~ 71 ~
organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
boshqarish tizimiga
asoslaydi.
Tadqiqot metodolagiyasi.
Tadqiqotda ilmiy ishning nazariy va
amaliy ahamiyatidan kelib chiqqan holda tizimli yondashuv, qiyosiy
tahlil, taqqoslash kabi usullardan keng foydalanilgan.
Natijalar va muhokama.
Mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish
organlari tarkibini fuqarolar yigʻinlari, xususan, mahallalar tashkil etadi.
Jamiyatda oʻzini-oʻzi boshqaruv tizimining muhim organi boʻlgan
mahalla – bu, hududiy, kasbiy, turli yoshga oid va boshqa shu kabi turli
xil ijtimoiy guruhlarning qiziqishi va irodasini oʻzida mujassamlashtirib,
ularni ijtimoiy hayotga joriy qiluvchi umumiy hamda alohida holatlarni
namoyon qiladi.
“Mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolarning oʻzini-oʻzi
boshqarish organlari bajaradigan vazifalar doirasini kengaytirish, ularga
davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich topshirish lozim.
Bunda eng muhimi, aholining kasb va ijtimoiy tarkibi manfaatlarini
yanada toʻlaroq ifodalash va himoya qilishda nodavlat, jamoat
tuzilmalarining huquq va mavqeyilarini oshirish darkor. “Kuchli
davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan siyosiy qurilish
dasturining mohiyati ana shunda yaqqol namoyon boʻladi. Аynan
shunday yondoshuv fuqarolarning oʻzlariga-oʻzlari
hayoti va butun
jamiyat hayotini boshqarishda va teng tashkil etishda keng ishtirok etish
uchun imkoniyat yaratadi”.
“Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi
yangi tahrirdagi qonunning 7-moddasiga muvofiq :
1)
bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
mahallalar
faoliyati
erkinlashtirildi;
2) mahallalar hokimiyat tizimidan chiqarildi;
3) qator imtiyozlar berildi;
4) boqimandalik kayfiyatidan ozod etildi;
5) “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyat sari” qadam
tashlanadi.
Natijada mahallalar adolatli, demokratik jamiyatning negiziga
aylanib bormoqda.
Demak, mahallalar oʻzini-oʻzi boshqaruv tizimida quyidagi
ijtimoiy vazifalarni bajarib kelmoqda:
1. Mahalla – ona maskan. Oila koʻz ochib koʻrgan dargoh boʻlsa,
mahalla Vatan ichidagi Vatandir. Vatan – eng oliy qadriyatdir.
2. Mahalla – avvalo sogʻlom ijtimoiy muhitdir. Bu yerda kuchli
taʼsirga ega boʻlgan jamoatchilik fikri mahalla ahlining xulq-atvori,
oʻzaro munosabatlarni adolat va maʼnaviy mezonlar asosida tartibga
solib turadi. Shu maʼnoda mahalla, Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov taʼbiri bilan aytganda, haqiqiy demokratik darsxonadir.
3. Mahalla – tayanch markazi. Kam taʼminlangan, koʻp bolali
oilalar, yolgʻiz keksalar va h.k. tayanchi hisoblanib kelmoqda.
4. Mahalla – maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar, anʼanalar maskani.
5. Mahalla yoshlarni kasb-korga yoʻnaltiruvchi, ishsizlarni mehnat
bilan taʼminlovchi ijtimoiy himoya hamdir.
6. Mahalla – tarbiya maskani. Bir bolaga yetti qoʻshni ota-ona ….
7.Mahalla – oila tinch-totuvligini, jipsligini mustahkamlaydigan
joy. Otang – mahalla, onang – mahalla, deb bejiz aytilmagan.
