• 2 ko‘chma boshi qotgan, nima qilishini bilmay gangib qolgan;
  • Issn – 2181-4201 ta’lim




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

    Kuydirgi
    odamga hayvonlardan yuqadigan, teri, me’da-ichak va o‘pkaga zarar 
    yetkazadigan o‘tkir yuqumli kasallik (O‘TIL, II, 421). Aniqrog‘i, kuydirgi – yara turi. Kuydirgi 
    natijasida inson va hayvon terisida shikastlangan o‘rinlar paydo bo‘ladi. Jarohat tibbiy amaliyotda 
    kuydirib davolangan. Kuydirgi tibbiy terminida “jarohat”, “og‘riq”, “azob”, “o‘rtash”, “tuzalmas” 
    semalari mavjud. Kuydirgi insonga nisbatan qo‘llanganda ozor yetkazuvchi, zarar yetkazuvchi
    “kuydiruvchi” xarakter-xususiyatlariga ishora qiladi. Xarakteri nojoiz, nomaqbul inson nazarda 
    tutiladi. Leksemaning ko‘chma – “xarakter” ma’nosi yo‘lga solish qiyin bo‘lgan, azob-uqubatga 
    giriftor qiladigan faoliyat yig‘indisiga asoslangan. E’tiborga molik jihati shundan iboratki, o‘zbek 
    tilida kasallik nomini ifodalab keluvchi so‘zlar inson xarakter-xususiyatlarini aks ettirishdan tashqari 
    insonda kechuvchi oniy jarayonlar, qarg‘ish, so‘kinish ma’nolarini ham ifodalab kelishi mumkin. 
    Mening oʻz otim bor! Oʻz otimga kuydirgi chiqqan emas! A.Qahhor,Og’riq 
    Ammo baxtiga kuydirgi chiqqan ekanmi, xuddi shu kabinetga Joʻrabekov momaqaldiroqday 
    gumburlab kirib keldi. S. Anorboyev, Oqsoy 
    Bu soʻzlarni ogʻizga olganda, hali ham tilingizga kuydirgi chiqmagan ekan. A.Muxtor, Tong bilan 
    uchrashuv 
    Quyida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da keltirib o‘tilgan ko‘chma ma’noli kasallik nomlari tahlilini 
    ko‘rib o‘tamiz: 
    1. Garang qulog‘i eshitmaydigan, kar.
    2 ko‘chma boshi qotgan, nima qilishini bilmay gangib qolgan; 
    Lug‘atda keltirib o‘tilgan garang 
    so‘zi insonga nisbatan qo‘llanilganda ikkinchi ko‘chma ma’no sifatida keltirilgan boshi qotish, 
    gangib qolish ma’nolarini, ya’ni insonda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatni ifodalaydi va shuning 
    bilan 
    birgalikda gapga tushunmaydigan, bo‘layotgan voqyea-hodisalarning mazmunini 


    anglamaydigan, ularni anglab yetmaydigan insonga va insonga xos xarakter-xususiyatlarga ishora 
    qiladi. 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish