• 0‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish
  • J. S. Salimov, N. B. Pirmatov




    Download 3,86 Mb.
    bet138/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    Ish jarayonining asosiy tenglamalari. 0‘TM larining istalgan rejimdagi ishini momentlarining va elektr yurituvchi kuchlarining muvozanat tenglamalari belgilaydi.
    0‘TM da asosiy maydon va yakor chulg‘amining tokli o‘tkazgichlari o‘zaro ta’sirlashuvi natijasida hosil bo‘ladigan elektromagnit moment M yakorni aylanma harakatga keltiradi va shu sababli, uni aylantiruvi moment deyiladi. Uning kattaligi quyidagi ifodadan aniqlanadi:
    M = N p® \J (2-n-a) = CM0-Ifl, (31.1)
    bu yerda: N, a — tegishlicha yakor chulg‘amining o‘tkazgichlari va parallel shoxobchalari sonlari; r — mashinaning juft qutblari soni; Cm = p ■ 'H/iln-a) berilgan mashinaning konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan o'zgarmas kattalik; — mashinaning natijaviy magnit oqimi.
    O ‘TM momentlarining muvozanat tenglamasi quyidagicha yoziladi: M = M0 + M2 ± Md, (31.2)
    bunda MD = J • d © /dt — dinamik moment. Bu momentning “musbat” ishorasi — rotor tezlanishda bo‘lganida va “manfiy” ishorasi esa rotor aylanishi sekinlashganda qabul qilinadi. '
    (31.2) tenglamadan: 0‘T mashinasining istalgan rejimdagi ishida uning aylantiruvchi (Mem) va tormozlovchi (Mt) momentlari miqdor jihatdan o‘zaro teng va yo‘nalishi jihatdan qarama-qarshidir, ciegan xulosa kelib chiqadi.
    Barqarorlashgan ish rejimda 0‘TM n = const aylanish chastota bilan ishlaydi, demak, bu rejimda MD= 0, shuning uchun (31.2) ifoda quyidagicha yoziladi:
    M = M0+M2. (31.3)
    0‘T mashinasining yakori magnit maydonda aylanganida yakor chulg‘ami o‘tkazgichlarida, elektromagnit induksiya qonuniga muvofiq, EYK vujudga keladi. Uning qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: Ea=CE0-n, (31.4)
    bunda CE= p • N / (60a) — berilgan mashina uchun o‘zgarmas bo‘lgan kattalik; n — yakorning aylanish chastotasi.
    Bu EYK ning yo‘nalishi yakor chulg‘ami toki yo‘nalishiga qarama- qarshi bo‘ladi, demak, yakor zanjiri uchlariga berilgan kuchlanish U ga ham teskari yo‘nalgan boTadi. Shu sababli 0‘TM yakor chulg'amining EYK (—Efl) — teskari EYK deyiladi.
    0‘TM EYK larining muvozanat tengiamasi quyidagicha yoziladi:

    1. umumiy hol uchun:

    U = e + (R + Ldi / dt; (31.5)

    1. barqaror ish rejimi uchun:

    U = E„+IaR, (31.6)
    bunda Ea va /a — yakor chulg‘ami EYK va toklarining oniy qiymatlari; Ra— yakor zanjirining to‘la qarshiligi; La d/a/ dt = 0; Ea~ teskari EYK (—Ea) ni muvozanatlaydigan kuchlanishning tashkil etuvchisi; barqaror rejimda tok Ia ham miqdor jihatdan o‘zgarmasdir.

    1. dan yakor tokining qiymatini topamiz:

    I = (U-Ea)/R. (31.7)

    1. tenglama 0‘TM ishini xarakterlovchi nihoyatda muhim tenglama hisoblanadi.

      1. 0‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish

    Ishga tushirish jarayoni quyidagilar bilan, ya’ni: a) ishga tushirish tokining karrali (In/IN); b) ishga tushirish momentining karrali (Mit/ Mn); d) ishga tushirish jarayonining ravonligi; e) ishga tushirish davri t.t; f) ishga tushirish uskunalarining tannarxi va energiya sarflari bilan bilan xarakterlanadi.
    0‘TM larini ishga tushirishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:

    1. bevosita (“reostatsiz”) ishga tushirish, bunda yakor chulg‘ami to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni reostatsiz elektr tarmog‘iga ulanadi.

    2. reostatli ishga tushirish, bunda tokning qiymatini cheklash maqsadida yakor zanjiriga ketma-ket qilib maxsus ishga tushirish reostati yoki qo‘shimcha qarshilik ulanadi.

    3. maxsus ishga tushirish agregati yordamida ishga tushirish (bunda yakor chulg‘amiga beriladigan kuchlanishni ravon oshirish ko‘zda tutiladi).

    a) 0‘T mashinasini bevosita ishga tushirish. Dastlabki paytda motorning aylanish chastotasi n = 0 bo‘lganligidan, yakor chulg‘ami EYK Ea=0 bo‘lib, yakor chulg‘amining toki quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: >
    L = U/R. (31.8)
    Yakor zanjiri qarshiligi ra ning qiymati kichik boflganligidan ishga tushirish toki nominal tokka nisbatan 10+20 marta katta bo‘lib, mashina kollektorida kuchli uchqun chiqishiga olib keladi va zarbiy moment hosil bo‘ladi. Bu hol 0‘TM ulangan tarmoq uchun ham, motorning valiga ulangan mexanizm uchun ham zararlidir. Shu sababli 0‘TM ni bevosita ishga tushirish usuli faqat kam quwatli elektr motorlarida qo‘llaniladi, chunki bunday EMlarida yakor chulg‘ami qarshiligi ra ning qiymati nisbatan katta bo‘ladi (chunki qarshilik ra ning qiymati simning kesim yuzasiga teskari mutanosibda bo‘lishligidir).
    Hozirgi vaqtda ishga tushirish toki nominal tokdan 6-r8 marta oshganda ham, quwati 6 kW gacha bo'lgan OlTM larini reostatsiz (tezkor avtomatlar qo‘llash yo‘li bilan) ishga tushirish mumkinligi aniqlangan. Bunda aylanish chastotani oshirish jarayoni yakor zanjiriga bir nechta kuchlanish impulsini berib amalga Oshiriladi, ya’ni tokning qiymati oldindan belgilangan qiymatga yetganda yoki undan oshganda avtomat yakor zanjirini uzib qo‘yadi va bu tok oldindan belgilangan qiymatga kamayganda avtomat yakor zanjirini tarmoqqa qaytadan ulab beradi.

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   172




    Download 3,86 Mb.