Kasallik nomlarining ko‘chma ma’noda xarakter ifodalashida ham umumlashtirish holati
kuzatiladi. Masalan, arabcha “kasallik” ma’nosidagi
maraz
leksemasi xarakterning muayyan
belgisini emas, balki barcha salbiy semali xarakter belgilarini umumlashtirib ifodalaydi:
– Men bu
marazni to‘rt yildan beri bilaman. Bu maraz meni to‘rt yildan beri xilvatga tortadi, to‘rt yildan beri
qulog‘imga shivirlaydi..
.”
“Maraz
[a. kasallik] Yiring olgan, fasod bog‘lagan yara
2 Shu narsaga nisbatli haqoratni bildiradi.
3 ko‘chma Yaramas, zararli nuqson, illat”. (O‘TIL, II, 250.) So‘z izohining uchinchi bandida
keltirib o‘tilgan illatlar va umuman shunga o‘xshash illatlarning insonda bo‘lishi ham so‘zning inson
xarakter-xususiyatlariga ishora qilishini ta’minlaydi. Maraz so‘zi insonga nisbatan qo‘llanilganda
inson xarakterida og‘ir illatlarning borligini bildiradi. So‘z haqorat sifatida qo‘llanilganda ham inson
xarakter-xususiyatlariga ishora qiladi.
“Maraz..! – oqsoqol mushtini tugdi. Bolalari o‘ldi, endi
qo‘lidan hyech narsa kelmaydi, demoqchi, – ovozi titrab, alam bilan bosh chayqadi”
.
Hoshimov O‘.
Ikki eshik orasi. – T.: Sharq, 2012. –215-b. 75
Maraz so‘zi kasallik nomi hisoblanadi. Ushbu so‘z
inson xarakterini aks ettirish uchun qo‘llanilganda salbiy xususiyatlarni aks ettirishdan tashqari,
“tuzalmaslik”, “o‘zgarmaslik” semalari bilan bog‘lanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kasallik nomlari nafaqat o’z ma’nosida ya’ni tibbiyotda ‘
balki og’zaki va badiiy adabiyotda salbiy bo’yoqdorlikni oshirish uchun keng foydalanilganini
misollar va tahlillar asosida ko’rib chiqdik.