117
Ilova
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA O’QUVCHI-YOSHLARNI
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH
KONTSEPTSIYASI
2
O’zbekiston Respublikasida o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish
tizimini rivojlaitirish Kontseptsiyasi O’zbekistoi Respublikasida yuz berayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning qabul qilinishi
o’quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga yo’naltirish tizimnin rivojlantirish va
takomillashtirish vazifalarini qo’ymoqda. Kasb-hunarga yo’naltirish tizimnin
takomillashtirish – ish o’rinlarini bo’shab qolish jarayonlari jadallashayotgan va
ishchilarning malakalariga qo’yiladigai sifat talablari oshib borayotgan bozor
iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Aholininig ratsioial va
samarali bandligini ta`minlashda kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy o’rni shundan
iboratki, yoshlar va aholi tomonidai kasbning ongli va ilmiy asoslangai holda tanlovi
ularning kelgusi mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishishiga zamin yaratadi,
iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarlarga bo’lgai mavjud ehtiyojlarni hisobga olgai
holda mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi hamda insonlarning ish qidirish, ta`lim
va kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi zo’riqish holatlarining oldini olishga yordam
beradi.
Kontseptsiyaga O’zbekiston Respublikasining "Ta`lim to’g`risida"gi Qonuni,
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, "Xalqaro mehnat tashkilotninig Nizomlari,
2
Ўзбекистон Республикасида ўқувчи-ёшларни касб-ҳунарга йўналтириш тизимини ривожлантириш
концепцияси. «Мактаб ва ҳаёт» журналига илова. 13 (021) – нашр. –Тошкент, 2002.
118
Konventsiyalari va takliflari, bir qator boshqa me`yoriy hujjatlar, shuningdek,
rivojlangan mamlakatlarning ushbu sohadagi ishlarining amaliy tajribalari asos qilib
olindi.
1. Kasb-hunarga yo’naltirishning holati va muammolari.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik
respublika tashxis markazi va viloyat, tuman, shahar Xalq ta`limi boshqarma va
bo’limlarida faoliyat ko’rsatayottan hududiy tashxis Markazlari tomonidai
bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarga kasblar olamidagi dastlabki
tushunchalar, boshlang`ich mehnat ko’nikmalari o’yiilar orqali beriladi.
Umumiy o’rta ta`lim maktablarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlari 1-9 sinflarda
uzluksiz tarzda o’quvchilarga tizimlashtirilgai kasbiy axborotlar va kasbiy maslahatlar
berish, shaxsning psixologik-pedagogik tashxisi asosida amalga oshiriladi. Bu
jarayonin kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislar, psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari
va
sinf
rahbarlari
amalga
oshiradilar.
Kasb-hunarga
yo’naltirish va
psixologik-pedagogik hududiy tashxis Markazlari bu ishlarii muvofiqlashtiradi hamda
metodik jihatdan rahbarlik qiladi. Har bir umumiy o’rta ta`lim maktablarida har yili
tuziladigai va maktab direktori rahbarlik qiladigai kasb-hunarga yo’naltirish
komissiyalari faoliyat ko’rsatadilar. Komissiya bitiruvchilar tanlagan akademik litsey
va kasb-hunar kollejlarninig tayyorlov yo’nalishlariga yakuniy xulosalar asosida
tavsiyanomalar beradi. Kasb- hunarga yo’naltirishning ayrim elementlari o’rta maxsus,
kasb-hunar va oliy ta`lim muassasalarida, mehnat va aholining ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligninig bo’linmalarida, mudofaa vazirligi va oliy ta`limdai keyiigi ta`lim
muassasalarida ham amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda bugungi kunda kasbga yuyaltirishning bir butun yaxlit tizimi
to’liq shakllanmagan. Buning sababi quyidagi muammo va kamchiliklarning
mavjudligidadir. Maktablarda oxirgi yillarda chuqurlashtirilgan mehnat ta`limi va
kasb-hunarga yo’naltirishning o’quv ishlab chiqrish negizining keskin kamayish
holatlari kuzatilmoqda, ishlab chiqarish korxonalari ta`lim muassasalarining
119
o’quv-moddiy negizini rivojlantirish va takomillashtirishda o’z yordamlarini deyarli
to’xtatib qo’ydilar. Aksariyat umumiy urta ta`lim maktablarida zamonaviy talablar
asosida jihozlangan kasb-hunarga yo’naltirish xonalari yo’q, psixologik- pedagogik
tashxis, kasbiy maslahat ishlarini o’tkazishda tashkiliy ishlar, axborot va kadrlar
ta`minoti etarli emas. O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari tarmoqlarining
shakllanib borishi bilan bir qatorda kasb- hunarga yo’naltirish ishlarining
samaradorligini va o’quvchilarning kasbiy qiziqishlari va moyilliklarini aniqlashga
bo’lgan talablar ham ortayottan bir paytda ixtisoslashtirilgan mehnat ta`limi darslarini
tashkil etishda o’quvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinmayapti va
ularning kasbiy yo’nalganliklari psixologik jihatdan etarlicha asoslanmayotir.
