121
bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb-hunarga yo’naltirishda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish
va prognoz qilish orqali
jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
- shaxsni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli,
uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
- O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa davlat fuqarolarining
o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat`iy nazar
kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlaridan foydalanishga teng huquqligi;
- kasb tanlash yoki almashtirish, ta`lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga
nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
- umumiy o’rta ta`lim maktab o’quvchilariga
psixologik-pedagogik va
kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlarini ko’rsatishning majburiyligi va bepulligi,
aholining boshqa guruhlariga davlat darajasida kafolatlangan kasbiy tashxis va
maslahat berishning ixtieriyligi;
- kasbiy tanlov, tashhis va maslahat xulosalarining ob`ektivligi,
maxfiyligi va
tavsiyaviy xarakterda ekanligi;
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining asosiy ob`ekti:
umumiy o’rta ta`lim maktablarining 1 – 9 sinf o’quvchilari;
oliy o’quv yurtlari talabalari va o’rta maxsus, kasb – hunar ta`limi
muassasalarining o’quvchilari;
band bo’lmagan aholining turli guruhlari;
ishdan bo’shashi kutilayotganlar;
ish qobiliyati cheklangan shaxslar.