1-jadval.
Maishiy xizmat ko’rsatish sohani, uning tarmoqlarini, korxonalarini o’rganish
jarayonida o’quvchilarni mazkur sohaga tegishli kasblarni tanlashga yo’naltirish
Maishiy xizmat tarmoqlari
Aholiga uy-ro’zg`or
yuzasidan xizmat
ko’rsatish
Savdo xizmati
Umumiy ovqatlanish
xizmati
Maishiy xizmatga mansub
kasblar
* sartaroshlik
* oshpaz
* tikuvchi
* sanoat mollari sotuvchisi * kulinar
* xammom va kir yuvish
qabulchisi
* oziq-ovqat mollari
sotuvchisi
* qandolatchi
* teleradio ustasi
* molshunos ta`minotchi
* ofitsiant
* yotoqxona navbatchisi
* shef-oshpaz
* kassir
* oshxona rahbari
* oshxona xizmatchisi
SHu tarzda bolalarni oiladagi mehnat qilish ―ota-kasb‖ tizimidagi kasblarni
tanlashga olib keladi. Bu holat bolalarni mehnatga jalb etish asosida kasb tanlashga
qisman foydalaniladi: qishloq holatidan ko’ra – shaharda yashovchi bolalarning
yarmidan ko’pi doimiy mehnat topshirig`iga ega emaslar hamda oila sharoitidan kelib
chiqib kasb tanlashga imkoniyatlari cheklangan.
SHunga qaramasdan, oila sharoitidan kelib chiqqan holatda, bolalarga
mehnatsevarlikni shakllantirish, mehnatning hamma turi qo’lidan keladigan ish
mazmunini bajarishda mehnatga va kasb tanlashga qiziqishlarini rivojlantirish bilan
chambarchasuzviy bog`langan.Bu borada, muntazam qiziqish bolalarni faollikka,
81
ijodga, yaxshi sifatli natijaga erishish uchun kuch jamlashga undaydi. Kichik yoshdagi
bolalarning mehnatini tashkil qilishda quyidagilardan kelib chiqish kerak: mehnat ular
uchun quvonchli hissiyotlar bilan to’la qiziqarli jarayon sifatida namoyon bo’lishi
lozim.
Kasbga yo’naltirishda mehnat resurslarini hududiy xususiyatlarini hisobga
olmaslik natijasida bir necha kamchiliklarga yo’l qo’yilishini kuzatishimiz mumkin:
1. O’quvchilar u yoki bu kasbdagi odamga munosabatni kasbning o’ziga bo’lgan
munosabat bilan bir xil deb qaraydilar. Muayyan odam, uning yuksak ma`naviy
xislatlari, aql-farosati, dadil ishlari o’quvchiga ma`qul bo’ladi. Bunday qoyil qolish
beixtiyor sevimli qaxramon shug`ullanayotgan ishga ham o’tiradi. Binobarin, o’smir
unga taqlid qilish yo’lidagi muddaosiga qandaydir axloqiy xislatlardagina unga
o’xshash bo’lishni emas, balki o’zini ham ana shu kasbga bag`ishlashni istaydi. Bunda
o’quvchi o’sha ma`naviy fazilatlar boshqa ishda ham namoyon bo’lishi mumkinligi
haqida o’ziga ko’pincha hisob bermaydi. Badiiy adabiyotlardagi, kinofilmdagi
qahramonlar ko’pincha ana shunday munosabatni tug`diradi, tanish-bilishlaridan,
qarindosh-urug`lardan birontasi, chunonchi o’qituvchilar taqlid qilish uchun ko’pincha
namuna bo’lib xizmat qiladilar.
Taqlid qilish uchun o’qituvchi namuna bo’lgan chog`da o’quvchi unga bo’lgan
yaqinligi, mehribonligi u o’qigan fanga ham tadbiq etadi. SHunday ham bo’ladiki,
masalan, o’quvchida biologik fanlarga bo’lgan qiziqish, havas aniq -ravshan ko’rinib
turadi, lekin unga adabiyot o’qituvchisi yoqqanligi uchun u o’zining butun fikr-zikrini
adabiyot bilan bog`laydi.
