98
Og`zaki so’rashga – 5 ball;
Daftar yuritish – 5 ball;
Amaliy ish – 10 ball;
Mustaqil ish – 15 ball.
3.
―Sinfdan va maktabdan tashqari kasbga yo’naltirish ishlari‖ yuzasidan
ma`ruza matni tayyorlash.
4.
―Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va o’tqazish metodikasi‖
yuzasidan tabiiy hamda labaratoriya tadqiqotlarida izlanishni ta`kidlovchi faoliyatlarni
ta`riflash hamda tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasini ishlab chiqish (aniq
mavzu misolida).
§ 9. KASBGA YO’NALTIRISHDA O’QUVCHI SHAXSIGA INDIVIDUAL
YONDOSHISH METODIKASI
Individual mustaqil ishlar kasbga yo’naltiruvchi mehnat o’qituvchilari,
maktab
psixologi va sinf rahbarlarining kasb tanlash masalalari yuzasidan metodik va
psixologik
adabiyotlarni, shuningdek kasbga yo’naltiruvchi ekskursiyalar tashkil
qilishni o’z ichiga oladi. SHu maqsadda o’quv yilining
boshida butun yilga
mo’ljallangan shaxsiy reja tuzib chiqadilar.
Kasbga yo’naltirishda o’quv materialini mazmuni fan va texnika taraqqiyotini
hozirgi darajasiga mos ravishda o’quvchilarga tushunarli bo’lishi kerak.
Bundan
tashqari o’quvchilarni aqliy va jismoniy tayyorgarligini ham nazarda tutish kerak.
99
O’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini turli anketa savollari va testlar yordamida
ham aniqlasa bo’ladi. Quyida H.F.Rashidov, SH.T.Ergashev hamda S.Boltaboevlar
tomonidan taklif qilingan o’quvchilarni kasbiy yo’nalganligini aniqlash metodikasini
e`tiboringizga havola etamiz [10].
Ushbu metodikaga ko’ra sizga turli kasblar va mashg`ulotlarga oid savollar
havola etiladi. Savollar tartiblangan bo’lib, javoblar
varaqasidagi raqamlarga mos
keladi. Siz o’z qiziqishlaringizni hisobga olgan holda har bir savolga bergan
javobingizni 1,2,3 yoki 4 ball bilan baholashingiz lozim bo’ladi. Qo’yiladigan ballar
quyidagicha izohlanadi:
- Umuman qiziqarli emas - 1 ball;
- Unchalik qiziqarli emas - 2 ball;
- Qiziqarli - 3 ball;
- Juda qiziqarli - 4 ball.
Savollar ichida sizga notanish bo’lgan bir qator kasblar ham keltirilgan. Bunday
hollarda siz ―ushbu kasblar haqida nimalarni bilasiz?‖ degan savolga taxminan javob
berishingiz lozim bo’ladi. Uzoq o’ylamang. Ko’proq hayolingizga
kelgan dastlabki
fikrlashingizni javob varaqasiga tushiring.