J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




Download 3,86 Mb.
bet121/172
Sana30.11.2023
Hajmi3,86 Mb.
#108639
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   172
Bog'liq
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

Yakor (27.2-rasm) — val va unga o‘rnatilgan silindrik shakldagi po‘lat o‘zak, uning pazlariga joylashtirilgan yakor chulg‘ami va uning seksiyalarini ulash uchun maMurn tartibda yig‘ilgan maxsus shakldagi mis plastinalari majmuasi (kollektor)dan iborat (27.3-rasm).
Yakorning po‘lat o‘zagi qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘ilgan bo‘ladi. Bu holda magnit maydonda yakor aylanishida o‘zakda hosil bo‘ladigan uyurma toklar ta'siri keskin kamayadi.
Yakor pazlaridagi chulg‘am seksiyalarini maxsus ponalar bilan, pazdan tashqari qismlarini esa bandaj (kamar)lar bilan mahkamlanadi. Kollektor (yig‘uvchi) sovuq holda jo‘valangan qattiq misdan tayyorlangan ponasimon kesimli plastinalardan silindr shaklida yig‘iladi. Plastinalar bir-biridan mikanit qistirmalar bilan izolatsiyalanadi. Kam va o‘rta quwatli 0‘T mashinalarida kollektor plastinalari va mikanit qistirmalar plastmassa yordamida presslab mahkamlanadi (27.3,6-rasm).

  1. rasm. 0‘zgarmas tok mashinasining metall (a) va plastmassa (b) korpusli kollektori: 1korpus; 2 -

siquvchi flanets: 3izolatsion qistirma; 4 kollektor
plastinalari; 5 - plastmassa; 6 — siquvchi halqa; 7 bandaj
Yig‘ilgan kollektor qizdirilgan holda valning yakor chulg‘ami yoniga joylashtirib mahkamlanadi. Kollektor plastinalarining yakor chulg‘ami tomonidagi chiqib turadigan qismiga chulg‘am seksiyalari kavsharlanadi. Kollektor plastinalari yakor chulg‘ami o‘ramlarini
kelma-ket ulaydi. Kollektor yakor chulg‘ami bilan birga aylanadi, uning yuzasida chulg‘amni tashqi elektr zanjiri bilan bog‘lovchi cho'tkalar traversaga(yoki podshipnikqalqoniga) mahkamlangan Oho'tka tutqichlar yordamida qo‘zg‘almas holatda tutib turiladi. I'raversa — zarurat tug‘ilganda cho‘tkalar sistemasini mashina quiblariga nisbatan siljitish imkonini beruvchi qurilmadir (27.4-rasm). ( ho'tkalar va qo‘zg‘atish chulg‘amidan chiqqan simlar maxsus klemma (qisqich)lar taxtachasiga chiqarilgan bo‘ladi.






  1. rasm. 0‘zgarmas tok mashinasining cho‘tka mexanizmi: aIraversa; hcho ‘tka tutqich va cho ‘tkalar: 1 — cho ‘tka tutqichni mahkamlash uchun izolatsiyalangan barmoq; 2 — barmoqni siquvchi kronshteyn; 3 — cho'tkaiaming kollektordagi holatini belgilash uchun bolt; 4 — cho‘tka lutqich; 5sim; 6 va 7cho ‘tkani kollektoiga siquvchi qismlar; 8cho'tka va kollektor orasidagi bosimni rostlash uchun gayka; 9 — prujina; 10 - cho'tka; 11cho‘tkani o‘matish uchun moslama.

O'T mashinasini sovitish uchun uning valiga ventilator o'matiladi. Valning ikkalatomonigapodshipnikqalqonlari mahkamlanadi.
()‘T mashinalari qo‘zg‘atilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga ho'linadi (27.5-rasm): mustaqil, ketma-ket, parallel, aralash qo zg'atishli va doimiy magnitli.
()‘T mashinasining mustaqil qo‘zg‘atishli turida qo‘zg‘atish chulg'amiga tashqi 0‘T manbasidan tok berib asosiy maydon hosil qilinadi (27.5,a-rasm);
Parallel qo‘zg‘atishlida (27.5,6-rasm) mashinaning asosiy magnit maydoni qutb o‘zagidagi qoldiq magnit oqimi ta'sirida, ya’ni o‘z- o zini qo‘zg‘atish hodisasi tufayli hosil bo‘ladi; ketma-ket qo‘zg‘atishli tuiida (27.5,rf-rasm) mashinaning'asosiy maydoni yuklama

  1. rasm. Har

xil qo ‘zg ‘atishli o ‘zgar- mas tok mashinalari- ning elektr sxemalari: a) mustaqil; b) parallel; d) ketma-ket; e) aralash; f) doimiy magnitli.
ulangandan keyingina hosil bo‘ladi, chunki qo‘zg‘atish chulg'ami yakor chulg‘amiga ketma-ket ulangan bo‘ladi; aralash qo‘zg‘atishli turida (27.5,e-rasm), salt ishlash rejimda mashinaning asosiy magnit maydonini parallel qo‘zg‘atishli chulg‘am hosil qiladi, yuklama bilan ishlaganda esa qo‘zg‘atish maydonini parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlarining natijaviy maydoni tufayli hosil bo‘ladi.
0‘T mikromashinalarining ko‘pchiligida mashinaning asosiy maydoni doimiy magnit vositasida hosil qilinadi (27.5,/'-rasm). Bu holda mashinaning qo‘zg‘atish chulg‘ami vazifasini doimiy magnit bajaradi.

Download 3,86 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   172




Download 3,86 Mb.