|
a) Kontaksiz ( ventilli) o‘zgarmas tok motorlari
|
bet | 152/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatova) Kontaksiz ( ventilli) o‘zgarmas tok motorlari.
Ma'lumki, odatdagi 0‘TM larining asosiy kamchiligi — cho‘tka- kollektor qurilmasining ishdagi ishonchliligining kamligidir. 0‘TM larining ish xossalarini yaxshilash maqsadida ulaming cho‘tka-kollektor qurilmasi yarim o‘tkazgichli kommutator (invertor) bilan almashtirilgan. Bu kommutator kontaksiz rotor holati datchigidan kiradigan signallar orqali boshqariladi. Motorning ishchi chulg'ami (bir-biridan fazoda 120° siljigan va “yulduz” ulangan A, B va C chulg‘amlari) stator o‘zagi pazlarida joylashtirilgan, rotori esa doimiy magnitdan yasalgan (32.3- rasm).
Birorta mexanizmni harakatga keltirayotgan motorning vali rotor holati datchigi (RHD) bilan mexanik ravishda birlashtirilgan bo‘ladi. RHDning rotorida signal elementi (SE), statorida esa sezgir elementi (Sez.E) o‘rnatiladi. Bundan keladigan signal kommutator bloki (KB)ga kiradi. Yakor chulg‘ami seksiyalarining 0‘T manbasiga ulanishi KB elementlari orqali amalga oshiriladi.
RHD ning vazifasi — doimiy magnit qutblarining yakor chulg‘ami seksiyalariga nisbatan tutgan holatiga mos holda boshqarish signalini KB ga berishdan iboratdir. RHD ning sezgir elementi sifatida asosan Xoll EYK datchigi qo‘llaniladi. Bu datchikning chiqishidagi signal zanjirdagi tokning yo‘nalishi va qo‘zg‘atish chulg‘ami magnit maydonining yo‘nalishiga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Statik kommutator RHD dan boshqarish signalini olib motorning yakor chulg‘amida xuddi kollektor bilan cho‘tka yakor chulg‘amida hosil qiladigan toklarning o‘zgarishini vujudga keltiradi.
Kommutator (K) — har fazaviy chulg‘amga bittadan TA, TB, Tc tranzistordan iborat boiib, A, B, C fazaviy chulg‘amlarga ketma-ket ulangan. Tranzistorlarga beriladigan boshqarish signallar Sez.E ning holatiga bogiiq ravishda ishlab chiqiladi. Tranzistorlar kalit rejimida
32.3-rasm. Kontaktsiz (ventilli) o‘zgarmas tok motorining prinsipial sxemasi (a) va mexanik xarakteristikalari (b); SE — signal elementi;
RHD — rotor holatining datchigi (darakchisi); Sez.E ~ sezgir element; K — yarimo ‘tkazgichli kommutator; T —tranzistor.
ishlab “yopiq” yoki “ochiq” turg‘un holatiga ega. Birinchisi signal yo‘q vaqtiga to‘g‘ri keladi, ikkinchisi esa signal berilganda bo‘ladi.
rasmda Sez.E statorning “A” fazasiga mos kelgan holati ko‘rsatilgan. Bunda TA— ochiq, ya’ni “A” fazasidan tok IA o‘tadi, Tv va Ts lar esa yopiq bo‘ladi. IA toki rotoming doimiy magnit maydoni bilan ta'sirlashib aylantimvchi moment M ni hosil qiladi. Natijada, rotor RHD bilan soat strelkasi bo‘yicha aylana boshlaydi. Biroz vaqtdan keyin SezE birdaniga ikkita fazaga ta’sir eta boshlaydi, so‘ngra esa “B” fazasi ishlaydi va hokazo. Kontaksiz 0‘TM lari shu tarzda ishlaydi. Ularning mexanik xarakteristikalari 32.3,6-rasmda keltirilgan.
Kontaksiz 0‘TM lari odatdagi motorlarning ijobiy sifatlarini saqlagan holda, ularda cho‘tka-kollektor qismining yo‘qligi ularning katta afzalligidir. Konstmksiyasi (motorv RHD va kommutator) ning murakkabligi va narxining qimmatligi ularning kamchiligidir.
b) 0‘zgarmas tok mashinalarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan yangi seriyalari. 1
Hozirgi vaqtda umumiy maqsadli OlT mashinalarining asosiy seriyalari 2P va 4P, hamda kran-metallurgiya motorlari va maxsus maqsadli seriyalari ishlab chiqarilmoqda. 2P seriyasiga quwati 0,13 dan 200 kW gacha, aylanish o‘qi balandligi 90-5-135 mm bo‘lgan motorlar kiradi. Ilgarigi P seriyaga kiradigan XIUXVI gabaritlar yangi P2 seriya bilan almashtirilmoqda.
