|
Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6Bog'liq 15. Otabek Rasulov Salimovich iqtisodiyot -70-73bbAdabiyotlar tahlili.
Tadqiqot mahalliy va xorij olimlari
tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy va nazariy manbalarga, oʻzini-oʻzi
boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining boshqarish
mexanizmlarini qoʻllashning samarali amaliyotiga tayanadi.
Oʻzini-oʻzi
boshqarish
organlarining
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining boshqarish tizimi faoliyatining nazariy asoslari А.G
Аganbegyan, А.O Аkulov, А.G Аtayeva, Y.M Buxvald, G.Y Vetrov,
N.V Voroshilov, А.G Granberg, А.P.Egorshin, V.B.Zotov,
N.V.Zubarevich, V.А Lapin, Y.N Lapgin, А.E Leshin, D.S Lvov,
P.V.Stroyev, V.V.Trubnikov, R.V.Fattaxov, E.Fernandes, D Xarvi kabi
olimlarning ilmiy ishlarida shakllantirilgan va taqdim etilgan.
Jahon fani va amaliyotida hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishni samarali boshqarishni baholashga doir turli yondashuvlar
А.А
Boj-Vol,
Z.E.Vinokur,
S.E.Dimodova,
T.B.Dugarova,
V.А.Kozbanenko, Y.N.Koroleva, M Makur, D.V Maslov, V.M
Nikonorov, Y.V.Novikova, B Radey, Y.N.Sabn, M.N Sabn,
I.G.Sangadiyeva, А.А.Sidorov, M.P.Silich, P.Staes, N.Ties, N.Yu
Shagova. ishlarida koʻrib chiqilgan.
Bir qator tadqiqotchilar mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarishning
shaffofligi va ochiqligini taʼminlashning alohida ahamiyatini,
shuningdek, jamoatchilik va biznes-tuzilmalarning oʻzini boshqarish
darajada boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etishining
zaruriyatini alohida taʼkidlab koʻrsatishganiga qaramasdan, ommaviy
masʼuliyat toifasi oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishining boshqarish samaradorligini taʼminlovchi mexanizm
sifatida ular tomonidan yetarlicha tadqiq qilinmagan.
Mahalliy va xorijiy tadqiqotlarning tahlili shuni koʻrsatadiki,
oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
boshqarishga bagʻishlangan yondashuv va yoʻnalishlar haqida bugungi
kunda xilma-xil qarashlar va xulosalar mavjuddir. Biroq hozirgi
vaqtgacha mazkur jarayonning mexanizmlari va harakatlantiruvchi
kuchlarini takomillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan, munozarali va hal
etilmagan, nazariy, uslubiy va amaliy yoʻnalishdagi masalalar qolib
kelmoqda. Oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishini boshqarish nazariyasi nuqtayi nazaridan mazkur toifaning
mazmuniga yagona yondashuv haligacha mukammal ishlab chiqilmagan
boʻlib, bu oʻz navbatida baholashning turli metodikalarini qoʻllash
samaradorligi va boshqarishning natijador mexanizmlarini tanlash bilan
bogʻliq
muammolarni,
va
oxir-oqibatda ularni
zamonaviy
texnologiyalarni hisobga olgan holda oʻzini-oʻzi boshqarish
|
| |