• Jumayev Mamanazar Ergashevich
  • Kalit so’zlar
  • Boshlang’ich sinflarda geometrik materiallarni o’qitish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy ko’nikmalarini shakllantirish metodikasi




    Download 251,49 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana23.05.2024
    Hajmi251,49 Kb.
    #251029
      1   2
    Bog'liq
    Jumayev Mamanazar Ergashevich



    BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIK MATERIALLARNI 
    O’QITISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING MANTIQIY 
    KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.6575617 
    Jumayev Mamanazar Ergashevich 
    Toshkent davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti 
    Boshlang'ich ta'limda Matematika va uni o'qitish metodikasi kafedrasi 
    professori, pedagogika fanlari nomzodi 
    Aliyarova Maftuna Axmad qizi 
    Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ta’lim-tarbiya nazariyasi 
    va metodikasi(boshlang’ich ta’lim) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti 
     
    Annotatsiya:
    Ushbu maqolada boshlang’ich sinflar kesimida 
    o’quvchilarni bosqichma-bosqich geometrik shakllar bilan tanishtirish, 
    ularning mohiyatini turli top
    shiriqlar orqali ochib berish haqida so’z 
    yuritilgan. 
    Kalit so’zlar:
    geometrik bilim, mantiqiy tafakkur, geometrik figuralar, 
    texnologiya, o’qituvchining vazifasi, yassi geometric shakllar, fazoviy 
    jismlar. 
     
    Boshlang’ich sinflarda ishlash tajribasi shuni ko’rsatadiki, geometrik 
    bilim, ko’nikma, malaka borasida o’quvchilarda tipik xatolar uchrab turadi. 
    Kichik yoshdagi o’quvchilar geometrik bilimlari sifati takomillashtirishga 
    muhtoj. Lekin buning amalga oshishi uchun hamma narsadan ham avval 
    yaxshi 
    tayyorlangan o’qituvchi kerak. O’qituvchining vazifasi – dars 
    jarayonida turli ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda, mavzu 
    mazmunini o’quvchining yosh xususiyatlariga mos holda tushuntirib berish. 
    Bundan tashqari, geometrik jihatdan savodli o’qituvchi boshlang’ich 
    matematika kursida yangi geometrik mazmun kiritish sharoitida juda ham 
    keraklidir. Bu holat, ayniqsa, bugun har qachongidan ham muhim. Bola 
    geometrik jihatdan to’g’ri fikrlab, darsda uni ifodalab bera olishi shart. 
    Geometrik materialni o’rgatishning asosiy maqsadi geometrik figuralar, 
    ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi 
    munosabatlar haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning 
    to’la tizimini tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar haqidagi fazoviy 
    tasavvurlar geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari 
    yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashning amaliy 
    malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; 
    o’quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. O’quvchilar 
    matematika darslarida geometrik shakllar bilan tanishib borar ekanlar, 


