• Kamchiliklari
  • Sinxron motorlarni ishga tushirish usullari
  • J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




    Download 3,86 Mb.
    bet111/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    Ajzalliklari: Sinxron motorning coscp =1 da ishlay olishi tarmoqning quwat koeffitsientini yaxshilaydi; motoming o‘lchamlari kichiklashadi, chunki sinxron motorning toki shunday quwatli asinxron motornikiga nisbatan kamligi motorning o‘lchamlarini qisqartirishga imkon yaratadi; sinxron motor maksimal momentining kuchlanishga to‘g‘ri mutano- sibligi tufayli mazkur motor kuchlanishning o‘zgarishini kam sezadi; valdagi yuklamaning me’yoriy qiymatlarida qanday bo‘lishidan qat’iy nazar sinxron motorning aylanish chastotasi o'zgarmas bo‘ladi.
    Kamchiliklari: konstruksiyasining murakkabligi; ishga tushirishning va aylanish chastotasini rostlashning murakkabligi; qo‘zg‘atish
    chulg‘amini o'zgarmas tok bilan ta’minlash uchun qo‘zg‘atgich yoki boshqa qurilmalarning talab etilishi; asinxron motorga nisbatan narxining qimmatligi; cho‘tka-halqa qismining mavjudligi tufayli ishonchlilikning nisbatan kamligi ularning kamchiliklari hisoblanadi.

      1. Sinxron motorlarni ishga tushirish usullari

    Sinxron motoming elektromagnit momenti stator va rotor magnit maydonlari ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘lib, rotorining va stator magnit maydonining aylanish chastotalari sinxron bo‘lsa, elektromagnit moment o‘zining ishorasiiii o‘zgartirmaydi.
    Agarda sinxron motorning stator chulg‘ami bevosita tarmoqqa ulansa, motor ishga tushib keta olmaydi, chunki rotori qo‘zg‘almas bo‘lganda stator magnit maydonining qutblari yarim davrda rotorning bir xil qutblari bilan, davming qolgan yarmida rotorning boshqa qutblari bilan ta’sirlashadi. Buning oqibatda momentning ishorasi o‘zgaradi, hamda rotorning mexanik inersiyasi hisobiga moment rotorni yarim davrda aylantirib yubora olmaydi. Sinxron motorni ishga tushirishning quyidagi usullari mavjud: yordamchi motor vositasida, tok chastotasini o‘zgartirish yo‘li bilan va asinxron usulda ishga tushirish. Bu usullardan eng ko ‘p qo ‘llaniladigani asinxron usulda ishga tushirishdir.

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   172




    Download 3,86 Mb.