Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6




Download 358,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana19.06.2024
Hajmi358,45 Kb.
#264391
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
15. Otabek Rasulov Salimovich iqtisodiyot -70-73bb

Xulosa va takliflar. 
O‘zini-o‘zi boshqarish organlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishni baholashga yondoshuvlar 
va uslubiyotlarning o‘tkazilgan tahlili quyidagi xulosalarni chiqarish 
imkonini berdi. 
a) O‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini natijalari samaradorligining yagona tushunilishi va aniq 
mezonlari mavjud emas. Bunda universal yondoshuvni ishlab chiqish 
murakkabligi tufayli hududlar uchun rejali indekslar va ko‘rsatkichlarni 
aniqlashning maqsadga muvofiqligi masalasi o‘rinli bo‘ladi. 
b) Samaradorlikni baholashning qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlari 
va indikatorlari ko‘pincha mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sohasidagi bevosita faoliyatini emas, balki 
Mahalliy boshqaruv samaradorligi va 
natojadorligining tengligi 
OʻOʻBO IIR ni boshqarish 
samaradorligini baholashga 
yondoshuvlar 
OʻOʻBO IIR va mahalliy oʻzini
-
oʻzi boshqarish 
idoralari samaradorlik darajalarining 
tengligi 
Mahalliy boshqaruvning 
ichki samaradorligi 
Харажатли
-
натижали



~ 73 ~ 
boshqa sohalar va hokimiyatlar darajalari hisobiga erishilgan natijalarni, 
shu jumladan, birlamchi boshqa sharoitlar hisobiga, tavsiflaydi. 
v) Taklif etilayotgan kompleks uslubiyotlar ko‘pincha asossiz 
ravishda o‘xshash yoki o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini bevosita boshqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan 
ko‘rsatkichlar miqdori bilan yuklab yuborilgan, bu mehnat sig‘imini 
oshiradi va bunda boshqarishning mahalliy o‘zini-o‘zi boshqaruv tizimi 
uchun zaruriy samarani ta’minlamagan holda. 
g) Mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimining o‘zini-o‘zi 
boshqarish organlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish 
samaradorligining haqiqiy baholashini o‘tkazishga ichki tayyor 
emasligi, bu kasbiy madaniyat, motivatsiya va javobgarlikning 
rivojlanish darajasi yetarli emasligida namoyon bo‘lib, bu baholash 
amaliyotini formallashtiradi va uning real natijadorligini tekislab 
qo‘yadi. 
d) Ayrim ko‘rsatkichlar va indikatorlar, ayniqsa, ekspert va 
jamoatchilik baholashlarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lganlarini o‘lchash 
murakkabligi va bir xil xarakterda emasligi, shuningdek, oʻzini-o‘zi 
boshqarish organlari ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yagona 
obyektiv axborot bazasining mavjud emasligi, bu hisob-kitoblarni 
murakkablashtiradi. 
e) 
Strategik 
boshqaruv 
qarorlarini 
qabul 
qilishga 
yo‘naltirilganlikning namoyon bo‘lmaganligi, chunki ko‘rib chiqilgan 
uslubiyotlardan ko‘pchiligi qisqa muddatli va kamdan-kam holatlarda – 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‘rta muddatli davrlari yakunlari bo‘yicha 
baho beradilar. 

Download 358,45 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 358,45 Kb.
Pdf ko'rish