BOB. SINXRON MOTORLAR VA
KOMPENSATORLAR
Sinxron motorlarga oid dastlabki ma'lumot va ishlash
prinsipi
Dastlabki ma’lumot. Sinxron motorning tuzilishi umumiy holda sinxron generatorniki kabi (bunga oid ma'lumot 18.1-bobda keltirilgan) bo‘lishiga
qaramasdan, uning konstruksiyasida ayrim farqlar mavjuddir.
Sinxron mashinalar boshqa turdagi elektr mashinalari singari, qaytarlik xossaga ega, ya'ni ular generator rejimida ham, motor rejimida ham ishlashi mumkin. Lekin elektr sanoati sinxron mashinalarni aniq rejim uchun, ya'ni faqat generator rejimida yoki motor rejimida ishlash uchun mo‘ljallab
ishlab chiqaradi, chunki mashina ishining mazkur rejimlardagi o‘ziga xos xususiyatlari uning konstruksiyasiga har xil talablar qo‘yadi.
Sinxron motorlar asosan ayon qutbli (2p = (6^-24) qilib tayyorlanadi; havo oralig'i generatornikiga nisbatan kamroq qilinadi (bunda uning ishga tushirish toki kamayadi); ishga tushirish jarayonidagi elektromagnit momenti generatorlar momentiga nisbatan katta bo‘lishi uchun ularning ishga tushirish (dempfer) chu!g‘ami katta toklarga mo‘ljallab hisoblanadi, chunki bu chulg'am sinxron motorni ishga tushirishda asosiy vazifani bajaradi.
Sinxron motorlar katta quvvatli nasoslarda, ventilatorlarda,
havo haydagichlarda, kompressorlarda, sharli tegirmonlarda, prokat stanlarida va un tayyorlash tegirmonlarida foydalanish mumkin.
Ishlash prinsipi. Sinxron mashina motor rejimda ishlashi uchun uning stator chulg‘amlariga uch fazali o'zgaruvchan tok, qo‘zg‘atish chulg‘amiga esa o‘zgarmas tok beriladi. Stator chulg‘amida toklar vujudga keltirgan MYK lar aylanma magnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok bilan ta'sirlashib aylantiruvchi momentni hosil qiladi va u rotorni aylantiradi. Demak, sinxron motorning stator chulg‘amiga berilgan elektr energiya uning validagi mexanik energiyaga aylanar ekan.
Sinxron motorlarning vektor diagrammalarini qurishda tok fazasini tarmoq kuchlanishi U
T ga nisbatan aniqlash qabul qilingan. Sinxron motor stator chulg‘amiga berilgan kuchlanish U
(M , tok I
( va ular orasidagi vaqt bo‘yicha
siljish burchagi
Masalan, ayon qutbli motor uchun quyidagi