|
rasm. Yakoming bitta (a) va uchta (b) elementar pazdan tarkib topgan real pazlari
|
bet | 124/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatovrasm. Yakoming bitta (a) va uchta (b) elementar pazdan tarkib topgan real pazlari.
hilan o‘lchanadigan kollektor bo‘yicha qadam “yk” ni bilish zarur bo'ladi (27.8-rasm).
Sirtmoqsimon chulg‘amning birinchi qisman qadami (y,) chulg'am seksiyasining ikkita aktiv tomoni orasidagi masofa (seksiya eni) ga teng va u butun son (b.s.) boiishi shart:
y, = Z J (2p) ± 8 = b.s„ (27.7)
bu yerda s — birdan kichik son boiib, butun son hosil qilish uchun scksiyaning eni (u,) s soniga kamaytiriladi yoki uzaytiriladi; (+s) boiganida chulg‘am uzaytirilgan qadamli (y, >t:), (—e) boiganida qisqartirilgan qadamli (y,< x), s = 0 boiganida esa to‘la qadamli (y,=i) chulg‘am deyiladi.
Qisqartirilgan qadamli chulg‘amning pazlardan tashqari qismlari uzunligi toia qadamlinikiga nisbatan biroz kam boiadi; bunda mis kamroq sarflanadi va kommutatsiyaning borishiga ijobiy ta’sir etadi, shuning uchun ham amalda qisqartirilgan qadamli chulg‘am ma'qul ko 'riiadi.
Chulg‘amning ikkinchi qisman qadami (y2) quyidagicha aniqlanadi:
y2 = y, - y • (27.8)
Chulg‘amning natijaviy qadami (u) ketma-ket ulangan ikkita seksiyaning birinchi aktiv tomonlari orasidagi masofaga teng:
rasm. 0‘zgarmas tok mashinasiyakor chulg‘amlarining elementlari va qadamlari: a — sirtmoqsimon (parallel); b — to ‘Iqinsimon (ketma-ket); d - aralash (murakkab to ‘Iqinsimon va oddiy sirtmoqsimon turlarining parallel ulanishidan hosil bo'lgan); yKng = K/p — potensial qadam (ya 'ni potensiallari bir xil bo 'lgan nuqtalararo qadami).
oddiy sirtmoqsimon chulg‘am uchun
y = yk = ± 1 ; (27.9)
murakkab sirtmoqsimon chulg‘am uchun
y = yk = ±m, (27.10)
bunda: m — chulg‘am yo‘llari soni.
Chulg‘amning kollektor bo‘yicha qadami (yk) bir seksiyaning boshi va oxiri ulangan kollektor plastinalari orasidagi masofaga teng va (27.9, 27.10) lar bo‘yicha hisoblanadi. Bu tengliklarda («+») isnora o‘ng yo‘lli chulg‘amga, («—») ishora esa chap yo‘lli chulg‘amga taalluqli ekanligini bildiradi.
Katta quvvatli 0‘T mashinalarida chulg‘am o‘rami ikki va undan ortiq seksiyalardan iborat bo‘ladi. Bu holda pazlar bo‘yicha qadam (ylz) quyidagicha aniqlanadi:
y,z = Z / (2 p) ± e = b.s, (27.11)
Bu qadam seksiya tomonlari orasida joylashgan real pazlar soni bilan o‘lchanadi. Agar pazlar soni qutblar soniga qoldiqsiz bo‘linmasa, u holda qadamni eng yaqin kichik songa yaxlitlanadi.
Chulg‘am seksiyalari amalda yakor aylanasi bo‘yicha chapdan o‘ngga qarab joylashtirilsa o‘ngyo‘lli chulg‘am bo‘lib, misdan biroz tejaladi.
Yakor chulg‘ami seksiyalarini pazlarga joylashtirib kollektor bilan ulagandan keyin tenglashtiruvchi ulanishlar qo'yiladi; u parallel shoxobchalarning bir jufti «a» ga mos keladigan seksiyalar yoki kollektor plastinalari soni bilan o‘lchanadi.
Chulg‘amlarning simmetriya shartlari. Mashinaning ishlashiga eng yaxshi sharoitlar yaratib berish uchun chulg‘amning hamma parallel shoxobchalarining EYK lari va ularning qarshiliklari bir xil bo‘lishi zarur. Bu holda barcha parallel shoxobchalarning toki ia bir xil va quyidagiga teng bo‘ladi:
i=la/(2a), (27.12)
buning uchun ular bir xil magnit sharoitida bo‘lishi kerak. Bu talablarni qondiruvchi chulg‘am simmetrik chulg‘am deyiladi. Bunda:
Yakorda pazlar bir tekis taqsimlanishi kerak:
S/Z = K/ Z = b.s. (27.13)
Ko‘p qutbli (p >1) mashinalarda chulg‘amning har qaysi juft parallel shoxobchalari tarkibida butun songa teng bo‘lgan bir xil
seksiyalar va kollektor plastinalari bo'lishi kerak:
S/a = K/ a = b.s., (27.14)
Har qaysi parallel shoxobchaning seksiyalari yakorda bir xil sondagi pazlarni egaliashi kerak:
Z/a = b.s., (27.15)
Chulg'amning simmetrik joylashgan parallel shoxobchalari magnit maydonida bir xil vaziyatda bo‘lishi kerak:
2 p / a = b.s., • (27.16)
(27.13)^(27.16) tengliklar 0‘T mashinalari yakor chulg‘am- larining simmetriya shartlaridir. Bu simmetriya shartlari bajarilmasa chulg‘am nosimmetrik bo‘lib, undan va cho‘tkalardan mashinaning ishiga salbiy ta’sir etuvchi tenglashtiruvchi toklar o‘tadi.
27.1-jadval
|
| |