|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 128/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovNazorat savollari:
0‘zgarmas tok mashinasida yakor reaksiyasi nima?
Cho‘tkalarning geometrik neytralga nisbatan siljishida yakor rcaksiyasining mashina ishiga ta'siri qanday bo‘ladi?
.1 Yakor reaksiyasi mashinaga qanday salbiy ta'sir ko‘rsatadi?
Kompensatsion chulg'am qanday vazifani bajaradi?
Yakor reaksiyasini qanday yo ‘llar bilan bartaraf qilish mumkin ?
BOB. KOLLEKTORLI 0‘ZGARMAS TOK
MASHINALARIDA KOMMUTATSIYA
Kommutatsiyaning fizik asoslari
Kollektorda uchqun chiqish sabablari. 0‘T mashinasining yakori aylanganida cho‘tkalar bilan kollektor sirpanuvchi kontakt hosil qiladi. Agar cho‘tka biror sababga ko‘ra kollektorga butun yuzasi bilan tegmasa tokning zichligi nihoyatda ortib ketadi va bu kollektorda uchqun chiqishiga olib keladi. Kollektorda uchqun chiqishi mexanik, potensial va kommutatsion sabablarga ko‘ra vujudga keladi.
Mexanik sabablarga cho‘tkalarning kollektorga bosimining bo‘shlig‘i, kollektor sirtining silliqmasligi va kollektoming kirlanishi kiradi. Qo‘shni kollektor plastinalari orasidagi kuchlanish normadan ortib ketganda kollektorda uchqun chiqishining potensial sabablari vujudga keladi. Potensial sababga ko‘ra uchqun chiqishi, ayniqsa xavfli, chunki u kollektorda elektr yoyiga aylanib ketishi mumkin.
Yakor chulg‘ami seksiyalarining bitta parallel shoxobchadan boshqasiga o‘tishidagi fizik jarayonlar tufayli uchqun chiqishi kommutatsion sabablarga ko‘ra vujudga keladi.
Seksiyalar bitta parallel shoxobchadan uzilib ikkinchisiga ulanganda ularda tokning o‘zgarish jarayoni kommutatsiya deyiladi (29.1-rasm). Kommutatsiya sodir bo‘ladigan seksiya kommutatsiyalanuvchi seksiya, kommutatsiya jarayoni sodir bo‘lishiga ketgan vaqt esa kommutatsiya davri T deyiladi va u quyidagiga teng bo‘ladi:
T = (bch/ bk)-60 / (Kn), (29.1)
bunda: K — kollektor plastinalar soni; n —aylanish chastotasi; bch~ cho'tkaning kengligi; bk — qo'shni kollektor platinasi o‘rtalari orasidagi masofa.
Kommutatsiya jarayonini tahlil qilishda cho'tkalar geometrik neytralda joylashgan, ularning kengligi bch= bk va kommutatsiyalanuv- chi seksiyada butun kommutatsiya' davri davomida EYK lar induksiyalanmaydi, deb faraz qilinsa, tokning o‘zgarishi quyidagi tenglik orqali ifodalanadi:
/I2 = rch2/rehI, (29.2)
bunda 12— tegishlicha, 1 va 2-plastinalardagi toklar.
Kommutatsiyalanuvchi seksiyadagi tok I quyidagi ayirmaga teng:
= I; - I2- (29.3)
|
| |