69
A) fizik
B) kimyoviy
C) tadbirkorlik
D) matematik
§ 6. KASBLARGA QO’YILADIGAN PSIXOFIZIOLOGIK
TALABLAR
O’quvchilarni o’rganilayotgan kasbga qiziqishini
shakllantirish jarayonida
ularning e`tiborliligi va berilishini ifodalaydigan materiallarni tavsiflaydigan xolatlar
quyidagicha:
70
1. O’quvchilarda demontaj – montaj ishlarini bajarish, o’lchash, tahlil qilish,
izlash, minimal qo’yimlarni taqozo etadigan aniq bo’g`imlarni tayyorlash orqali
e`tiborlilik shakllanishini ta`minlaydigan ishlar;
2. O’quvchilarda nazorat topshiriqlari,
planshetlar, hisoblash mazmunini
o’rganish orqali, detallar, uzellar va mexanizmlarning sxemalari, chizmalari, jadvallari
va konstrutsiyalarini o’rganish orqali belgilashni ta`minlaydigan ishlar.
O’quvchilarda
o’rganilayotgan
kasbiga
qiziqishini
shakllantirishni
ta`minlaydigan
intellektual
komponentning
tarkibiy
qismlarini
aniqlashda
quyidagilarga alohida e`tibor berish lozim:
Analiz va sintez;
Diqqat va kuzatuvchanlik;
Ajratish va umumlashtirish;
Klassifikatsiyalash va isbotlash.
Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablarni umumiy holatini izohlash
uchun:
1. YOshlar tegishli kasbiy niyatlarini shakllantirish metodlarini ishlab chiqish;
2. Kasbiy qobiliyatlar va kasbga layoqatni shakllantirish metodlarini ishlab
chiqish.
3. Turli kasblarning ijtimoiy mavqeini tenglashtirish metodlarini va yo’llarini
ishlab chiqish.
4. Mehnat resurslarini taqsimlash va ularning muhim joylashib qolishi
jarayonini iqtisodiy va ma`naviy tartibga solib turish omillarini ishlab chiqish.
5. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
sohalarining yoshlar uchun
jozibali bo’lishini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish.
6. Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga ommaviy tarbiya vositalari
ta`siri samaradorligini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish.
7. Umumiy ta`lim maktabining oila va ishlab chiqarish bilan hamkorlikda
kasbga yo’naltirish va kasbiy maslaxat bo’yicha olib boradigan ishlari tizimini
belgilashda ―xohlayman‖, ―uddalayman‖ hamda engil sanoat sohasi tarmoqlariga xos
ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish jarayonida o’quvchilarni mazkur sohaga xos
71
kasblarni tanlashga yo’naltirish asoslarini mukammal o’zlashtirishni ta`minlash zarur.
Bu borada kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislarni o’qitish va tarbiyalash
muammolari haligacha to’la bartaraf etilmagan. Maktablarda o’qiyotgan yigit va
qizlarga davlat alohida g`amho’rlik ko’rsatadi. SHu sababli korxona ularga zarur kasb
tayyorgarligi va tarbiya berishni ta`minlashga da`vat etilgan. Tarbiyaviy ishlar –
umumiy ta`lim maktabida olib borilgan ishlarning davomidir.
YOshlarni kasbga
tayyorlash jarayoni, mehnatga munosabatini tarbiyalash, amaliy ko’nikma va
malakalarni shakllantirish, o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish va
shakllantirish ishlarini o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoshlar tarbiyasiga yangi muhit –
mehnat va ishlab
chiqarish jamoasi katta ta`sir ko’rsatadi. YOshlar ishchi jamoaning an`analari bilan
tanishadi, uning manfaatlarini o’z manfaati deb tushunadi va o’z mehnat faoliyatining
ijtimoiy ahamiyatini anglay boshlaydi.
Hunar ta`limi yagona tarbiyaviy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Boshlang`ich ishlab chiqarish jamoalari doirasida o’quv-tarbiya jarayonlari ko’pincha
bir kishi – o’rta bo’g`in ishlab chiqarish jamoaning muhandis – pedagog tomonidan
amalga oshiriladi. Ayni shu muhandis – pedagog ishlab chiqarish jamoaga doimiy va
uzluksiz pedagogik ta`sir ko’rsatadi. SHuningdek, bu jamoaning ayrim a`zolari
korxonadagi kasb-hunar ta`limi tizimining turli zvenolaridagi tegishli o’quv
gruppalariga jalb qilinadilar.
Pedagog olimlarga ishchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi, ularning
ishlab chiqarish malakasi darajasi,
umumiy va mehnat madaniyati, jamoa kasbiy
faoliyat jarayonida o’quvchilar o’rtasida shakllanadigan munosabatlar, jamoa
foydalanadigan ma`naviy va moddiy rag`batlar kiradi.
SHaxsiy-psixologik omillarga esa e`tiqod ehtiyoji, moyillik, odatlar, ma`lum bir
faoliyatning biror turini tanlash masalalari kiradi. Inson ongini o’rganishda shaxsning
aniq vaziyatdagi, aniq
maqsadi pedagogik-psixologik, kasbiy, texnik-texnologik
foliyatining asosiy maqsadi yoshlarda faqat moddiy boyliklar yaratish malakasini
tarbiyalash emas, balki mehnat qilish ehtiyojini ham tarkib toptirishdir. Kasbiy
yo’naltirish va tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun o’qituvchi yuksak
72
g`oyaviy, printsipial, siyosiy etuk va ma`naviy barqaror inson bo’lishi shart.
O’zining ishchi – o’quvchilarini
bilish va hurmatlash, doimo ularning har
tomonlama kamol topishi uchun qayg`urish, ehtiyoj va qiziqishlarini tushunish, har
biriga yakka holda yondoshish kasbga yo’naltirish, pedagogik mahorat, o’z ustida
uzluksiz
ijodiy ishlash, o’z bilimlarini takomillashtirib borish, yuksak saviyaga
erishishi muhim ahamiyatga ega.
Kasb tanlashda yoshlarga yordam berish maqsadida mutaxassislar (psixologlar,
vrachlar, pedagoglar va boshqalar)ning maslahatlari va tavsiyalari asosiy omillardan
biri bo’lib xizmat qiladi. Bizning mamlakatimizda ham shahar, tumanlarda yoshlarni
kasb tanlashga yo’llovchi Tashxis Markazlari ishlab turibdi. Kasblar bo’yicha
maslahat berishning bir necha xillari mavjud bo’lib ular bir biridan farq qiladi.