O’qituvchining ma’naviy dunyosi va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabati




Download 1,4 Mb.
bet95/126
Sana21.01.2024
Hajmi1,4 Mb.
#142208
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126
Bog'liq
Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги

O’qituvchining ma’naviy dunyosi va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabati
O’qituvchi mehnati faolligining unumdorligini oshiruvchi xususiyatlar, uning mehnatga erkin va ijobiy munosabatda bo’lishi, pedagoglik kasbi bilan bog’liq bo’lgan barcha mehnat turlariga qiziqishi, o’qituvchi ma’naviy dunyosining boyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan munosabati va onglilik darajasi bilan ham belgilanadi. Hozirgi zamon sotsiologik tadqiqotlarida o’qituvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga nisbatan qiziqishlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, chunki har qanday jamiyatda belgilangan me’yoriy qonuniyatlar tizimi bo’lib, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlar etakchilik qiladi.
Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf–odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat, insonni ulug’lash, tinch va osoyishta hayot, do’stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu qadriyatlar ta’lim–tarbiya asosida yosh avlod ongiga singdiriladi. Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar va tarbiyachilarning pedagogik mahoratida umumbashariy qadriyatlar ularning ma’naviy dunyosini naqadar keng ekanligini namoyon etadi. Buyuk allomalarimizning ta’lim–tarbiyaga oid qarashlarida umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turgan. Ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Inson axloqi aqlga, xulqi va hatti-harakati esa ilm–fanni o’rganishga hamda ma’rifatga asoslangandagina ma’naviy kamolotga erishadi. Allomalarning fikrlariga ko’ra, insonparvarlik g’oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishish, bilimli va ma’rifatli bo’lishga bog’liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy qadriyat darajasida ulug’lab, jamiyatning barcha a’zolarini ilm egallashga chaqirdilar, muallimlarning shijoatli mehnatini qadrladilar.
Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm–ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. “Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir” deb yozadi alloma. (Abu Rayhon Beruniy.: O’ylar, hikmatlar, naqllar, she’rlar. 44–bet).
Falsafiy talqinda qadriyatlar – inson va insoniyat uchun beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go’zallik, yaxshilik kabi barkamol inson uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi holatlar yig’indisidir.
Tadqiqotchi olim O. Musurmonovaning ta’kidlashicha, qadriyatlar inson tomonidan qadrlanadigan narsalardan iborat bo’lib, kishilarning talabi, xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida o’zaro munosabat, o’zaro ta’sir natijasida vujudga keladigan holatdir. Demak, qadriyatlarning mohiyatini pedagogik nuqtai nazardan izohlaganimizda, insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida paydo bo’lgan, amaliy faoliyatda davr sinovidan muvaffaqiyatli o’tgan, o’z shakl va mazmunida xalqning ma’naviy olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madaniyatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma’naviy – ruhiy hatti–harakatlar, narsa va hodisalar majmui. (Musurmonova O.: “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”. 66–bet).
Barcha qadriyatlarning mohiyatini eng oliy tuyg’u – insonparvarlik tashkil etadi. Insonparvarlik – insonning sharafi, vijdoni va iymonining mahsuli. Insonparvarlik xayrixohlik, g’amxo’rlik, moddiy–ma’naviy madadga intilish tuyg’usi, iymon va vijdon doirasida mehr–muruvvat ko’rsatish (Musurmonova O.: “Ma’naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi”. 58–bet). O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida yoshlar “ta’lim–tarbiyasi insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi” davlat siyosatining asosiy printsiplaridan biri sifatida talqin etiladi. Ushbu sharafli g’oyalarni amalga oshirib, yoshlarni, bilimli va aqliy jihatdan kamol toptirishda avvalo o’qituvchining qizg’in mehnat faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ham yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazish masalasi dolzarb vazifa sifatida e’tirof etilmoqda. Bunda farzandlarimizning nainki jismoniy, balki axloqiy va ma’naviy barkamol bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun o’qituvchining o’zida bekamu ko’st takomillashgan, eng yuksak umuminsoniy qadriyatlar tuyg’usi bo’lishi kerak. Bu tuyg’u, uning mukammal shakllangan pedagogik mahorati qirralarida doimo o’z aksini topishi zarur. Inson bolasi yoshligidan to umrining oxirigacha ilm olib, aqliy kamolot sari intilar ekan, barcha umuminsoniy qadriyatlarga ilm tufayli erishadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’qituvchi mehnat faoliyatining umuminsoniy qadriyatlarga yo’naltirilganligiga bog’liq. Bu keng qamrovli va salmoqli omillar asosida o’qituvchining butun umri davomida amalga oshiradigan ko’p qirrali pedagogik faoliyati mujassamlashgan. O’qituvchi o’zining qizg’in mehnat faoliyati va kasbiy mahorati bilan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarga nechog’lik boy ekanligini ta’lim-tarbiya jarayonida namoyish etadi. O’qituvchi pedagogik mahoratini o’zining halol mehnati bilan takomillashtirib boradi. Ushbu mehnat natijasida inson komil bo’lib voyaga etishi lozim, buning uchun ma’naviyat va qadriyatlar yuksalishi, inson keng ma’nodagi ma’naviy shaxsga aylanishi kerak. O’qituvchi mehnatining natijasi bo’lmish komil inson yuksak ma’naviyatni yaratadi va rivojlantiradi, umumbashariy qadriyatlarni asraydi. Uning o’quvchilar jamoasi bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatidagi barcha yutuqlari ushbu qadriyatlar tufaylidir. O’qituvchi mehnatida o’z pedagogik faoliyatini bezaydigan quyidagi qadriyatlar tizimini muntazam egallab borishi zarur:






Download 1,4 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   126




Download 1,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qituvchining ma’naviy dunyosi va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan munosabati

Download 1,4 Mb.