|
Ketma-ket va aralash qo‘zg‘atishli motorlarning mexanik xarakteristikalari
|
bet | 145/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovKetma-ket va aralash qo‘zg‘atishli motorlarning mexanik xarakteristikalari parallel qo‘zg‘atishli motordagi singari, U= UN= const va R=const bo‘lgandagi n = f (M2) bog‘lanishni ifodalaydi. Mexanik xarakteristikaning ko‘rinishi 0‘TMining yuk bilan ishlashidagi turg‘unligini aniqlaydi.
Normal sxema bo'yicha olingan tabiiy (1) va sun’iv (2 va 3) mexanik xarakteristikalar 31.9-rasmda ko'rsatilgan. Magnit zanjiri to‘yinmagan ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning mexanik xarakteristikasi tezlik xarakteristikasi (31.5-rasm) kabi giperbola shakliga o‘xshab o‘zgaradi. Haqiqatda esa, valdagi yukning o‘zgarishi bilan ketma-ket qo‘zg‘atishli 0‘TM magnit zanjirining to‘yinishi keng ko‘lamda o‘zgaradi. Shu sababli uning mexanik xarakteristikasini oddiy shakldagi matematik ifoda ko‘rinishida faqat xususiy hol, va’ni mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan ( = Ia) hol uchun ifodalash mumkin. Bu holga (31.16) ifoda to‘g‘ri keladi.
Ketma-ket qo‘zg‘atishli motor keskin egri chiziqli kamayuvchi mexanik xarakteristikasiga ega boiganligidan uning validagi yuk (2(U25)% dan oshganda hamma vaqt turg‘un ishlaydi.
Aralash qo‘zg‘atishli motorda ikkita qo‘zg‘atish chulg‘ami mavjudligidan uning mexanik xarakteristikalari parallel va ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlar mexanik xarakteristikalari orasidagi o‘rinlarni egallaydi. ,
Magnit zanjiri to‘yinganligi uchun aralash qo‘zg‘atishli motorlaming mexanik xarakteristikalarini, ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlarniki singari, matematik jihatdan 'aniq va oddiy ko‘rinishda ifodalab bo‘lmaydi.
31.9,b-rasmda keltirilgan xarakteristikalardan ko‘rinishicha, yakor zanjiriga ulangan qarshilik oshgan sari 0‘TM ning aylanish chastotasi pasayadi va bu holda xarakteristikalar tez kamayadigan bo‘lib qoladi.
rasm. Yakor zanjiriga ketma- ket ulangan reostat qarshiligi Rr ning harxil (1 — Rrl~0; 2 — Rr2=4 ra; 3 — Rr = 9 ra) qiymatlarida ketma-ket qo‘zg‘atishli (a) va Rr]=0 (1); Rr2>Rr] (2) va Rr3>Rr2 (3) qiymatlarida aralash qo‘zg‘atishli (b) motorlaming mexanik xarakteristikalari.
0‘zgarmas tok motorlarining rostlash xaraktcristikalari
|
| |