• Tayanch iboralar
  • Iv. Nazariy materiallar 18 – mavzu: giperbog‘lanishlar




    Download 180.79 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana01.11.2022
    Hajmi180.79 Kb.
    #28696
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    курс иши


    IV. NAZARIY MATERIALLAR 
    4.18 – mavzu: GIPERBOG‘LANISHLAR. 
     
    Reja 
    1. Giperbog‟lanish gipermatn texnologiyasining asosi 
    2. Gipermurojaat tushunchasi 
    Tayanch iboralar: Giperbog‟lanish, gupermatn, gipermurojaat, html, xujjat, teg, web-sahifa, sayt, 
    portal, gipermurojaat, atribut. 
    1. Giperbog’lanish gipermatn texnologiyasining asosi 
    WWW-sahifasida ma‟lumotlar gipermatnli xujjatlar shaklida olinadi. Gipermatn boshqa matnli 
    xujjatlarga yo„l ko„rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (bu matnlar qaysi mamlakatning severida 
    turishidan qat‟i nazar) tezda o„tish va yuklanish imkonini beradi.
    Odatda ixtiyoriy matn simvollarning uzun bir qatordan iborat bo„lib, u bir yo„nalishda o„qiladi. 
    Gipermatn texnologiyasi matnni ko„p o„lchamli shaklda tasvirlashdan iborat, ya‟ni tarmoq tipidagi 
    iyerarxik tuzilmadir. Matn ko„rinishdagi material bo„laklarga (parchalarga) bo„linadi. Kompyuter 
    ekranida ko„rinadigan matinning har bir bo„lagi boshqa bo„laklar bilan ko„p sonli bog„lanishlar orqali 
    bog„langan bo„lib, u o„rganilayotgan ob‟ekt haqidagi axborotni aniqlashtirish imkoniyatini beradi va 
    tanlangan bog„lanishlar bo„yicha bir yoki birnecha yo„nalishda harakat qiladi. Gipermatn bo„laklarga 
    bo„lingan materialni nochiziq tarmoq shaklda tashkil qilishga ega bo„lib, ularning har biri uchun 
    bog„lanishlarning ma‟lum turi bo„yicha boshqa bo„laklarga o„tishlar ko„rsatilgan. Bog„lanishlarni 
    (aloqalarni) o„rnatishda turli asoslarga (kalitlarga) tayanish mumkin, ammo har qanday xolda gap faqat 
    bog„lanayogan bo„laklar ma‟nosining, semantikasining yaqinligi haqida boradi. Ko„rsatilgan 
    bog„lanishlar izidan borib, materialni o„qish yoki o„zlashtirish tartibi yagona emas, balki ixtiyoriy tartibda 
    bo„lishi mumkin. Matn o„zining yopiqligini yo„qotib, prinsipial ochiq xolda bo„ladi. Gipermatnga uning 
    bo„laklari uchun mavjud bog„lanishlarni ko„rsatib yangi bo„laklarni qo„yish mumkin. Matnning 
    strukturasi buzulmaydi, chunki gipertekstning aprior berilgan strukturasi umuman yo„q. Shunday qilib
    gipermatn – bu strukturalashtirilmay erkin jamlangan bilimlarni taqdim qilishning yangi texnologiyasi. U 
    shu bilan axborotlarni taqdim etishning (tavirlashning) boshqa modellaridan farq qiladi.

    Download 180.79 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 180.79 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iv. Nazariy materiallar 18 – mavzu: giperbog‘lanishlar

    Download 180.79 Kb.
    Pdf ko'rish