    ularning mantiqiy tafakkuri ortib boradi. Nimagaki, bolalar darsdan so’ng 
    atrofdagi buyumlar, narsalarning shakli bilan yanada ko’proq qiziqadilar. 
    Endi ular dars jarayonida ham o’qituvchiga qo’shimcha savollar bera 
    boshlaydilar: “ustoz, quyosh, oy, yulduzlarning rangini nima deb ataymiz?” 
    “nima uchun yarim aylana deb aytamiz?” kabi. Bunda o’qituvchining eng 
    muhim vazifasi o’quvchining savoliga to’g’ri va mantiqli javob berishdir. 
    Chunki, savol o’qituvchining darsga qiziqishini ifodalaydigan belgidir. 
    Savoliga kerakli javobni olgan o’quvchi uyga borib yana atrofni kuzatadi va 
    o’ziga mavhum, tushunarsiz bo’lgan shakllarning mohiyatini ustozidan 
    so’rab, bilib olishni niyat qilib qo’yadi. Matematika darsida olingan bilimlari 
    texnologiya darsida yanada mustahkamlanadi, sababi, xuddi shu 
    geometrik shakllar orqali turli narsalar yasaladi (qog’ozdan hayvonlar, 
    qushlar shaklini, plastilindan sha
    kllarning o’zini yasash topshiriqlari 
    beriladi). O’quvchilar to’g’ri to’rtburchak va kvadratni yanada aniq 
    farqlashni o’rganadilar. 
    Geometrik materialni o‘rgatish vazifalarini hisobga olgan holda 
    o‘qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak. Bular geometrik 
    figuralarning rangli kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan 
    demonstratsion, butun sinf uchun mo‘ljallangan modellari, figuralar 
    tasvirlangan plakatlar, doskadagi chizmalar, diapozitivlar, diafilmlardan 
    iborat. Bundan tashqari, indivi
    dual ko‘rgazmalar ham kerak bo‘ladi. Bular 
    qog‘oz poloskalar ko‘rinishidagi tarqatma materiallar, figuralar modellari, 
    qog‘oz va kartondan qirqilgan har xil uzunlikdagi cho‘plar va boshqa 
    narsalar bo‘lishi mumkin. Ayrim mavzularni o‘rganishda o‘quvchilar bilan 
    birgalikda qo‘lda ko‘rgazma-qo‘llanmalar tayyorlash foydali, bular to‘g‘ri, 
    o’tkir, o’tmas burchak modeli, ko‘pburchaklar modellari (shu jumladan 
    to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlar ham) va boshqa narsalardan iborat. 
    Doskada chizmalarni bajarish uch
    un chizmachilik o‘lchash asboblari 
    to’plami, chizg‘ich, chizmachilik sirkuli albatta sinfda mavjud bo‘lishi kerak. 
    Shunday asboblar har bir o‘quvchida ham bo‘lishi kerak. 
    Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, to‘g‘ri chiziq, nur, egri 
    chiziq, kesmalarni bir-
    biridan farqlash o’rgatiladi. 1-sinf Matematika darsligi 
    (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 
    160 b.) da 3-
    bob “Geometrik shakllar” deb nomlangan. 20 soatga 
    mo’ljallangan ushbu bob o’qituvchi tomonidan mukammal tushuntirilsa, 
    o’quvchi sodda geometrik shakllar bo’yicha beriladigan savollarga javob 
    berib, qanday chizish, yasashni ko’rsata oladi. Mashqlarni bajarish asosida 
    o‘quvchilar to‘g‘ri va egri chiziqlarning ba‘zi xossalari bilan tanishadilar. 
    Masalan. bol
    alar nuqtadan chiziqlar o‘tkazish bo‘yicha mashq qilib, bir 
    nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri chiziq o‘tkazishlari mumkin, ikki 
    nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri chiziq o‘tkazish mumkin 
    degan xulosaga keladilar. Kesma bilan ham o‘quvchilar amaliy tanishadilar. 


    Agar to‘g‘ri chiziqqa ikkita nuqda qo‘yilsa, to‘g‘ri chiziqning chegarasi shu 
    nuqdalardan iborat qismi to‘g‘ri chiziqchalar kesmasi yoki qisqacha kesma 
    deyiladi. Kesmaning chegaralarini chiziqchalar (shtrixlar) bilan belgilash 
    ham mumkin. 
    O‘qituvchi qog‘ozdan qilingan har xil ko‘rinishdagi, har xil rangdagi va 
    har xil kattalikdagi uchburchaklardan foydalanib, bolalarni uchburchak bilan 
    tanishtiradi. Tanishtirishni o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan metodik 
    qo‘llanmada tavsiya etilganidek amalga oshirish mumkin: «Bular 
    uchburchaklar. Bu figuralar bir-biridan farq qilsa ham, ularning hammasi bir 
    xilda «uchburchaklar» deb ataladi. Kim aytadi, nega bu figura ham (katta 
    uchburchakni ko‘rsatadi) va bu figura ham (kichkina to‘g‘ri burchakli 
    uchburchakni ko‘rsatadi) uchburchak deyiladi?» (chunki bularning 
    uchtadan burchagi bor.) O‘qituvchi ko‘rsatib turib gapiradi: «Bu 
    uchburchakning tomoni, bu uchburchakning uchi. Uchburchakning nechta 
    tomoni bor, nechta uchi bor?» Shundan keyin o‘quvchilarning o‘zlari 
    ixtiyorlaridagi 
    uchburchak 
    modellarida 
    uchburchak 
    elementlarini 
    ajratishadi. Bunda o‘quvchilar uch bu nuqta ekanini, tomon esa kesma 
    chiziqni aniq tushunib olishlari muhimdir. 
    Uchburchakning yana bitta elementi 
    — burchakni ajratishda uni 
    ko‘rsatish bilan bir qatorda (ko‘rsatkichning bir uchini uchburchak uchiga 
    qo‘yib, uni burchakning bir tomonidan ikkinchi tomonigacha surib boriladi), 
    hosil qilish ham o’rgatiladi. Shundan keyin bolalarni to‘rtburchaklar, 
    beshburchaklar va oltiburchaklar bilan tanishtirish mumkin. Bolalarni 
    to‘rtburchaklar va beshburchaklar bilan tanishtirishda ularning belgilarini 
    ajratishga doir, ikki yoki undan ortiq figuralarni taqqoslashga doir, berilgan 
    belgilar bo‘yicha figuralarni bilishga doir bir qator mashqlarni bajarishda 
    figuralar modellaridan foydalanish mumkin. Geometrik figuralarning 
    modellari yordamida figuralarni qismlarga ajratish va
     