2. O’quv fanini kasb bilan bir xil deb tushunish. O’smir maktabdagi fanlarni
o’zlashtirishdagi muvaffaqiyatlariga asoslanib, ko’pincha bo’lg`usi kasbni belgilaydi.
O’quvchiga adabiyot yoqib qolgan bo’lsa, bu u adabiyotni amaliy jihatdan qo’llanish
bilan bog`liq bo’lgan kasblar to’g`risida tasavvurga ega bo’lmasa ham adabiyot
mening sevgan fanim, deydi. U kasbni emas, balki bilimning o’zini qiziqturuvchi
sohasinigina tanlaydi, bu sohada nimani istayotganini va nima qilish mumkinligini
mutlaqo tasavvur qilmaydi.
82
3. Kasbni tashqi jihati bilangina qiziqish. O’smirlarni romantika bilan yo’g`rilgan
kasblar qiziqtiradi. Ular uchuvchi, geolog, ixtirochi bo’lishni orzu qiladilar. Bu -
mutlaqo tabiiy hol, albatta. Lekin o’quvchilar ko’pincha o’zlarini qiziqtirayotgan
kasblarning faqat romantik jihatlarinigina ko’rib, shu kasblarga xos bo’lgan
qiyinchiliklarni bilmaydilar.
CHunonchi, geolog kasbida o’quvchilarni ko’pincha sayohat qilish imkoniyati
qiziqtiradi, ammo ular geologning kundalik og`ir ishini: uzoq vaqt davomida
mashaqqatli kuzatishini, juda aniq o’lchashlar bilan shug`ullanishzarurligini, turli
joylarda o’sha bir xil qidiruv ishini oy sayin takrorlash kerakligini esdan chiqarib
qo’yadilar yoki bilmaydilar.
O’quvchi kasbi esa ko’pincha turli jasoratlar, odatdan tashqari tez parvozlar,
qahramonona qutqaruv ekspeditsiyalari, dadil uchishlar va shu kabilar haqidagi
tasavvurlar bilan bog`langan. Holbuki, uchuvchilar avvalo va hammadan ko’proq
yo’lovchi, yuk va bagaj tashish bilan shug`ullanadilar, o’quvchining faoliyati esa
shoferning ishini eslatadi.
O’quvchilar u yoki bu kasb to’g`risidagi o’z romantik tasavvurlarigagina amal
qilib, kasb egallashga o’zlarini jiddiy tayyorlamaydilar va natijada maxsus o’quv
yurtlarida yoki tajribada kasb qiyinchiliklariga duch keladilar.
4. Mehnatning aqliy mazmuni aqliy mazmuni ba`zi kasblarda, ayniqsa ommaviy
kasblarda o’sish imkoniyatlari haqidagi noto’g`ri tasavvurning mavjudligi navbatdagi
kamchilikdir. YOshlarimiz, odatda, engil yo’llarni qidirmaydilar, balki ma`naviy
xislatlarni, qobiliyatlarni, mahoratni rivojlantirish mumkin bo’lgan joylarda ishlashga
harakat qiladilar. Bu esa juda soz, albatta. Lekin ayni shu sababdan maktab
o’quvchilari jamiyatga zarur bo’lgan kasblar ijodiy, aqliy jihatdan o’sish uchun etarli
darajada imkoniyat bermaydi, deb ana shunday kasblarni ko’pincha e`tiborsiz
qoldiradilar. Kiyim tikishda zo’r qobiliyat ko’rsatayotgan qiz qanday bo’lmasin
shifokor bo’lishni orzu qilishini, dastgohda yuksak mahorat bilan ishlayotgan yigit
tokarlik kasbi haqida eshitishni ham istamayotganligi singari faktlarni ayni shu narsa
bilan izohlash mumkin.
83
5. O’z qobiliyatlariga to’g`ri baho bera bilmaslik. O’quvchi biron ishni ado etishi
uchun o’zida ko’proq qanday qobiliyat borligini ko’pincha aniqlay olmaydi, maktab
esa bu borada unga kam ko’maklashadi. Biroq hamma joyda uning oldida barcha
yo’llar ochiq ekanini, hammadan ko’ra ko’proq qiziqarli bo’lgan narsalarni qilish
lozimligini unga ta`qidlayodilar. SHu boisdan kasbni umuman u tanlaydi: o’z
xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olmay, ko’proq yoki kamroq yoqadimi,
baribir ma`lum kasbni tanlab oladi.
