|
Ызбекистон республикаси олий ва
|
bet | 42/113 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,41 Mb. | | #132930 |
Bog'liq portal.guldu.uz-BOLALAR ADABIYOTI VA FOLKLOR (1)Muhokama uchun savollar:
Hamza ijodining boshlanishi haqida nimalarni bilasiz?
Hamza she’rlari nima uchun sizga yoqadi?
O’zbekiston hududida Hamzaning qanday qadamjolari bor?
2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:
Hamza Hakimzoda Niyoziyning ma’rifatparavarlik g’oyalarini targ’ib qilgan asarlari bilan tanishtirish.
Identiv o’quv maqsadlari
Hamzaning she’riy guldastasi «Milliy ashulalar» to’plami haqida so’zlaydi.
2. Mustamlakachilik yillarida o’zbek xalqining hayotini tushuntiradi.
2-asosiy savolning bayoni:
1915 yilda Hamzaning «Milliy ashulalar» to’plami bosilib chiqdi. Bu to’plamdagi she’rlarning ko’pchiligida ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib etish davom etadi. Hamza avvalgi she’rlarida ilmli, yaxshi xulqli kishilarni ma’rifatparvar deb ko’rsatgan bo’lsa, endi u o’z xalqi uchun jonini ham ayamaydigan, yuksak ijtimoiy ongli shaxslarni ma’rifatparvar deb talqin qildi. Bu uning ijodiga ijtimoiy voqelik ta’sir etganini, ijodning g’oyaviy tomonidan o’sganini ko’rsatadi.
Shoir «Milliy ashulalar», «Oq gul», «Qizil gul», «Yashil gul» va boshqa to’plamlaridagi qo’shiqlari bilan xalq ommasini madaniyatli bo’lishga undaydi, zulmdan shikoyat qiladi, ijtimoiy faollikka chaqiradi.
Mashhur tarbiyachi, atoqli shoir, dramaturg va bastakor Hamza Hakimzoda Niyoziy mehnatkash xalqni, shuningdek, yosh avlodni o’qitish, ma’rifatli qilish, tarbiyalash ishiga o’zining butun iqtidorini, umrini bag’ishladi.
Muhokama uchun savollar.
Hamzaning «Milliy she’rlari»da olg’a surilgan g’oya O’zbekiston milliy mustaqillikni qo’lga kiritib, taraqqiyot uchun kurashayotgan bugungi kundagi ahamiyati haqida so’zlang.
Hamzaning «Oq gul» to’plamiga ilova qilingan e’londa uning ikkita «Milliy roman» yozganligi to’g’risidagi fikringiz qanday?
|
| |