|
Tashqi va rostlash xarakteristikalari
|
bet | 133/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovTashqi va rostlash xarakteristikalari. Generatorni ishlatishdagi asosiy ish jarayonni belgilovchi xarakteristika — tashqi xarakteristikadir. Odatda, generatorlarga nisbatan qo‘yiladigan talab (payvandlash geheratorlaridan tashqari) umumiy bo‘lib, ularning qo‘zg‘atish toki Iqp‘7= const bolganda, yuklama tokining qiymati 0 dan yo‘l qo'yilgan qiymatgacha o‘zgarganda, generatorlarning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi nominal qiymatidan mumkin qadar kam o‘zgarishi amaliyot uchun muhimdir.
Tashqi xarakteristika — qo‘zg‘atish toki /0.zA,= const va yakorning aylanish chastotasi nN = const boTganda \jfl = f (Ia) bogTiqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristikani ahamiyatga ega boTgan ikkita hol uchun tahlil qilish foydalidir:
salt ishlash rejimda (Ia=0) yakor chulg‘amida hosil boTgan EYK ning qiymati E0= UN ga to‘g‘ri kelgan qo‘zg‘atish toki / N = const boTganda yuklama tokini oshirib olish (30.3,a-rasm, 2);
yakor chulg‘amining toki Ia= IN va kuchlanishi UN boTganda
qo‘zg‘atish tokini / = const qilib, yuklama tokini kamaytirib olish (30.3,0- rasm, 1). ,
Tashqi xarakteristikani tajribada yuklama tokini Ia= 0 dan Ia= IN gacha oshirib olinganda, generator chiqish klemmalaridagi kuchlanishi, yakor reaksiyasi magnitsizlovchi ta’sirining va yakor zanjiridagi qarshiliklarda kuchlanish pasayishi tufayli biroz kamayadi (2-egri chiziq). Tashqi xarakteristika egri chizigTning shakliga yuklama toki tufayli magnit zanjiri to‘yinish darajasining o‘zgarishi ham sabab boTadi.
rasm. Mustaqil qo ‘zg‘atishli o ‘zgarmas tok generatorining tashqi (a) va rostlash (b) xarakteristikalari.
Ma’lumki, generatoming kuchlanishi (Ua), natijaviy magnit oqimiga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan Ea, yakor zanjiridagi (IaR ) hamda cho‘tkalarda bo‘ladigan (AUch) kuchlanish pasayishlari bilan aniqlanadi: U = E — I R — AU ,. (30.1)
a a a a ch x 7
Yuklama toki oshirilganda yakor reaksiyasining mashina asosiy maydoniga bo‘lgan magnitsizlovchi ta’siri ortadi. Qo‘zg‘atish toki /o.z = const bo‘lganligidan, generatorning natijaviy magnit oqimi, demak, EYK Eu ham biroz kamayadi.
Tashqi xarakteristikani tajribada olishda davlat standarti tavsiyasi qo ‘yidagicha: yakorning aylanish chastotasi n= nN va qo‘zg‘atish tokini I .zN =const holda saqlab, yuklama toki Ia ni nominal qiymatidan 0 gacha kamaytirib olish lozim.
Yuklama toki kamaya borgan sari, ko‘ndalang yakor reaksiyasi ta’sirining susayishi va yakor zanjirida kuchlanish pasayishi IuRu ning kamayishi tufayli, yakor chulg‘ami chiqish klemmalaridagi kuchlanish tobora oshadi (30.3,o-rasm, 1).
Tashqi xarakteristika yuklamani oshirib olinganda kuchlanish pasayuvi quyidagicha aniqlanadi:
AU%=100 (Un — Ua) / UN , (30.2)
bunda UN - yakor toki Ia = IN bo‘lganda generator chiqish klemmalaridagi nominal kuchlanish.
Kompensatsion chulg‘ami boimagan o‘rta quwatli mashinalarda kuchlanishning oshishi, odatda (5-UO) foizni tashkil qiladi.
|
| |