|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 106/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovSG ning aktiv quvvatini o'zgartirish uchun uni harakatga keltirayotgan birlamchi mexanizm (masalan, turbina)ga ta'sir etish, ya’ni uning aylanish chastotasini o‘zgartirish lozim. Buni esa turbinaga kelayotgan
256
suv (GES da) yoki bug‘ (IES va AES larda) bosimini o‘zgartirish yoki o'zgarmas tok motorining qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirish, dizel generatorlarda esa yoqilg'i miqdorini oshirish bilan amalga oshiriladi.
Generatorning tarmoqqa berayotgan aktiv quwati quyidagiga teng:
P2 =Pc,n ~ Pc\ ~ Pm =»*•£/, • /, COS
, (23.1)
bu yerda: P'cI — stator chulg‘ami zanjiridagi elektr isroflar; P' — stator o‘zagidagi magnit isroflar.
Katta va o‘rta quwatli generatorlarda P'cl va P'm isroflari juda ham kichik bo‘lganligi tufayli ular hisobga olinmasa, generatoming tarmoqqa berayotgan quwati quyidagiga teng bo‘ladi:
p2 * p,,„ =mE0-Ir cosy/ . (23.2)
Tarmoq bilan parallel ishlayotgan SG ni tekshirish vaqtida Pcm quwatni mashinaning parametrlari, rotorining holati va uning natijaviy magnit maydoni orasidagi siljish burchagi 0 orqali ifodalash qulaydir.
Buning uchun (23.1) formula boshqa ko‘rinishga keltiriladi. Magnit to‘yinishi hisobga olinmagan noayon qutbli SGning 19.6,o-rasmda ko‘rsatilgan vektor diagrammasi stator chulg'amining aktiv qarshiligi e’tiboiga olinmagan
(r,*0, demak, /, r^ =0) hol uchun 23.2,tf-rasmda keltirilgan.
Bu diagrammadan quyidagini aniqlaymiz, ya’ni OAB va ACB uchburchaklarning umumiy tomoni = 0A sin0 = AC coscp yoki 0A va AC vektorlarning modullari orqali ifodalansa quyidagi tenglikka ega boMamiz:
E0 sin0 = I^cosq). (23.3)
rasm. Noayon qutbli (a, b) va ayon qutbli (d, e) SGning elektromagnit quwatini aniqlashga oid soddalashgan vektor diagrammalar (a, d) va tegishlicha aktiv quwatining burchak xarakteristikalari (b, e).
Bu tenglamaning ikkala tomonini SG ning fazalar soni m ga va kuchlanishi U ga ko‘paytirib, sinxron induktiv qarshilik xsn ga bo‘lamiz, natijada uch fazali sinxron mashinaning elektromagnit quvvatini aniqlash formulasi kelib chiqadi:
Pcm = mUIjCOScp = (mUE0/ xj sinqq. (23.4)
Bu ifodadan ko'rinishicha, elektromagnit quwat Pcm kuchlanish JJ., EYK E0 va ular orasidagi siljish burchagi 0 larga bog'liq bo‘lar ekan. Kuchlanish U va EYK E0 vektorlar orasidagi 0 burchak yuklanish burchagi deyiladi.
Noayon qutbli SG ning elektromagnit momenti quyidagi ifodadan topiladi:
M = PemUo, =[{mU,EJ{co{xm)\-smG, (23.5)
buyerda: ©! = 271«/60 = 2tt f, — magnit maydonining burchak tezligi.
co, =const bo‘lgani uchun M~P bo‘ladi. 23.2,Z)-rasmda P (yoki M) = f (0) bog‘liqlik ko‘rsatilgan bo‘lib, unga SG elektromagnit quwati yoki elektromagnit momentining burchak xarakteristikasi deyiladi.
Bunda U = const, f, = const va E0 = const (Im,‘z= const) bo‘ladi. PN va Mn larning qiymatlariga nominal burchak 0N to‘g‘ri keladi va u 0N = 20%35° oralig'ida bo‘ladi. Burchak 0 =it/2 bo‘lsa, sin0 =1 bo‘lib, quwat va moment o‘zlarining maksimum qiymatlariga ega boMadi.
P„,,mm=™UE0/xw, Mm3X=mUE0/(a>xxJ. (23.6)
Noayon qutbli SG burchak 0 = O-^rc/2 oraliqda sinxron rejimda ishlay oladi. 0>7t/2 da esa sinxronizmdan chiqib ketadi va avariya holati yuz beradi.
|
| |