|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 131/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatover+ eK= Wi- W2' (29.9)
Bu tenglama kommutatsiyaning asosiy tenglamasidir.
Kommutatsiyaning zararli ta'sirini kamaytirish usullari
0‘T mashinalarida qoniqarsiz kommutatsiyaning asosiy sababi kommutatsiyaning qo‘shimcha tokidir:
i=1]e/'Zr., (29.10)
bunda Zr — tok / ga bo‘lgan elektr qarshiliklari yig‘indisi.
K K
Eng katta qarshilik, cho‘tkaning qarshiligi bilan o‘tish kontaktining qarshiligi (rch) dir.
4=Ze/r»- (291»
Bundan ko‘rinishiga IK ni kamaytirish uchun yoki rch ni oshirish, yoki Ee ni kamaytirish kerak ekan.
Qoniqarli kommutatsiya olish uchun ko‘mir-grafitli yoki grafitli cho‘tkalar ishlatish maqsadga muvofiqdir, chunki bularda o‘tish qarshiligi eng katta bo‘ladi. Bunaqa cho‘tkalar yuqori kuchlanishli kam tokli mashinalarda ishlatiladi.
Pasaytirilgan kuchlanishli (30 V gacha bo‘lgan) mashinalarda esa mis-grafitli yoki bronza-grafitli cho‘tkalardan foydalaniladi.
Kommutatsiyalanuvchi seksiyadagi Ze ni (le= eL + eM + eK = ena + EK.)
bir necha usullar bilan kamaytirish mumkin.
Kommutatsiya uchun cho ‘tka kengligining muhim ahamiyati bor. Cho‘tka qancha keng bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida shunchalik ko‘p kollektor plastinalarini yopadi. Buning natijasida o‘zaro induksiya EYK Em ko‘payadi. Ingichka cho‘tkalami tanlashning noqulayligi bunda ulaming mexanik mustahkamligi kam bo‘ladi. Eni 2+3 sm kollektor boiinmasiga teng boigan choikalar ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Reaktiv EYK (er)ning qiymatiga yakor chulg'amining turi sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, agar yakor chulg‘ami qisqartirilgan qadamli (u,< x) qilinsa, bir vaqtda kommutatsiyalanuvchi seksiyalarning aktiv tomonlari turli pazlarda bo‘lib, o‘zaro induksiya EYK (eM)ning kamayishiga yordam beradi.
2
Seksiyaning o‘ramlar soni kamaytirilganda, (Ls s
bo‘lganligidan), uning induktivligi kamayishi tufayli, o‘zinduksiya eL ham kamayadi. Lekin ko'rsatilgan usullar kommutatsiyani toia yaxshilash uchun yetarli emas. Shu sababli boshqa usullardan ham keng foydalaniladi.
Masalan, kompensatsion chulg‘am yakor reaksiyasi ta’sirini kamaytiradi. Kommutatsiya zonasida tashqi magnit maydoni yaratilib, bu maydon kommutatsiyalanuvchi seksiyalarda reaktiv EYK (er)ga kattaligi jihatidan teng va qarama-qarshi yo‘nalgan EYK (eK)ni hosil qiladi. Bu holda kommutatsiyalanuvchi seksiyada Le nol bo‘lib, kommutatsiya to‘g‘ri chiziqli bo‘lib qoladi.
Kommutatsiya zonasida tashqi magnit induksiyasini hosil qilish uchun quwati P « 1 -r 150 kW boigan mashinalarda — qo‘shimcha qutblar, 150 kW va undan katta quwatli mashinalarda esa qo‘shimcha ravishda kompensatsion chulg‘am ishlatiladi.
Qo‘shimcha qutblar va kompensatsion chulg‘amlar yakor chulg‘ami bilan ketma-ket ulanadi. Bu holda magnitlovchi kuch (F ‘z) mashina jniklamasining o‘zgarishi bilan MYK Fa ga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Agar qo'shimcha qutblar magnitlovchi kuchining qiymati (FQo'shQ> Fa) qilinsa, eK> er bo‘ladi va ish toki / ga qarama-qarshi yo‘nalgan kommutatsiya toki /K paydo bo‘lishi tufayli kommutatsiya egri chiziqli tezlashgan bo‘ladi (29.2-rasm, 3). Agar eK< er bo‘lsa, kommutatsiya sekinlashib qoladi.
Kommutatsiyani tekshirish va sozlash
Kommutatsiya jarayoni juda murakkab hamda qo‘shimcha qutblar chulg‘ami o‘ramlar sonini va ulardagi havo oralig‘i o‘lchamlarini to‘g‘ri ulash ancha qiyin bo‘lgani uchun zavodda yangi tayyorlangan mashina kommutatsiyasini sozlash talab qilinadi.
Kommutatsiyani sozlash qo‘shimcha qutblar magnit zanjirining qarshiligini yoki shu qutbdagi qo‘zg‘atish chulg‘amining magnitlovchi kuchini o‘zgartitirish bilan bajariladi.
