• Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining xarakteristikaiari
  • J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




    Download 3,86 Mb.
    bet136/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    Xulosa qilib shuni ta kidlash mumkinki, mustaqil va parallel qo‘zg‘atishli generatorlaming xarakteristikalari va xossalari yuklama tokining Io = 0 dan Ifl = IN gacha o‘zgarishida bir-biridan kam farq qiladi.

      1. Aralash qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok generatorining xarakteristikaiari

    Dastlabkima'lumotlar. Bu turdagi generatorning ikkita qo‘zg‘atish chulg‘ami bo‘lib, ulardan bittasi yakor chulg‘amiga parallel qilib, ikkinchisi esa unga ketma-ket qilib ulanadi.
    Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami faqat aralash qo‘zg‘atishli generatorlarda yaxshi samara beradi. Parallel (FSh) va ketma-ket (Fs) qo‘zg‘atish chulg‘amlari hosil qilgan MYK laming birgalikdagi ta’siridan umumiy qo‘zg‘atish oqimi Fqo.z vujudga keltiriladi. Ko‘pincha qo‘zg‘atish chulg'amlari, ular hosil qilgan magnit oqimlari bir xil yo‘naladigan qilib ulanadilar. Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor reaksiyasi MYK ni va yakor zanjirida kuchlanish pasayuvi (IaRfl) ni kompensatsiyalaydi. Shu tarzda generator klemmalaridagi kuchlanishni avtomatik ravishda rostlashga erishiladi.



    30.6-rasm. Aralash qo‘zg‘atishli generatoming tashqi xarakteristikalari (1; 2; 4); 3 — parallel qo‘zg‘atishli uchun (taqqoslash uchun keltirilgan).
    Aralash qo‘zg‘atishli generatorlar magnit zanjirining to‘yinish darajasi kam bo‘lgan mashinalar turiga kiradi.
    Tashqi xarakteristikasi. Bu xarakteristika, parallel qo‘zg‘atish zanjiridagi qarshilik £r «z=const va n= nN= const bo‘lganda Ua=/'(Ia) bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristika, normal ishlatish xarakteristikasi bo‘lganligidan uning tahlili katta ahamiyatga egadir.
    Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amining o‘ramlar soni shunday tanlanadiki, u hosil qilgan MYK yakor reaksiyasini va yakor zanjirida kuchlanish pasayishini, Ia = IN qiymatda bartaraf qilsin (30.6-rasm). Ammo, ko‘pincha generator klemmalaridagi kuchlanishni bir xil qilish talab qilinmay (30.6-rasm,l), balki elektr energiya iste’molchilaridagi kuchlanishning qiymati UN=const bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun, qo‘shimcha ravishda liniya simlaridagi kuchlanish pasayishini ham bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Buning uchun ketma-ket qo‘zg‘atishli chulg‘amning o'ramlari w oshiriladi (30.6-rasm, 2).
    Bu rasmda har xil qo‘zg‘atishli (ketma-ket qo‘zg‘atishlidan boshqa) o‘zgarmas tok generatorlarining yuklamasi oshirib olingan tashqi xarakteristikalari taqqoslangan. Parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlari qarama-qarshi ulangan hol (30.6-rasm, 4) payvandlash generatorlarida ishlatiladi.
    Rostlash xarakteristikasi. Bu xarakteristika, Ua =UN = const va n = nN = const bo‘lgandagi I = f (Ia) bog‘liqlikni ifodalaydi. Bu xarakteristika aralash qo‘zg‘atisnli generatorning tashqi xarakteristikasi ko‘rinishiga bog‘liq boiadi. Generatorning ketma-ket qo‘zg‘atishli chulg‘amining o‘ramlar sonini ko‘proq qilib, ya’ni yuklama toki o‘sishi bilan yakor zanjirining chiqish klemmalaridagi kuchlanishi oshadigan qilib tayyorlansa, unda bu generatorning rostlash xarakteristikasi 30.8-

    1. rasm. Qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlari har xil ulanish sxemalariga xos bo ‘Igan aralash qo‘zg‘atishli generatorlarning rostlash xarakteris- tikalari (1, 2, 3, 4 — belgilashlar 24.6-rasmdagilar bilan bir xil).

    rasmdagi 3-egri chiziq ko'rinishida bo‘ladi.
    Bu xarakteristikalar, yuklama toki o'zgarishi bilan, generatorning kuchlanishi U = UN = const bo'lishi uchun, parallel qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokni qanday o‘zgartirish kerakligini ko‘rsatadi.
    Qo‘zg‘atish chulg‘amlari to‘g‘ri yoki teskari ulanganligini yuklanish usuli bilan tekshirish mumkin. Buning uchun salt ishlashda yakorning aylanish chastotasi n = nN bo‘lganda generatorni nominal kuchlanishga qadar qo‘zg‘atiladi va, so‘ngra, uning yuklama tokini oshira boshlaymiz. Agar bunda generator kuchlanishi ozroq ortsa, bu ikki qo‘zg‘atish chulg'amlari to‘g‘ri ulangan bo‘lib, agarda bu chulg'amlar teskari ulanganda kuchlanishning kamayishi sezilarli bo‘ladi.

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   172




    Download 3,86 Mb.