SHunday hollar ham bo’ladi, o’smir chizgan surat va rasmlar o’rtamiyona bo’lsa
ham u zo’r berib rassom bo’lishga yoki matematikani yaxshi bilmasa ham texnika
ta`lim muassasalariga kirishga harakat qiladi.
Afsuski, bunday holda kam emas. Ana shunday yoshlar turmushda omadsizlarni,
notavon xodimlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
6. O’quvchilarning bu yoki bu kasbga zid bo’lgan o’z jismoniy xususiyatlari va
nuqsonlarini nazar-pisand qilmaslik. Masalan, mayda ish (soat zavodida, aniq asboblar
zavodida va shu kabi joylarda) bilan bog`liq kasblar uchun ko’rish organining zaifligi,
transportda ishlash uchun to’g`ri kelmaydigan daltonizm xastaligi, o’smir geolog
bo’lishni xoxolasa ham lekin yuragining zaif bo’lishi, radiolokatsiyada ishlashni
tanlagan yoshlarning eshitish borasidagi kamchiligi, dengizda suzish va erdagi
transportning ba`zi turlarini va shu kabilar ana shunday kamchiliklar jumlasidandir.
O’smirlar o’zlari tanlagan kasblarga to’g`ri kelmaydigan bu nuqsonlarini bilmasliklari
oqibatida mos bo’lmagan kasblar bo’yicha ishga yoki tegishli o’quv yurtlariga qabul
qilmaganlarida juda ham xafa bo’ladilar, tushkunlikka tushadilar.
7. O’rtoqlarining ta`siri bilan kasb tanlash. O’quvchi o’z istaklarini ro’yobga
chiqarishni o’ylab ham ko’rmagan bir paytda uning sinfdosh o’rtoqlari kasb tanlash
haqida fikr yuritadilar. O’quvchi bunda o’rtoqlaridan ajralib qolishni xohlamaydi,
chunki ularning orzulari yorqin, jozibalidir. SHu tariqa ―men ular bilan birga bo’laman,
chunki menga baribir‖ deydi. Keyinchalik esa u qiynala boshlaydi, azob chekadi:
noto’g`ri kasb tanlaganiga pushaymon bo’ladi, o’zini qiziqtirmagan, o’ziga yoqmagan
kasbda ishlayotganidan xafa bo’ladi.
84
8. Tasodifiy sabablar ta`siri ostida kasb tanlash. Ba`zi o’smir mexanika zavodi
xonadonimizga yaqin bo’lgani uchun slesar bo’lib ishga kirdim, deydi. Ammo o’zi bu
kasbni uncha yoqtirmaydi. Pedagogika kasb-hunar kollejiga kirishga tanlov uncha
katta bo’lmaganligi uchun o’sha bilim dargohida o’qishga o’qishga qaror qildim,
deyishadi ayrim yoshlar. Biroq ular o’qituvchi bo’lishni hayoliga ham keltirmagan
bo’ladilar. Ba`zi yigit yoki qiz; laborant bo’lib ishga kirdim, chunki tanishlarim
yordam qildi, deyishadi. Lekin bu ishning o’ziga manzur bo’lish-balmasligini sira ham
o’ylashmaydi.
O’smirlarning etarli darajada tajribaga ega bo’lmaganliklari va katta yoshdagi
kishilarning durust, malakali yordam bermaganliklari oqibatida kasb tanlashdagi
bunday xatorlari oldini qanday qilib olish mumkin?
Bunga faqat bir xil javob berish mumkin: bu borada katta yoshdagi kishilar bir
maqsadga qaratib, mutassil, malakali yordam berishlari kerak. O’smirlar esa ana shu
yordamga tayanib, kelgusidagi hayot yo’li to’g`risidagi masalani mustaqil hal qilishari
lozim. Ommaviy maktab sharoitida ana shunday yordamni tashkil qilib, uning
quyidagi asosiy vazifalarini nazarda tutish kerak.
