|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 146/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovDastlabki ma'lumotlar. 0‘TM lari nihoyatda xilma-xil va kerak tomonga o‘zgartirila olinadigan rostlash xarakteristikalariga ega. Shu sababli bunday motorlar aylanish chastotasi keng ko‘lamda o‘zgaradigan qurilmalarda (masalan: metall jo‘valaydigan katta dastgohda, elektr transportida va boshqa qurilmalarda) juda ham kerakli hisoblanadi.
0‘TM ning rostlash xarakteristikalari uning aylanish chastotasini o‘zgartirishdagi xususiyatlarini aniqlab beradi. Bu xususiyatlafga quyidagilar kiradi: 1) nmax/nmIn nisbat bilan aniqlanadigan aylanish chastotani rostlash chegaralari; 2) elektr uskunasiga ketgan dastlabki xarajatlar va keyingi ishlatihsh jarayonidagi chiqimlar nuqtayi nazardan aylanish chastotani rostlashning tejamliligi; 3) rostlashning xarakteri, ya’ni tekis yoki pog‘onali ekanligi; 4) rostlash asbob-uskunasi va aylanish chastotani roStlash bo‘yicha bajariladigan ishning soddaligi va ishonchliligi.
(31.4) tenglamani hisobga olgan holda 0‘TM EYK lar muvozanat tenglamasi (31.6)ga binoan quyidagi ifodani yozish murnkin:
n = [ U- Ia (R + R)] / (CeO) (31.25)
bu yerda O = Oqo,z —AO; AO — yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri tufayli magnit oqimi kamayishining kattaligi; Ro= ro+ rc +rqo.sh q +r .z + rch — yakor zanjiriga ketma-ket ulangan barcha chulg‘amlarning va cho‘tkalardagi o‘tish qarshiligi (rch) ning yig‘indisi.
(31.25) formuladan ko‘rinishicha, 0‘TM larining aylanish chastotasini uchta usul bilan, ya’ni: 1) qo‘zg‘atish tokiiti o‘zgartirish (bunda magnit oqimi Oqo.z o‘zgaradi); 2) yakor chulg‘ami zanjiriga ulangan reostat vositasida; 3) tarmoq kuchlanishi U ni o‘zgartirish bilan rostlash mumkin ekan.
|
| |