, to‘garaklarda qo‘llash joizdir.
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirish jarayonida, o‘qish 
    darslarida garchi ilmiy jihatdan bo‘lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar 
    o‘qib o‘rganadilar. O‘qish darsliklarida, asosan, hikoya, ertak, she’r, masal, maqol, rivoyat 
    va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. 1-sinfda maqollarni to‘g‘ri o‘qish va yod 
    olishga e’tibor ko‘proq qaratiladi, 2-sinfda esa o‘quvchilardan matn mazmuniga mos 
    maqollar aytishni talab qilish mumkin. 3-4 sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy 
    asarni o‘rganish jarayonida ham muntazam o‘rganib boriladi. Bu sinflarda maqollarni 
    o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to‘g‘ri va ongli 
    o‘qish malakalarini takomillashtish, maqoldagi har bir so‘zning va yaxlit maqolning 
    ma’nosini to‘liq idrok etishga erishishdir. O‘quvchilar o‘qilgan matn ichidan maqollarni, 
    hikmatli so‘zlarni o‘zi mustaqil topa olish ko‘nikmasini egallashi, ular yordamida o‘qilgan 
    asarlar yuzasidan to‘g‘ri hukm chiqarishga o‘rganishlari zarur. Hikoya kichik hajmli badiiy 
    asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari 
    umumlashtirilib tasvirlanadi. Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos 
    janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi 
    ko‘rinishi, portret tasviri, voqea – hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning 
    uchun bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga olib boriladi.
    O‘quvchilar qahramonlarning ma’naviyatiga bo‘lgan qiziqishlari tufayli hayotning nurli 
    va qorong‘u tomonlari xususida muayyan tushunchaga ega bo‘la boshlaydilar. Ularda 
    go‘zallik va nafosatga muhabbat, yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg‘usi hikoyalar bilan 
    tanishish va uni tahlil qilish davomida shakllanib boradi. Hikoya tahlili adabiy tur sifatida 
    o‘ziga xos xususiyatlari va vazifasidan kelib chiqib ish ko‘rishni taqozo etadi. Undagi har bir 
    so‘z, ibora, gap yozuvchining fikrini ifodalashga xizmat qiladi. Hikoya matni uning 
    mazmunini yoki badiiy xususiyatlarini o‘rganishdagina emas, tahlilning ifodali, adabiy, 
    shartli yoki ijodiy o‘qish, muammoli usullardan foydalanish uchun ham manba bo‘lishi 
    lozim.
    XULOSA 
    Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilim olishning poydevori 
    hisoblanar ekan, mazkur sinfdan boshlab, o‘quvchilarda ijodiy faoliyatini rivojlantirishni 
    taqoza etadi. Shunday ekan o‘quvchilarning ijodkorli, ijodiy faoliyatini rivojlantirish lozimligi 
    kun tartibdagi muammo bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda, 1-4-sinf o‘quvchilariga ijodiy faoliyatini 
    rivojlantirishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiboriga olish, ta'limni samarali tashkil 
    etishda darslarni noan'anaviy tarzda o‘tkazish, darslarda innovatsion metodlardan 
    faydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, 
    ularni har tomonlama yetuk bo‘lishiga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda interfaol 
    metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan 
    foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini 


    Международный научный журнал № 6 (100), часть 1 
    «Новости образования: исследование в XXI веке» январрь, 2023 г 
    44 
    kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, 
    qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Shunday qilib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ijodiy 
    faoliyatini shakllantirishda, yuqorida aytib o‘tilganidek ertak, hikoya, maqol, masal, she'r 
    kabi asarlarni o‘rgatishda, she'rni yodlatishdan oldin o‘qituvchi mag‘zini chaqib berishi, 
    o‘quvchilarda ushbu aytilayotgan ma'lumotlarni anglab yetishi, faraz qilishlari va hokozalar 
    o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

    Download 0,78 Mb.
      1   2




    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Исследование в XXI веке январрь, 2023 г 39 darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida boshlang‘ich sinf

    Download 0,78 Mb.
    Pdf ko'rish