• Nazorat savollari
  • -rasm. Quvvat koeffitsientini oshirish uchun sinxron kompensatorning ishlatilishi




    Download 3,86 Mb.
    bet113/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    24.6-rasm. Quvvat koeffitsientini oshirish uchun sinxron kompensatorning ishlatilishi.
    Liniyaning yuklamasi katta boMganda sinxron kompensator kattaroq qo‘zg‘atish toki bilan, yuklama kamayganda esa kichikroq qo‘zg‘atish toki bilan ishlab elektr tarmog‘ining oxirida kuchlanishni UT = const bo‘lishini ta’minlaydi. Bunda qo‘zg‘atish toki avtomatik usulda rostlab turiladi. Demak, sinxron konpensatorlar kuchlanishning o‘zgarmas holda qolishini ta'minlash uchun ham ishlatilar ekan. Bunda tarmoqdan o'tuvchi reaktiv tokning qiymati kamayadi, bu esa quwat isrofini kamaytiradi.
    Sinxron kompensator induktiv (orqada qoluvchi) tokining eng katta qiymati qo‘zg‘atish toki nolga teng bo‘lganga to‘g‘ri keladi, sig‘imiy (oldinda keluvchi) tokining me'yoriy qiymati kompensator aktiv qismlarining qizishi bilan chegaralanadi. Odatda, oldinda keluvchi tokning keyinda keluvchi tokka nisbati 1,5^-2 bo‘ladi. Kompensatorning quwati eng katta oldinda keluvchi tok bilan aniqlanadi. Sinxron kompensatorlarda 0 burchagi nolga yaqin bo‘ladi, rotorlari ayon qutbli, aylanish chastotasi esa 750+1000 ayl/min bo‘ladi.
    Sinxron kompensatorlarda ham sinxron motorlarga o‘xshagan ishga tushirish chulg‘ami bo‘lib, u qutblar uchida joylashgan bo‘ladi va asinxron usulda ishga tushiriladi. Yuklama momenti nolga teng bo‘lgani uchun sinxron kompensatorlarning ishga tushirilishi yengil kechadi.
    Sinxron kompensatorning U-simon xarakteristikasi asosiy ish xarakteristikasi hisoblanadi. Bu xarakteristika sinxron motorning R = 0 dagi U-simon xarakteristikasi kabi bo‘ladi-yu, lekin uning minimum nuqtasidagi tokning aktiv tashkil etuvchisi I 24.3-rasmdagiga nisbatan kamroq bo'ladi. Bunga sabab, rotor konstruksiyasining sinxron motornikidan quyidagilar bilan farqidir, ya'ni: valining yuklama ulash uchun chiqib turadigan qismi bo‘lmasligi, undan tashqari, valning diametri nisbatan kamroq qilib tayyorlanishi; sinxron kompensatordan o‘ta yuklanish qobiliyati talab qilinmaganligidan uning maksimal momenti Mmax ni havo oralig‘ini kamaytirish hisobiga pasaytirilishi
    (bunda xd oshadi), bu esa, qo‘zg‘atish chulg'ami o‘lchamlarini kamaytirishga imkon beradi. Bularning hammasi sinxron kompensator gabaritlarini kamaytirishga olib keladi.
    Sinxron kompensator ishlab chiqaradigan reaktiv quwatining qiymati qo‘zg‘atish tokiga bog‘liq bo‘ladi. Olta qo‘zg‘atish rejimida ishlayotgan kompensator tarmoq kuchlanishidan oldinda keluvchi tok bilan ishlab, tarmoqqa reaktiv quwatni beradi. Chala qo‘zg‘atish rejimida esa esa tarmoq kuchlanishidan orqada qoluvchi tok bilan ishlab, tarmoqdan reaktiv quwatni iste’mol qiladi. Liniyaning quwat koeflitsienti coscp ni oshirish uchun sinxron kompensator o‘ta qo‘zg‘atish rejimida ishlashi kerak. Qo‘zg‘atish toki I shunday rostlanishi kerakki, bunda yakor toki I, tarmoq kuchlanishi Ut dan 90° oldinda kelishi va yuklama toki 1 ning reaktiv tashkil etuvchisi Iyur ga teng bo‘lishi kerak, natijada tarmoq faqat yuklama tokining aktiv tashkil etuvchisi bilan yuklanadi, ya’ni It= I . Tarmoq kuchlanishini UT= const qilib turish uchun, sinxron kompensatorning EYK E0 = Ut bo‘lishi lozim.
    Agar tarmoq kuchlanishi sinxron kompensator ulangan joyda nominal qiymatidan katta, ya’ni Ut >UtN bo‘lsa, u holda sinxron kompensator tarmoqni orqada qoluvchi reaktiv tok bilan yuklaydi. Sinxron kompensatorning quwati katta bo‘lsa, tarmoq kuchlanishining tebranishi 0,5 + 1% dan oshmaydi.
    Sinxron kompensatorlar asosan ayon qutbli mashina bo‘lib, quwati 2,8 MV-A dan 160 MV-A gacha, aylanish chastotasi esa 750 ayl/min yoki 1000 ayl/min bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi vaqtlarda MDH mamlakatlarida (Rossiya, Ukraina) rotorining konstruksiyasi noayon qutbli sinxron mashina (turbogenerator) asosida quwati 320 MV A bo‘lgan bo‘ylama-ko‘ndalang qo‘zg‘atishli kompensator ishlab chiqilgan va samarali ishlatilmoqda.
    Nazorat savollari:


    1. Download 3,86 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   172




    Download 3,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Quvvat koeffitsientini oshirish uchun sinxron kompensatorning ishlatilishi

    Download 3,86 Mb.