    qismlardan yangi 
    figuralar tuzishga doir (applikatsiyalar yasashga doir), naqshlar tuzishga 
    doir ma
    salalar bilan bog‘liq bo‘lgan har xil topshiriqlarni bajarish mumkin. 
    Bunday mashqlar bolalarning geometrik tasavvurlarini boyitadi, geometrik 
    sezgirlikni, fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishga imkon beradi. 
    2-
    sinf matematika darsligi (L. O’rinboyeva va boshq. Toshkent: 
    Respublika ta’lim markazi, 2021. – 192 b.) da esa turli materiallardan yassi 
    geometrik shakllar, sodda fazoviy shakllarni yasash, sodda shakllardan 
    murakkab geometrik shakllarni hosil qilishni, to’g’ri to’rtburchak va 
    kvadratni farqlashni, 
    ularning perimetri, yuzasini topishni o’rganadilar. 
    Ko’pburchak va uning perimetri, fazoviy geometrik shakllar, ularning 
    yasalishi bilan tanishadilar. 3-sinf darsligi orqali sodda geometrik 
    shakllar(kesma, nur, to’g’ri, egri chiziq, parallel va perpendikulyar chiziqlar, 
    simmetriya o’qi) ning ta’rifini o’rganadilar, uchburchaklar qaysi belgisiga 
    ko’ra teng yonli, teng tomonli va turli tomonli bo’lishini o’qib, bilib oladilar. 


    Kesma, doira, uchburchak, ko’pburchaklarni teng bo’laklarga bo’lish 
    topshir
    ig’i orqali ularda ko’zda chamalash ko’nikmasi rivojlantiriladi. 
    Butunni teng qismlarga bo’lish topshirig’i bolalarni geometrik shakllarni 
    o’lchashni aniq bajarishga undaydi. 4-sinfda bolalar avvalgi sinflardagi 
    geometrik bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. Darslikda geometrik 
    shakllar geometrik jismlar va yassi shakllarga ajratib ko’rsatiladi, ko’pyoq, 
    uning xossalari, parallelepiped va kubning ta’rifi keltirilgan, murakkab 
    shaklda uchburchak va to’rtbrchaklar nechtadan ekanligini aniqlashga 
    qaratilgan topshiriqlar mavjud. 
    Bir xil ko‘pburchaklarning o‘zidan (bir qancha kvadratlar, to‘g‘ri 
    to‘rtburchaklardan, trapetsiyalardan, uchburchaklardan va boshqa 
    figuralardan) bir vaqtning o‘zida har xil predmetlar, yani uychalar, archa, 
    parovoz, qayiqcha, odamcha va hokazo predmetlarni tuzishni talab 
    qiladigan mashqlarni ham bolalar katta qiziqish bilan bajaradilar. 
    Yuqoridagi mashqlarning barchasi o’quvchilarda geometrik bilimlar nafaqat 
    matematika fanida, balki hayotda ham katta ahamiyat kasb etishi haqidagi 
    tasavvurni hosil qilishi kerak. 

    Download 251,49 Kb.
      1   2




    Download 251,49 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshlang’ich sinflarda geometrik materiallarni o’qitish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy ko’nikmalarini shakllantirish metodikasi

    Download 251,49 Kb.
    Pdf ko'rish