• Mavzuni o’zlashtirish uchun savollar
  • Bo’lajak o’qituvchi o’z nutqini takomillashtirishi




    Download 1,4 Mb.
    bet44/126
    Sana21.01.2024
    Hajmi1,4 Mb.
    #142208
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126
    Bog'liq
    Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

    Bo’lajak o’qituvchi o’z nutqini takomillashtirishi uchun ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi yo’nalishlarga doimiy amal qilib borishi lozim:
    - o’zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi;
    - o’z-o’zini nazorat qilishi;
    - o’zining nutqiy madaniyatini rivojlantirishi;
    - nutqiy muloqotnint barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini
    egallash uchun o’ziga sharoit yaratishi.
    O’z-o’zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o’qituvchi o’z nutqiy faoliyatini kuzatishi, u jonli, xilma xil, hissiy bo’yoqlimi yoki bir xil monotonlimi, bilib borishi lozim.
    Nutqingizni tayyorlash va mashq qilish jarayonida o’zingiz mustaqil ravishda quyidagi savollarga javob toping:
    Tinglovchilarda qanday fikr uyg’otmoqchiman?
    Auditoriyada ijobiy muhitni qanday kayfiyat asosida yaratmoqchiman?
    Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritmni talab etadi?
    Har qanday ta’lim-tarbiyaviy mashg’ulot oldidan bir necha bor o’z nutqingizni qaytarib mashq qiling. Nutqingizni rang-barang badiiy adabiy lavhalar bilan boyiting. O’z taassurotlaringizni qo’shgan holda boyitib, to’ldirib boring. O’qituvchi nutqining mukammalligi, tozaligi, ta’sirchanligi bilan o’quvchilar e’tiborini jalb qiladi, ular qalbiga yo’l topadi, hech qanday qiyinchiliksiz barcha ziddiyatlarni bartaraf etadi. Natijada o’qituvchi pedagogik faoliyatda aslo toliqmaydi, asab tizimi doimo sog’lom bo’ladi.


    Mavzuni o’zlashtirish uchun savollar:



    1. Notiqlik san’atining paydo bo’lishi tarixi?

    2. Sharq mutafakkirlarining notiqlik san’ati haqidagi fikrlari?

    3. Nutq texnikasida nutqning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

    4. Nutqning to’g’riligi va ravonligi, aniqligi va ta’sirchanligiga ta’rif bering?

    5. Nutqning mantiqiyligi deganda nimani tushunasiz?

    6. Til va nutq bir–biridan qanday farqlanadi: ularning qiyosiy tahlili?

    7. O’qituvchi nutqiy faoliyatining komponentlari nima, ularni izohlang?

    8. O’qituvchining nutq madaniyatini rivojlantirish vositalari?

    9. Nutning ta’sirchanligi va ifodaliligi qanday namoyon bo’ladi ta’riflab bering?

    10. Tajribali o’qituvchi nutqida namoyon bo’luvchi holatlar?

    11. O’qituvchi nutqining funktsiyalarini izohlab bering?

    12. Bo’lajak o’qituvchi nutqiy faoliyatini qanday takomillashtirishi mumkin?




    Download 1,4 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   126




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bo’lajak o’qituvchi o’z nutqini takomillashtirishi

    Download 1,4 Mb.