(motor rejimida) o‘rniga
ikki yoki m fazali qo‘zg‘atish chulg‘ami joylashtiriladi. Quyida ikki fazali, chulg'ami bo‘Igan noayon va ayon qutbli rotorning tuzilishini ko‘rib o'tamiz. Bo'ylama va ko‘ndalang o'qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan
sinxron mashinaning rotori noayon qutbli bo‘lsa, simmetrik ikki fazali qo‘zg‘atish chulg‘ami rotor pazlariga xuddi yakor chulg‘ami yoki faza rotorli asinxron motorning rotor chulg'ami kabi o‘ralgan bo‘ladi. Agar ikki chulg‘am «ax» va «by» lar har xil bo‘lsa, ya’ni nosimmetrik bo‘lsa, ular har xil hajmni egallaydi. 25.1,<7-rasmda «ax» chulg‘am umumiy pazlarning 3/4 qismini, “by” chulg‘am esa 1/4 qismini egallagan bir qatlamli noayon qutbli rotorning chulg‘amlari ko‘rsatilgan.
Noayon qutbli bo‘ylama va ko‘ndalang o'qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinalarda bo‘ylama o‘qi «ax» qo‘zg‘atish chulg‘amining o‘qi bo‘yicha yo'nalgan bo‘lib, uning musbat yo‘nalishi «ax» chulg‘amning magnit oqimi bilan bir xilda yo‘nalgan bo‘ladi. Ko‘ndalang o‘q “q” esa «by» qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘qi bo‘yicha yo'nalgan boMadi. Shu sababli «ax» qo‘zg‘atish chulg‘amini —
bo'ylama, «by» qo‘zg‘atish chulg‘amini esa
ko'ndalang qo'zgfatish chulgamlari deyiladi.
Bo‘ylama-ko‘ndalang o'qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinaning
rotori ayon qutbli boMsa, u holda qo‘zg‘atish chulg‘amlari «ax» va «by» larni bir xil, ya’ni simmetrik qilish mumkin emas.
Asosiy bo‘ylama qo‘zg‘atish chulg‘ami «ax» xuddi oddiy sinxron mashinalardagi qo‘zg‘atish chulg‘ami
kabi joylashtiriladi, qo‘shimcha ko‘ndalang chulg‘ami «by» esa dempferlovchi (motor rejimida “ishga tushiruvchi”) chulg'am o‘rnida joylashtiriladi (25.1,6-rasm) va bu
25.1-rasm. Qo‘zg‘atish chulg'amlari «ax» va «by» harxil bo ‘Igan noayon qutbli rotor(a), dempfer chulg'ami o ‘miga ko ‘ndalang qo ‘zg‘atish chulg‘ami joylashtirilgan 8 qutbli (b) va 4 qutbli (d) ayon qutbli rotorlar (4 qutbli modelda: bo ‘ylama (2) va ko‘nda!ang (3) qo‘zg‘atish chulg‘amlari; 4 va 1 — mos ravishda ularga tegishli kontakt halqalar hamda majburiy va erkin tebranishlar chastotalari w,m,/>w^s boigandagi yuklanish burchagi q ning tebranishlarini rostlash natijalari (e).
chulg'amning MYK asosiy chulg‘am MYK ning 15+20 % ni tashkil etishi mumkin.
Bunday sinxron mashinalarning
ishlash prinsipi oddiy sinxron mashinanikidan farq qilmaydi, faqatgina o‘tish jarayonlar vaqtida ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘ami «by» ishga tushiriladi. Ikkala qo‘zg‘atish chulg‘amiga ham o‘zgarmas tok manbasidan kuchlanish beriladi.
Bu mashinalar motor, generator, sinxron kompensator rejimlarida ishlashi mumkin. Bo‘ylama-ko‘ndalang o'qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinalarning ekspluatatsion
xarakteristikalari magnitlanish o‘qi buriUshi tufayli an'anaviy sinxron mashinalarnikidan afzal bo‘ladi, chunki yakor reaksiyasining ta'siri ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg'ami MYK tomonidan kompensatsiyalanadi.
Natijada, qo'shimcha ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘ami MYK ning ijobiy ta'siri tufayli mashinaning statik va dinamik turg‘unligi oshadi, erkin va majburiy tebranishlar chastotalari tenglashgan holda rezonans hodisalaridagi mashina parametrlarining katta amplituda bilan tebranishlarini (25.1 ,e- rasm) so‘ndirish imkoni tug'iladi'.