|
) qulogʻi bitib, eshitmaydigan, kar boʻlib qolmoqBog'liq talim transformatsiyasi4. 1) qulogʻi bitib, eshitmaydigan, kar boʻlib qolmoq.
Avtomat tirillashidan garang boʻlgan oʻn uch nemis baravariga qoʻl koʻtarib, oʻrnidan turdi. A.
Qahhor, Oltin yulduz
5. koʻchma 2) nima qilarini bilmay, gangib qolmoq, gangimoq.
Bu mol bilan sen ham sarson boʻlmagin, Behuda oʻzingni garang qilmagin. Alpomish
“Xafagazak
[f.1 Yallig‘lanish, gazak olish (yara haqida).]
2 Xafa bo‘lgan, arazlagan holda”. Ushbu so‘z bevosita kasallik nomi sifatida qo‘llanilmasada,
insonda sodir bo‘layotgan jarayonni, teri butunligi buzilishini ifodalaydi. Ushbu holatda yaraning
yiring bog‘lashi, kattalashishi, undan suv ajralishi kabi holatlar kuzatiladi. Xafagazak so‘zi insonga
nisbatan qo‘llanilganda, ikki xilma’noni aks ettiradi.Birinchima’nosi, insonda yuz beradigan oniy,
o‘tkinchi jarayon, ya’ni ma’lum bir vaziyatda ma’lum bir insondan xafa bo‘lish, arazlash ma’nosini
aks ettiradi. Ushbu jihat so‘z izohining ikkinchi bandida keltirib o‘tilgan. Shuning bilan birga
xafagazak so‘zi inson xarakter-xususiyatiga ham ishora qiladi. Ushbu so‘z orqali tabiatida doimiy
arazchilik, kek saqlash xususiyati bor insonlar nazarda tutiladi. “Xafaqon (a. yurak urishi, dukillashi)
mungli, g‘amgin, xafahol. 2 Dilsiyohlik bilan o‘tadigan. 3 tib. Yurakning tez yoki notekis urishini
sezish holati. 4 tib. Qon bosimining ortishi tufayli yuz beradigan kasallik, gipertoniya”. Xafaqon
bo‘lmoq 1) diqqat bo‘lmoq, siqilmoq; xunob bo‘lmoq. 2) qon bosimi ortish kasaliga yo‘liqmoq.
—
Bugun seni koʻrmaganim uchun juda zerikib, xafaqon boʻlib oʻtirgan edim, — dedi Raʼno
Hafizaga. Mirmuhsin, Umid
Xafaqon so‘zi insonda qon bosimining oshishi bilan kechadigan holat va surunkali tus olganda
kasallik nomini ifodalaydi. Insonga nisbatan qo‘llanilganda ham o‘tkinchi holat – bezovtalik, xafalik
holatini, inson xarakter-xususiyatlariga ishora qilib kelganda inson tabiatidagi ma’yuslik, g‘amginlik
holatini aks ettiradi.
|
| |