|
Salt ishlash va yuklanish xarakteristikalari
|
bet | 132/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovSalt ishlash va yuklanish xarakteristikalari. Salt ishlash xarakteristikasi (SIX) - generator yakorining aylanish chastotasi n = const va yakor toki Ia = 0 bo‘lganda U0« E0 = f (7qo,z) bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziqdir (30.1-rasm). Bu xarakteristikani tajribada olish vaqtida generator kuchlanishining qiymati U0« (1,15-U,2)UN ga teng boigunga qadar, qo‘zg‘atish toki I .z = 0 dan boshlab oshirib boriladi, so‘ngra esa qo‘zg‘atish tokining qiymati 0 gacha kamaytiriladi.
Qo‘zg‘atish tokining qiymati oshirilib olinganda SIX ning o‘suvchi shoxobchasiga ega bo‘lamiz (30.1-rasm, 1). Bu egri chiziq koordinatalar boshi 0 dan boshlanmay, balki ordinatalar o‘qidagi birorta “a” nuqtadan boshlanadi.
Runga sabab shuki, / = 0 da mashina qutblari o‘zagidagi qoldiq
magnit oqimi (Oqol) kam miqdorda qoldiq EYK E .= 0a ni hosil qiladi. Qo‘zg‘atuvchi tok / ,z ning qiymati kamaytirib olingan SIX ning kamayuvchi shoxobchasi uning o‘suvchi shoxobchasiga nisbatan yuqorida joylashadi va /o.z=0 bo‘lganda qoldiq EYK ning qiymati E'qol= 0a' ga teng boiib, olJingi Eqol dan biroz kattaroq boiishi, SIX ning o‘suvchi shoxobchasini olganda Oqolning qiymati boshdagi qiymati [Oqol= (0,02+0,03) • OoN]ga nisbatan biroz oshishi sabab boiadi (O0N — masnina salt ishlash rejimida UN hosil qilish uchun zarur boigan magnit oqim.
Salt ishlash vaqtida mashinaning aylanish chastotasi n = const boisa, U0=E0= O boiadi. Demak, SIX — U0 = f (/ .) boshqa masshtabda mashinaning magnitlanish xarakteristikasi — O = f (/ .z) ni ifodalar ekan.
SlXyordamida mashina magnit zanjiri xossalarini aniqlash mumkin. Haqiqatan ham, SIX ning “a” nuqtasi /qo.z = 0 boiganda, qoldiq magnit oqimining qiymatini ko‘rsatadi. 30.1-rasmda ko‘rsatilgan 1 va 2 shoxobchalar bilan chegaralangan maydon gisterezis hodisasi tufayli
30.1 -rasm. Mustaqil qo ‘zg ‘atishli o ‘zgarmas tok generatorining salt ishlash (a) va yuklanish (b2) xarakteristikalari.
hosil bo‘lib, mashina magnit zanjiri po‘lat qismlarining xossasini ko‘rsatadi. Nihoyat, SIX da generatorning nominal kuchlanishi (UN) uning egilgan qismiga (30.1-rasm, N nuqta) to‘g‘ri keladi. Bu nuqtaga qarab, mashina magnit zanjirining to‘yinish holati to‘g‘risida xulosa yuritishimiz mumkin. Quyidagi sabablarga ko ‘ra± mashinani loyihalashda nominal kuchlanish UN ni SIX ning egilgan qismiga to‘g‘ri keltirib amalga oshiriladi:
1) agar N nuqta to‘g‘ri chiziq qismiga to‘g‘ri kelsa, kuchlanishning qiymati noturg‘un holatda bo‘lib, qo‘zg‘atish toki salgina o‘zgarsa ham kuchlanishning qiymati nisbatan katta o‘zgaradi;
2) agar N nuqta SIX ning to'yingan qismida (egilgan qismidan o‘ng tomonda) bo‘lsa, kuchlanish qiymatini rostlash chegaralanib qoladi.
Kuchlanishning U0 =(0,55+0,6)UN qiymatlarigacha to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi mashinaning magnit zanjiri to'yinmaganligidan dalolat beradi.
