125
egaligini tushunib etishi, qadriyatlar to’g`risidagi o’z tasavvurlarini, faoliyat sohasini
tanlashning jamiyat maqsadlari bilan qiyoslay olishini shakllantirish davri;
Beshinchi bosqich (akademik litsey va kasb – hunar kollejlarining birinchi kurs
o’quvchilari) – ijtimoiy-kasbiy
maqomni aniqlash, ya`ni aniq bir mehnat faoliyati
sohasidagi bilim na ko’nikmalar haqida har taraflama
tasavvurlarni shakllantirish,
ularni o’zlashtirinna kirishish, ishlab chiqarish mehnat jamoasining tartib – qoida va
qadriyatlariga qo’shilishni shakllantirish davri;
Oltinchi bosqich (kasb-hunar kollejlarining oxirgi kurs o’quvchilari, oliy o’quv
yurtlari talabalari) – kasbiy faoliyatta kirishish. Bu kasbiy faoliyatta jiddiy tayyorgarlik
hamda mehnat jamoasidagi ish va tajribaning shakllanish davri.
Ettinchi bosqich (katta yoshdagi mehnat bilan band bo’lgan odamlar, ishsizlar) –
shaxsiy imkoniyatlar va oldingi kasbiy-ijtimoiy tajribalarni hisobga olgan holda,
zarurat bo’lganda boshqa kasbiy faoliyatga qayta yo’naltirish.