- V-IX sinflarning o’quvchilarida kasb tanlash masalasiga jiddiy va mas`uliyatli
munosabatda bo’lishni tarbiyalash;
- o’smirlarning qiziqishlari va qobiliyatlarini, fiziologik va psixologik
xususiyatlarini hamda imkoniyatlarini o’rganish, har bir o’quvchi o’z hayotini
bag`ishlashni istaydigan faoliyat sohasini belgilab olishida unga yordamlashish;
- V-IX sinflarning o’quvchilari ana shu sinflarda to’rt yil mobaynida ta`lim olgan
chog`larida ularni xalq xo’jaligimizning asosiy kasblari bilan asta-sekin tanishtirish,
ularda asosiy kasblarning sohibi bo’lgan odamlar faoliyatining xususiyatlari
to’g`risida to’g`ri tasavvurlarni shakllantirish, hozirgi vaqtda davlat, viloyat, nohiya
g`oyat muhtoj bo’lgan ommaviy kasblarga katta qiziqish uyg`otish lozim. Buning
uchun har bir o’quvchining qiziqtiradigan kasb bilan chuqur tanishtirish, tanlab
olinadigan mehnat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo’lgan malaka va
xislatlarni hosil qilish, shu kasbga barqaror qiziqishni tanlagan faoliyatga o’xshash
85
bo’lgan ishda o’z imkoniyatlarini maktabdayoq tekshirib ko’rish istagini tarbiyalash
yuzasidan puxta ishlashni tashkil qilish zarur.
Korxona va tashkilotlar, jamoa xo’jaliklari va davlat xo’jaliklari mustaqil
iqtisodiy munosabatlarni o’tishi va ularni mulkchilikning muayyan turi tashkil qilinishi
hamda ishning boshqa shakllar joriy etilishi tufayli kasbga yo’naltirish muammolariga
munosabatlarni o’zgartirish to’g`risidagi masala ham ko’ndalang bo’lib qolyapti.
SHunga muvofiq tarzda kasbga yo’naltirish vazifasi va V-IX sinflarda o’quvchilarni
kasb tanlashga tayyorlash ishi ham boshqacha tashkil etilishi lozim. Bunda barcha
o’quvchilar kasblar bilar keng va puxta tanishtirilishi, qobiliyatlari va jismoniy
imkoniyatlariga muvofiq ularning muayyan faoliyat turiga bo’lgan barqaror
qiziqishlarini aniqlash, kasbga oid guruh tarzida va yakka tartibda maslahatlar
o’tkazish, IX sinfni tamomlagandan keyin maxsus o’quv yurtlariga o’qishga kirishni
xohlovchi yoshlarning o’quv yurtlarini tanlashida ko’maklashish lozim.
X-XI sinflarda kasbga yo’naltirish ishi davom etadi, chuqurlashtiriladi va tobora
ko’proq tabaqalashtiriladi.
YAngi iqtisodiy tafakkur hukm surgan hozirgi sharoitda kasbga yo’naltirishida
tarbiyaviy yondashuvning asosiy xususiyatini va bu sohada olib borilayotgan ishni
umuman shaxsni shakllantirish ishini bir qismi, deb hisoblash kerak. Darhaqiqat kasb
tanlash real voqelikdan ajralgan tasodifiy faoliyat emas. Yigit va qizning qanday
qarorga kelishi va ular bu qarorni qanday qabul qilishi ko’pgina omillarga:
damiyatning kadrlarga bo’lgan talab-ehtiyojlari muhimligiga, mazkur joyga ish
kuchiga bo’lgan talablarga va ish sharoitlariga, xalq xo’jaligi uchun mutaxassislar
tayyorlaydigan o’quv yurtlarining mavjudligiga va ular tanlovlarning kattaligiga
bog`liq. O’quvchilar aloqada bo’lmayotgan odamlarning ta`siri ham katta ahamiyatga
egadir. O’smirlarning hayot yo’lini belgilab berishda ota-onalarining roli naqadar katta
ekanligi hammaga ma`lum. Ko’pincha o’quvchilar u yoki bu ishga do’stlari, o’rtoqlari,
qarindosh-urug`lari, tanish-bilishlarning maslahati bila ukiradilar. Bu borada
maktabning ta`siri ham kam emas. Nihoyat o’quvchilardan so’rash ko’rsatganidek, bu
sohada ijtimoiy axborot vositalari: vaqtli matbuot, radio, televedinie, adabiyot katta rol
o’ynaydi.
|