Yuklanish xarakteristikasi. Yakor toki 1= const (Io> 0) va yakorning aylanish chastotasi n = nN= const bolganda Ua —f (10.7) bog‘liqlikni ifodalovchi egri chiziq yuklanish xarakteristikasi deyiladi. Yuklanish xarakteristikasining amaliy ahamiyati shundaki, u yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta'sirini miqdoriy jihatdan aniqlashga hamda uning mashina magnit zanjiri to‘yinishini tekshirishga imkon beradi. Agar bitta yuklanish xarakteristikasi olinadigan boisa, ko'pincha yakor toki \a = IN boigan qiymat uchun olinadi.
Yuklanish va SIX larini solishtirish va ular yordamida xarakteristik uchburchak qurish uchun yuklanish xarakteristikasini SlXning kamayuvchi shoxobchasi (30.1 ,b-rasmda, 1) bilan bitta grafikda qurish qulay boiadi.
Yuklanish xarakteristikasi (2-egri chiziq) quyidagi sabablarga ko ‘ra SIX ga nisbatan pastda joylashadi: 1) yakor zanjiridagi qarshiliklarda kuchlanish pasayishi; 2) yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri (buning natijasida mashinaning asosiy magnit oqimi va EYK kamayadi).
Agarda salt ishlash rejimda qo‘zg‘atish tokining bironta I .z2 qiymatida “D” nuqta bilan aniqlanadigan (30.1,6-rasm) kuchlanishga ega bo'lsak, yuklama bilan ishlaganda esa (/oV 2ning o‘sha qiymatida) generatoming chiqish klemmalaridagi kuchlanishi kamayadi (30.1,6- rasmda “C” nuqta), ya’ni “DC” kesma bilan ifodalanadigan kuchlanish pasayishiga ega bo‘lamiz. Bu kesmaning “BC” qismi yakor zanjiri va cho'tkalardagi kuchlanish pasayishini, “DB” kesma esa yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri tufayli kuch-lanish pasayuvini ifodalaydi. Yakor toki \a = const bo‘lsa, CB kuchlanish pasayuvi ham o‘zgarmas boiadi. Yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri esa I ning oshishi bilan o‘zgaruvchan boiadi, chunki bu holda magnit zanjirining to‘yinish darajasi o'zgaradi.
rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli generatoming qisqa tutashuv xarakteristikasi.
f
EYK E ning bir xil qiymatini olish uchun salt ishlash rejimda
Iqo‘7. i qo‘zg‘atish toki talab qilinsa, yuklama bilan ishlaganda esa, qiymati Iq&7 2 ^ Iqo‘71 bo‘lgan qo‘zg‘atish toki kerak bo‘ladi. Bu toklarning farqi yakor chulg‘amidagi EYK Eani “DB” qiymatga kamaytiruvchi yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’sirini kompensatsiyalashga sarflanadi.
SIX va xarakteristik uchburchak yordamida elektromagnit qo‘zg‘atishli 0‘T generatorlarining normal ish jarayonidagi tashqi va rostlash xarakteristikalarini grafik usulda aniqlash mumkin. 30.d- rasmdagi hosil bo‘lgan “ABC” uchburchakni xarakteristik (yoki reaktiv) uchburchak deyiladi.
Qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX). Bu xarakteristika — yakor
chulg‘ami qisqa tutashtirilib (demak, Ua= 0), aylanish chastotasini n = nN =const bo‘lgandagi Ia= f(I bog‘liqlikni ifodalaydi.
QTX ni tajribada qo‘zg‘atisn chulg‘ami hosil qiladigan magnit oqimining yo'nalishi Oqol yo'nalishi bilan mos tushgan hol uchun oladilar. Bu holda qo‘zg‘atish tokini 0 dan boshlab oshirganda qisqa tutashuv (QT) toki I bironta a nuqtadan to ‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda oshadi (30.2-rasm). / — 0 bo‘lganda ham yakor zanjiridan I = 0a tok o‘tadi. Bu tok Oqol yakor chulg‘amida vujudga keltirgan icichik qiymatdagi EYK Eqol hisobiga hosil bo'ladi. Odatda yakor tokining yo‘l qo‘yilgan qiymatlarida QTX deyarli to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi.
Agar cho‘tka bilan kollektor orasidagi o‘zgaruvchan kontakt qarshiligini e’tiborga olmasak (bunda Ra» const) QT toki I EYK Ea ga, magnit sistema to‘yinmaganligi uchun bu tok (I ) qo‘zg‘atish tokiga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgarar ekan (Iqt = /qo).
|
| |