Kasb-hunarga yunaltirish hududiy markazlariga va umumiy o’rta ta`lim maktablariga
asosiy ma`lumoti to’g`ri keladigan va amaliy ish tajribalari etarli bo’lgan kadrlarni
tanlab olishda qiyinchiliklar mavjud. O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimida
o’quvchilarni moyillik va qiziqishlari bo’yicha qabuldan tanlov asosidagi qabulga
o’tildi (asosan akademik litseylarda) yoki aksincha nufuzli bo’lmagan tayyorlov
yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlariga yoppasiga qabul qilish hollari uchramoqda. Oliy
o’quv yurtlariga esa abiturientlar test – sinovlari asosida shaxsiy xususiyat va
qobiliyatlari o’rganilmasdan qabul qilinadi. Xalq xo’jaligi majmuasi tarmoqlaridagi
tarkibiy va kasbiy – malaka o’zgarishlari to’g`risidagi axborotlarning o’z vaqtida
yig`ilmasligi hamda ularning to’liq emasligi kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining
samarasini pasaytirmoqda. Mulkchilik shakli turlicha bo’lgan ko’pgina korxonalar,
o’quv yurtlari va bandlik xizmatlari kasb–hunarga yo’naltirish ishlari bo’yicha
hamkorlikka etarlicha e`tibor bermayotirlar. Balog`at yoshidagi ish bilan band va band
bo’lmagan aholi qatlamlarini kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining asosiy yo’nalishlari
mehnat
va
aholini
ijtimoiy
muhofaza
qilish
vazirligi
tomonidan
qo’llab-quvvatlanmog`i lozim bo’lgani holda hozirgi kunda aholining bu qatlamini
kasb-hunarga yo’naltirish ishlari tashkiliy va moliyaviy jihatdan qo’llab
quvvatlanmayapti. Mehnatga yaroqliligi cheklangan aholi qatlamlarini kasb-hunarga
yo’naltirish ishlarini tashkil etish davlat ahamiyati darajasiga ko’tarilgan emas. Kasb-
hunarga yo’naltirish borasidagi ishlarni amalga oshiruvchi kasb-hunarga yo’naltirish
120
Markazlari, umumiy o’rta ta`lim maktablari, yoshlar ijtimoiy harakati, o’rta maxsus,
kasb-hunar ta`limi hamda oliy o’quv yurtlari, bandlik xizmatining tegishli davlat
tuzilmalari, mulkchilik shaklidan qatiy nazar korxona va muassasalar o’rtasidagi
hamkorlik bugungi kun talablariga javob bermaydi va bu faoliyat me`yoriy-huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solingan emas. YUqoridagilar kasb-hunarga yunaltirishniig bir
butun tizimini shakllantirish va rivojlantipish lozimligini taqozo kiladi.
|