Umuman, mahallalar oʻz hududida ishlab chiqarishni tashkil etishi,
kichik
korxonalar ochishi, oʻzi ishlab chiqargan mahsulotni sotishi,
uning bir qismini mahalladagi ehtiyojmandlarga bepul tarqatishi, oʻz
hududidagi aholini ish bilan taʼminlashi, aholiga madaniy-maishiy
xizmat koʻrsatishi mumkin.
Oʻzbekiston hududida mahallalarni quyidagi 4 ta asosiy qismga
ajratish mumkin:
–
shaharlardagi anʼanaviy mahalallar;
–
shaharlardagi kvartal mahallalar;
–
shaharchalardagi mahallalar;
–
qishloq mahalallari.
Mahallalar ijtimoiy hayotida quyidagi vazfalarni bajaradi:
–
oila muhofazasi;
–
obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalik;
–
ijtimoiy himoyada faol ishtirok etish;
–
maʼnaviyat va ijtimoiy huquqni shakklantirish;
–
siyosiy faollikni oshirish va hokazo.
Hozirgi davrda mahallalarga boʻlgan qiziqish asosida dunyoda
quyidagi institutlar amal qiladi:
1. Jamoalarning xalqaro ittifoqi (shtab- kvartirasi Gaagada)
2.Viloyatlar va shaharlarni boshqarish boʻyicha Xalqaro
assotsiatsiya.
3. Jamoalarning Yevropa ittifoqi (markazi Parijda)
4. Yevropaning mintaqaviy va mahalliy hukumatlari kongressi.
Yevropa Kengashining tashabbusi bilan 1985-yil “Mahalliy oʻzini-oʻzi
boshqarishning Yevropa xartiyasi” qabul qilindi. Bu hujjat Yevropa
davlatlari munisipial huquqining bosh manbayi boʻlib, uning vositasida
oʻzini-oʻzi boshqarishning keyingi rivojiga yoʻl ochildi .
Аyni paytda jahon miqyosida mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish
tizimining 3 ta asosiy modeli ajratib koʻrsatiladi.
1. Shimoliy Аmerika
2. Janubiy Yevropa
3. Shimoliy Yevropa (yoki Skandinaviya)
Shimoliy Аmerika modelida munitsipalitetning faoliyat doirasi
nisbatdan tor, fragmentar shaklda boʻlib, u asosan biznes maqsadlariga
xizmat koʻrsatishga qaratilgan.
Janubiy Yevropa modeli (Fransiya va Italiya uchun xarakterli
boʻlgan.) Bunda munisipial faollik nisbatan yuqori boʻlmasada, shunga
qaramasdan mahalliy siyosiy manfaatlar
siyosatga millat darajasida
taʼsir koʻrsata oladi.
Shimoliy Yevropa modeli. Bu model asosan Daniya, Finlyandiya,
Shvetsiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda amal qiladi.
Bu mamlakatlarda munisipalitetlar ancha faol boʻlib, ular mahalliy va
umumdavlat ahamiyatida boʻlgan keng doiradagi vazifalarni hal
qiladilar.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish
modellariga davlat sektoridagi bandlikka nisbatan ularga toʻgʻri
keladigan bandlik darajasi boʻyicha ham baho berish mumkin. Xususan,
bu koʻrsatkich 2020-yil Daniyada 70 %, Norvegiyada 60%, Shvetsiyada
54% , АQSh da 50%, Buyuk Britaniyada 38%, Germaniyada 15%,
Italiyada 12%, Fransiyada 11% ni tashkil etgan.
Yalpi milliy mahsulotni isteʼmol qilish boʻyicha ham bu mahalliy
jamoalarning oʻziga xos ulushi mavjud. Masalan, bu koʻrsatkich
Shvetsiyada 18,7 %, Daniyada 17,7%, Finlyandiyada 13,5 %,
Norvegiyada 13%, Buyuk Britaniyada 8,2%, Italiyada 7,4%,
Niderlandiyada 7,5%, Fransiyada 4.4% ni tashkil etadi .
Yuqorida aytib oʻtilganidek, oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini
boshqarishning
eng
muhim
mexanizmlaridan biri va strategik rejalashtirish va ommaviy javobgarlik
uchun institusional asos sifatida, monitoring tizimi, oʻzini-oʻzi
boshqarish organlarining joriy holati va strategik ijtimoiy-iqtisodiy
holatining baholanishini baholashning tegishli uslubiyotini qoʻllash
vositasida tashkil etish va oʻtkazishni taʼminlaydi. Ilm-fanda va
amaliyotda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishni baholash
uslubiyotining yetarli darajada koʻp miqdori shakllangan boʻlib, ular
turli yondoshuvlar va tamoyillarga asoslangan, bu optimal oʻlchov
instrumentini tanlash muammosini asoslaydi. Buning ustiga, pozitsiyasi
eng
asoslangan
hisoblanuvchi
ekspertlar
hisoblaydilarki,
uslubiyotlardan hech biri universal deb tan olinishi mumkin emas,
chunki, bir tomondan, ulardan har
biri tadqiqotning muayyan
vazifalariga javob beradi, va tegishli ravishda bu qoʻllaniladigan
yondoshuvda aks etadi, boshqa tomondan esa – hududiy boshqaruv
dinamik jarayon boʻlib, bu baholash mezonlarini doimiy qayta koʻrib
chiqishda ifodalanadi.
Shu bilan bogʻliq holda baholashning alohida koʻrsatkichlarining
shakllanishi haqida emas, balki shunday uslubiyotni shakllantirish
toʻgʻrisida soʻz yuritish maqsadga muvofiqki, u, bir tomondan, oʻzini-
oʻzi boshqarish organlarining oʻzaro bogʻliq makro-osttizimlarining
muayyan xususiyatlarini hisobga olish, boshqa tomondan – boshqaruv
jarayonlarining dinamikligini hisobga olish, uchinchi tomondan – aniq
hudud xususiyatlari va uning aholisi va biznes manfaatlarini hisobga
olish imkonini berib, bu oʻzini-oʻzi boshqarish organlarida ommaviy
javobgarlik mexanizmining adekvat faoliyatini taʼminlashi mumkin.
Buning uchun ayni vaqtga shakllangan
baholashga yondoshuvlar va
uslublarining afzalliklari va kamchiliklariini tahlil qilish zarur.
Tahlil qilinayotgan uslubiyotlarning har biri bitta yoki kompleks
uslubiyotlarga asoslangan boʻlib, ular uni qoʻllash imkoniyatini beradi:
bular, statistik tahlil, ekspertlar va jamoatchilik baholashlaridir.
Baholashning amalda barcha uslubiyotlarida qoʻllaniladigan, eng
keng tarqalgan uslubi boʻlib, turli koʻrsatkichlarning statistik tahlili
hisoblandi, u miqdoriy koʻrsatkichlarga tayangan holda, oʻzini-oʻzi
boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini u yoki bu
sohasidagi oʻzgarishlar darajasini kuzatib borish imkonini beradi,
shuningdek, muayyan soha, tarmoqni tezkor monitoring qilish
imkoniyatini taqdim etadi. Taʼkidlash muhimki, murakkab ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlar odatda koʻproq baholash uchun yetarli darajada katta
koʻrsatkichlar roʻyxati, doimiy oʻzgarib turadigan maʼlumotlar bilan
xarakterlanadi, ular oʻz navbatida har doim ham oʻz vaqtida yangilab
borilishi mumkin boʻlavermaydi. Muayyan holatlar taʼsirida,
aynan
texnik va antropogen cheklovlar natijasida, doimiy oʻzgarib turuvchi
katta miqdordagi maʼlumotlarni tahlil qilish sifatli tahlilni, bundan kelib
chiqib esa, samarali va savodli boshqaruv qarorlarini qabul qilishni
qiyinlashtiradi.
Yana shuni aytib oʻtish kerakki, mazkur uslub tizimning kompleks
xarakterini aks ettirmaydi, oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining holatini
hududlarni sifatli strategik boshqarish uchun zarur boʻlgan barcha
sohalarda yaxlit qabul qilish mavjud emas, bu oxir-oqibatda oʻzini-oʻzi
~ 72 ~
boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini samarali
rejalashtirish va boshqarish uchun sharoitlarni yaratish imkonini
bermaydi. Аjratib koʻrsatilgan kamchiliklarga qaramasdan statistik
tahlil oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining boshqarishni baholash
uslubiyotida qoʻllanilishi lozim, chunki u muhim trendlar va
disproporsiyalarni aniqlash imkonini beradi, biroq ajratib koʻrsatilgan
cheklovlarni hisobga olgan holda qoʻshimcha uslublardan foydalanish
bilan toʻldirilishi lozim.
Ikkinchi uslub boʻlib hududiy
rivojlanishni boshqarish
samaradorligini ekspertlar tomonidan baholash hisoblanib, uning
mohiyati ekspertlar tomonidan hokimiyat mahalliy oʻzini-oʻzi
boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligi mezonlarini ajratish va
ularni baholashdan iborat boʻladi. Ekspert baholashlarining ahamiyati,
shubhasiz, chunki buning uchun yuqori malakali mutaxassislar jalb
qilinib, ular sifat va miqdoriy baholash uslublarini qoʻllab, katta hajmli
ekspertizani amalga oshiradilar. Biroq soʻzsiz afzalliklariga qaramay,
mazkur uslubning bir qator kamchiliklari ham mavjud boʻlib, ulardan
eng asosiylari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: baholashlarning subyektiv
xarakteri va malakali ekspertlarning yetishmasligini aytish mumkin.
Bu uslub oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining darajasi uchun
alohida muhim boʻlib, aholining yoki uning ayrim guruhlarining turli
mavzular va masalalar boʻyicha fikrini namoyon etuvchi ijtimoiy
baholashlar hisoblanib, bu bir tomondan, qonunchilik talablari bilan
asoslangan, bu yerda aholining mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish idoralari
faoliyatidan qoniqish koʻrsatkichlarini oʻlchash
zarurati qayd etilgan,
boshqa tomondan esa – ommaviy javobgarlik tamoyillarini amalga
oshirish uchun sharoitlarni shakllantirish bilan asoslangan. Shundan
kelib chiqib, jamoatchilik fikrini oʻraganish boʻyicha soʻrovnomalar
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini
boshqarish
samaradorligini
baholashning ajralmas qismi boʻlib qolishi lozim. Shunga qaramasdan,
jamoatchilik baholashlari uslubidan foydalanishda vujudga keladigan
muayyan cheklovlarni hisobga olishga toʻgʻri keladi: subyektiv
xarakteri, shuningdek ularga mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish idoralari
vakolatiga kirmaydigan, tashqi omillar taʼsiri ostidagi yuqori risklar;
tanlovning reprezentativligini taʼminlash uchun soʻrovnomalarda
ishtirok etish uchun aholini maksimal jalb qilishning zarurligi, bu butun
mamlakat boʻylab hokimiyatga ishonchning yuqori emasligi sharoitida
juda murakkab hisoblanadi.
Shunday qilib, oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qilishning koʻrsatib oʻtilgan uslublaridan
foydalanish xususiyatlarini tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, ularning har
biri qoʻllashda muayyan afzalliklar va kamchiliklarga ega boʻlib, ular
muayyan darajada oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini boshqarishni baholash uslubiyoti doirasida ularni
kompleks qoʻllash vositasida tekislanishi mumkin.
Mavjud uslubiyotlarning tahlili koʻrsatadiki, nazariya va
amaliyotda oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini boshqarish samaradorligini tadqiq qilishda 1-rasmda
taqdim etilgan toʻrtta yoʻnalish shakllangan.