0‘T mashinasining 4P yangi seriyasi ishlab chiqilgan. Bu seriyadagi mashinalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan va uning ayrim qismlari va detallari 4A seriyadagi asinxron motorlarniki bilan moslashtirilgan, ya'ni unifikatsiya qilingan (32.4-rasm).
4P seriyadagi o‘rta va katta quwatli 0‘T mashinalari tarqalgan kompensatsion chulg‘am bilan ta’minlangan. Stator va yakor magnit o‘tkazgichlari yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalardan yig‘iladi. Mazkur seriyadagi bir qator mashinalarning statori asinxron motorlarnikiga o‘xshagan bo‘lib namoyon qutbli bo‘ladi (32.4-rasm). Qo‘zg‘atish va kompensatsion chulg‘amlari pazlarga bir tekis tarqatilgan. Statorni bunday konstruksiyada bajarish asinxron motorlar statorlarini ishlab chiqarish texnologiyasidan keng foydalanish maqsadida amalga oshiriladi, ya’ni 0‘TM lari statorlarini tayyorlash uchun alohida maxsus stanoklar talab etilmaydi.
32.4-rasm. 4PO seriyali o ‘zgarmas tok motorining bo'ylama va ko ‘ndalang qirqimlari:
1 — korpus; 2 — stator magnit o ‘tkazgichi; 3 — old tomondagi podshipnik qalqoni; 4 - yakor po ‘lat o ‘zagi; 5 — ventilator; 6 — himoya qoplamasi (kojuxi); 7 - chulg‘am uchlari chiqarilgan quticha; 8 — kollektor; 9 - cho ‘tka tutqich; h — rotoming aylanish o ‘qi balandligi; da — yakor diametri; la — yakor uzunligi.
0‘TM larining 2P va 4P seriyalarining motorlari 110, 220, 340 va 440 V kuchlanishlarga va 750, 1000, 1500, 2200 va 3000 ayl/min aylanish chastotalarga tayyorlanadi.
2P seriyali motorlar mustaqil qo‘zg‘atishli bo‘lib, qisqa muddatli katta o‘ta yuklanishni ta'minlaydigan kompensatsion chulg‘amga ega va ularning aylanish chastotasini keng ko‘lamda o‘zgartirish mumkin.
Metallurgiya, yuk ko ‘tarish kranlar, ekskavatorlar va boshqa elektr yuritmalar uchun quwati 2,5 dan 185 kW gacha, kuchlanishi 220 va 440 V, «N =400—1440 ayl/min bo‘lgan “D” seriyali OTM lar (ular aylanish chastotani keng ko‘lamda rostlashni ta’minlaydi);
qadamlovchi ekskavatorlar elektr yuritmalari uchun quwati 450 kW, 370 V, n = 29 ayl/min bo‘lgan MPVE—450—29 tipli; quwati 1000 kW, 600 V, n = 630/1000 ayl/min bo‘lgan MPE-1000-630 UXLZ tipli 0‘TM lari; quwati 1250 kW, kuchlanishi 930 V, aylanish chastotasi 1000 ayl/min bo‘lgan GPE—1250 tipli 0‘T generatorlari;
burg'iiovchi qurilmalar uchun quwati 68 kW bo'lgan DEV—808 tipli, 110 t yuk ko‘taradigan BelAZ—7519 o‘zi ag‘darar yuk mashinasi g‘ildiragini aylantiruvchi tortish 0‘TM lari (360 kW, U = 750 V, n = 1100 ayl/min) va ularni energiya bilan ta’minlovchi GPA-600 tipli (630 kW) generator;
elektrovoz va teplovozlar uchun quwati 8000 kW gacha bo‘lgan tortish 0‘TM lari;
jo‘valash dastgohlari (prokatstanlari) uchun quwati 30000 kW gacha boTgan 0‘TM lari (ikki, uch va to‘rt yakorli konstruksiyada);
kam quvvatli 0‘TM lar PL, DPM, DPR seriyalarda ishlab chiqarilmoqda.
Nazorat savollari:
Taxogeneratoming tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib bering.
Ijrochi 0‘TM qanday ishiaydi, afzalligi va kamchiligi nimalardan iborat?
Ventilli 0‘TM ning tuzilishi va ishlash prinsipini gapirib bering.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangan 0‘TM larining yangi seriyalari to‘g‘risida ma'lumot bering.
VI BO‘LIM. ELEKTR MASHINALARI UCHUN
UMUMIY BO‘LGAN MASALALAR
|
| |