|
BOB. ELEKTR MASHINALARI VA
TRANSFORMATORLAR AKTIY QISMLARINI
TAYYORLASHDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY
MATERIALLAR. ELEKTR MASHINALARIDA MAGNIT
|
bet | 153/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovBOB. ELEKTR MASHINALARI VA
TRANSFORMATORLAR AKTIY QISMLARINI
TAYYORLASHDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY
MATERIALLAR. ELEKTR MASHINALARIDA MAGNIT
ZANJIRLAR
Magnit materiallar
Elektr mashinalarining ish xossalari va ishonchJiligi ko‘p jihatdan ular tayyorlangan magnit, elektr o'tkazuvchi va elektr izolatsiya materiallarining xossa va sifatlariga bog‘liq.
Transformator va EM lari magnit sistemasini tayyorlashda sovuqlayin jo‘valangan anizotropli po‘lat (markalari 3411—3414, 3404— 3408) plastinalari va tunukalarini, uning jo‘valanish yo‘nalishi asosiy magnit oqimi yo‘nalishi bilan mos tushadigan qilib joylashtiriladi.
Po‘latni ishlab chiqarish jarayonida tarkibiga 0,5 dan 4,8 % gacha kremniy qo‘shilsa, uning magnit singdiruvchanligi oshadi va gisterezis tufayli bo‘ladigan quwat isroflari kamayadi; solishtirma elektr qarshiligi oshishi tufayli uyurma toklar hosil qiladigan quwat isroflari pasayadi. Anizotropli po‘latning solishtirma isroflari issiqlayin jo'valangan turiga nisbatan 2-4- 2,5 marta pastdir.
Po‘lat jo‘valanishining bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarida ham magnit xossalari yaxshi bo‘lgan “kub shaklli” tuzilmaga ega bo‘lgan sovuq holatda jo‘valangan izotropli elektrotexnik po‘latlar istiqbolli hisoblanib, ulardan EM lari magnit sistemas'ini tayyorlashda ham keng foydalanishga imkon beradi.
Elektr o‘tkazuvchi, o‘ta o‘tkazuvchan va krioo‘tkazgich
materiallar
Elektr o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lganligidan EM lari va transformatorlarda yaxshi tozalangan M0 (99,5 % Cu) va M1 (99,9 % Cu) markali mis va aralashmalardan tozalangan AE (99,5 % AI) markali aluminiy keng qo‘llanilmoqda.
Zichligining kamligi, erish temperaturasining pastligi, yuqori egiluvchanligi hamda zanglashdan himoya qiluvchi mustahkam va juda yupqa oksid pardasiga egaligi aluminiyning muhim xossalari hisoblanib, uning mexanik jihatdan mustahkamligi misnikiga nisbatan ancha yomonligi uning kamchiligidir. Misning elektr o‘tkazuvchanligi aluminiynikiga nisbatan taxminan 1,6 marta yuqori boлganligi uchun mis materiali chulg'amlarni tayyorlashda keng ishlatiladi.
Yuqori qizishga chidamli o‘rov simlariga ularning PNSDK va PNSDKT markalari kiradi. Temperaturaga bog‘liq holda bu simlar izolatsiyasining xizmat muddati o‘zgaradi. Masalan, 250°C da xizmat muddati 15000+20000 soatlargacha, 400°C da esa, u 200+500 soatlargacha yetadi, xolos.
Temperaturaning o‘sishi bilan mis va aluminiy solishtirma elektr qarshiliklarining oshishi ularning kamchiligi hisoblanadi.
Asinxron motoming rotor pazlariga qisqa tutashgan chulg‘amni quyish uchun qarshiligi oshirilgan AKZ, AKM, AKTs qotishmalari qo‘llaniladi. 0‘T mashinasining kollektor plastinalarini tayyorlash uchun tarkibiga kadmiy qotishtirilgan qattiq holda jo‘valanib tortilgan mis qo‘llaniladi. Bunda misning mexanik mustahkamligi oshadi va kollektorning yeyilishi kamayadi.
Asinxron motor rotorining qisqa tutashgan chulg‘amini va sinxron mashinaning so‘ndirgich (dempfer) chulg‘amini tayyorlash uchun latun (misning rux bilan qotishmasi) va bronza (misning qalay, kadmiy, berilliy va fosforlar bilan qotishmasi) qo‘llaniladi.
0‘ta o‘tkazgichlar — o‘ta o‘tkazuvchanlik hodisasi tufayli, absolut nolga yaqin (4,2 K) temperaturagacha sovitilganda o‘ta o‘tkazgich materialning o‘zgarmas tokka nisbatan qarshiligi va materialdan tok o‘tganda ichki magnit maydonni siqib chiqarish xususiyatlariga ega bo‘lgan holatiga asoslangan elektr o‘tkazgichdir.
Kelajakda niobiy-qalay (Nb—Sn) qotishmasidan tayyorlangan o‘ta o‘tkazgichni amalda qo‘llash istiqbolli hisoblanadi, chunki uni ancha kuchli magnit maydonlarda ham ishlatish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
BOB. ELEKTR MASHINALARI VA
TRANSFORMATORLAR AKTIY QISMLARINI
TAYYORLASHDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY
MATERIALLAR. ELEKTR MASHINALARIDA MAGNIT
|