Kommutatsiyani tajriba yo‘li bilan tahlil qilishda mashina qo‘shimcha qutblarining chulg‘ami yordamchi 0‘T generatori (YoG) dan qo‘shimcha + Al tok bilan ta'minlanadi.
Bu masala quyidagicha amalga oshiriladi. Oldin mashina salt ishlatiladi (Ia=0), keyin qo‘shimcha qutb chulg‘amida (+AI) tok kollektordan uchqun chiqquncha oshirib boriladi; bu tezlashtirilgan kommutatsiyaga mos bo‘ladi. So‘ngra sxemadagi qayta ulagich (QU) yordamida qo‘shimcha tokning yo‘nalishi o‘zgartiriladi va (—Al) ning qiymati kollektordan uchqun chiqquncha oshiriladi; bu sekinlashgan kommutatsiyaga mos bo‘ladi.
So‘ngra generatorga yuklama ulanadi, qo‘shimcha qutb chulg‘amiga oldin (+DI) qo‘shimcha tokberib, so‘ngra (-DI) tok beriladi, ularning qiymati kollektordan uchqun chiqquncha oshirilib boriladi.
e) *n..
•-fif-r
Yuklamaning turli qiymatida shunday tajriba o‘tkazib ”qo‘shimcha tok bilan ta’minlash” egri chiziqlari, ya’ni +AI = f (I) va — Al = f (I) bog‘lanishga oid egri chiziqlari quriladi. Shu egri chiziqlar chegarasida, ya’ni ±AI toklar '+AI zonasida kommutatsiya uchqunsiz bo‘ladi. Bu zona qancha katta boTsa, mashinada kommutatsiya shuncha turg‘un boTadi. -ir Yuklama tokining ortishi bilan d) +a/
rasm. 0‘zgarmas tok mashinasining kommutatsiyasini tekshirishda qo'shimcha qutblar chulg'amini «qo‘shimcha tok bilan ta'minlash» egri chiziqlari /+D/= f (I) va ~D I — f (1)] ni tajribada olish sxemasi (a) (bunda: Qch - asosiy generatoming qo‘zg‘atish chulg‘ami; YoG - yordamchi generator; QQch — qo‘shimcha qo‘zg‘atish chulg‘am, ya'ni yordamchi generator qo ‘zg‘atish chulg‘ami; QU - qayta ulagich hamda to ‘g‘ri chiziqli (b), sekinlashgan (d) va tezlashgan (e) kommutatsiyalarga oid «qo‘shimcha tok bilan ta ’minlash» egri chiziqlari.
kornmutatsiyaning turg‘unligi kamayadi. Qo‘shimcha qutbning magnitlovchi kuchi va havo oralig'i to‘g‘ri hisoblangan bo‘lsa +AI = f (I) va —AI = f (I) egri chiziqlari yuklama o‘qiga nisbatan simmetrik bo‘ladi va N nuqtada kesishadi.
Agar qo‘shimcha qutb (Qo'sh.Q)larning magnit oqimi (O0oyi0) kuchsiz bo‘lsa (sekinlashgan kommutatsiyaga mos) N nuqta yuklama o‘qidan yuqorida joylashadi, agar OQ0.sh kuchli bo‘lsa (tezlashgan kommutatsiyaga mos) u pastda joylashadi. Ikkala holda ham mashinada kommutatsiya turg‘un bo‘lmaydi.
Qo‘shimcha tok bilan ta’minlash egri chiziqlari yordamida kommutatsiya xarakterini aniqlab qo‘shimcha qutblar rostlanadi: sekinlashgan kommutatsiyada Qo.shQ oqim kuchaytiriladi, tezlashgan kommutatsiyada esa 0Qo,shQ oqim kamaytiriladi. Agar magnit oqimini ancha ko‘paytirish talab qilinsa, unda qo‘shimcha qutb chulg‘amining o‘ramlar soni o‘zgartiriladi.
Kommutatsiya jarayonida yuqori chastotali elektromagnit to‘lqinlar hosil bo‘ladi. Ular esa radiopriyomnik va televizion qurilmalar ishiga xalaqit beradi. Shovqinni kamaytirish uchun yakorga kondensatorlarni parallel ulash yo‘h bilan yuqori chastotali kuchlanish va toklar filtrlanadi.
Nazorat savollari:
Kollektorda uchqun chiqish sabablari nimalardan iborat?
Nima sababdan kommutatsiya sekinlashgan yoki tezlashgan bo ‘ladi?
Qo ‘shimcha qutblarning vazifasi nimalardan iborat?
Kommutatsiyani yaxshilash usullari nimalardan iborat?
BOB. 0‘ZGARMAS TOK GENERATORLARINING
XARAKTERISTIKALARI
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining xarakteristikalari
Bu turdagi generatorning qo‘zg‘atish chulg‘amiga boshqa 0‘T manbayidan kuchlanish beriladi. Agar qo‘zg‘atish chulg‘amiga ulangan kuchlanish U qo. z= const va uning qarshiligi ham R qo. z= const bo‘lsa, generatoming har qanday ish rejimida ham bu chulg‘amdagi tok / qo. z o‘zgarmay qoladi.
|
| |