• Churrasi tushmoq
  • churra  Ichki aʼzolardan birining yoki ular bir qismining, masalan, ichakning osilib, biror boʻshliqqa




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

    churra 
    Ichki aʼzolardan birining yoki ular bir qismining, masalan, ichakning osilib, biror boʻshliqqa 
    ichki qorin pardasi bilan turtib chiqib qolishidan iborat kasallik; dabba. 
    Churra umurtqalararo diskdan chiqadigan boʻlsa, bel va oyoqlarga ogʻriq beradi, harakat 
    cheklanadi. 
    OʻzME
    CHURRA soʻzi qatnashgan jumlalar: 
    Churrasi tushmoq 
    1. Churra kasalligiga yoʻliqmoq. 


    Orqadan qudasining “huh“, huh deya ketmon urib, loy agʻdarishini eshitganida, koʻzidan yosh sirqib 
    chiqdi: Churrasi tushib qolmasa edi. 
    A. Muxtor, Kumush tola;
    2. Katta chiqim qilmoq. 
    Toʻyning oʻzi boʻladimi, uncha-munchaning churrasini tushiradi. 
    Shuhrat, Umr pogʻonalari
    “Dabba
    [a. – sekin harakatlanish, sudralish; kirib borish] 1 ot Ichki a’zolarning o‘zi joylashib 
    turgan bo‘shliqdan shu bo‘shliq devori orqali tashqariga turtib chiqishi yoki pastga – moyakdonga 
    tushishidan iborat kasallik; churra. 2 Shunday kasallikka chalingan, mubtalo bo‘lgan (odam yoki 
    jonivor). Dabba odam. 3 ko‘chma dag‘l. Sudralgan, yurishmay qolgan ish, kasod bo‘lgan mol; 
    dangasa va ishyoqmas odam va sh. k. haqida”. Lug‘atning uchinchi bandida so‘zning ko‘chma 
    ma’nosi keltirib o‘tilgan va insonga nisbatan qo‘llanilganda undagi dangasalik, ishyoqmaslik 
    xususiyatlarini ifoda etishi keltirib o‘tilgan. Ushbu ko‘chma ma’noni yuzaga keltirgan omil kasallik 
    natijasida harakatlanishning chegaralanishi va sekinlashishidir. 
    “Moxov
    [a. – yo‘q qilish, chetlatish] Butun organizmni, xususan, teri, asab sistemasi hamda 
    ichki a’zolarni zararlaydigan surunkali infeksion kasallik; shu kasalga yo‘liqqan shaxs. 
    Ha, Botir aka, hozir odamlar moxovdan hazar qilgandek mendan qochishadi. S. Ahmad, 
    Saylanma 
    2 ko‘chma rasvo, yaramas, chatoq: moxov odam, moxov ish.
    Moxov odam. Moxov ish. Ishning moxovini chiqarmoq. 
    Dod deganda ham gap shuki, qiyin ekin, moxov ekin. Gazetadan 
    3 qarg‘ishni bildiradi. Moxov so‘zi inson xarakter-xususiyatlariga ishora qilib kelganda so‘zning o‘z 
    ma’nosidagi umumdan ajralganlik xususiyati ko‘chma ma’noning yuzaga kelishini ta’minlaydi. 
    Azaldan moxov kasalligiga chalingan kishilar umumdan ajratilgan, moxov tarqagan hududlarga 
    kirish taqiqlangan. Kasallikning og‘ir kechishi, yuqumliligi sababli unga chalingan inson hamhar 
    qanday aloqadan chetlatilgan.So‘z inson xarakter-xususiyatiga ishora qilib kelganda ayni shu holat 
    insonlarga qo‘shilmaslik, ular bilan aloqa qilishni istamaslik xususiyati so‘zning ko‘chma ma’nosi 
    inson xarakter-xususiyatini anglatish ma’nosi yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ayni so‘z qarg‘ish, 
    so‘kishni ifodalash uchun qo‘llanilganda ham ayni xarakter-xususiyatlariga ishora qiladi.
    Nega jim turibsizlar, uringlar moxov boʻlgurni! K. Yashin, Hamza 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    churra  Ichki aʼzolardan birining yoki ular bir qismining, masalan, ichakning osilib, biror boʻshliqqa

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish