|
-rasm. O‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini baholashga yondoshuvlarBog'liq 15. Otabek Rasulov Salimovich iqtisodiyot -70-73bb
1-rasm. O‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini baholashga yondoshuvlar
.
Birinchi
yondoshuvning mohiyati o‘zini boshqarishdagi
boshqaruv samaradorligi va natijadorligining amaliy tenglashtirilishida
ifodalanib, uning doirasida samaradorlikni baholash mahalliy hokimiyat
ishining natijadorligiga muvofiq amalga oshiriladi, bu O‘O‘BBT ning
erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini darajasida ifodalanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-avgustda
tasdiqlangan, PQ-353-sonli “Mahalla institutining jamiyat hayotidagi
rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish
chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror asosida Mahalla instituti
imkoniyatlaridan keng foydalanish, aholi turmush sharoitini yanada
yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson
qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturi ijrosini ta’minlash bilan rasmiy qabul qilingan uslubiyot asosida
yotadi.
Mazkur uslubiyotda 14 ta mezondan iborat ro‘yxat aniqlangan,
o‘sish yoki pasayish ko‘rsatkichlari ifodalari ajratilgan bo‘lib, ular
bo‘yicha u yoki bu mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organi faoliyatining
samaradorligi aniqlanadi. Bunda №1317-sonli Qarorda tegishli sakkizta
bo‘limlari bo‘yicha birlashtirilgan 27 ta qo‘shimcha ko‘rsatkichlardan
iborat ro‘yxat mustahkalangan (iqtisodiy rivojlanish; maktabgacha
ta’lim; umumiy va qo‘shimcha ta’lim; madaniyat; jismoniy madaniyat
va sport; uy-joy qurilishi va fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash; uy-joy-
kommunal xo‘jaligi; mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv boshqaruvni tashkil
etish), shuningdek, mahalliy shahar okruglari va mahalliy o‘zini-o‘zi
boshqaruv
tumanlar
ma’muriyatlari
ma’ruzalarining
shakli
tasdiqlangan. Taqdim etilgan ko‘rsatkichlar ham miqdoriy absolyut,
ham nisbiy xarakterga ega. Shuningdek, aholining O‘O‘BO hududidagi
xizmatlardan qoniqish darajasini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlari ham
ko‘zda tutilgan.
Mazkur uslubiyot muayyan tarzda o‘zini-o‘zi boshqarish
organlarining
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini
samaradorligini
baholashga yagona yondoshuvni amalga oshirishni, va shu orqali
ulardagi
ijtimoiy-iqtisodiy
vaziyatni taqqoslashni o‘tkazishni
ta’minlaydi. Uning yutug‘i bo‘lib yana, shuningdek, boshqarishning
yangi uslublarini, yer-mulkchilik munosabatlarini, aholi turmush
sifatini, shu jumladan aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish orqali
jamoatchilik
baholashi
uslubidan
foydalanib,
joriy
etishni
xarakterlovchi bloklarning mavjudligi hisoblanadi. Bundan tashqari,
shaffoflik tamoyiliga rioya qilish ta’minlanadi, chunki o‘zini-o‘zi
boshqarish organlarining rahbarlarining ma’ruzalari internatga ochiq
holda joylashtirladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm. O‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish samaradorligini baholashga yondoshuvlar
|