|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 154/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovKrioo‘tkazgichlar — bu tozalangan jnetalldan yasalgan o‘tkazgichlar chuqur sovitilgan holatda foydalanilganda yuksak elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lsa ham o‘ta o‘tkazuvchanlik holatga o‘tmaydi.
0‘ta o‘tkazgich va krioo‘tkazgichlarni elektr mashinasozlikda qo'llash odatdagi EM lariga va transformatorlarga nisbatan (bir xil quwatda) ularning gabaritlari va massasini keskin kamaytirishga hamda ularning FIK ni oshirishga imkon beradi. Bu esa katta iqtisodiy samaradir.
Ayrim mamlakatlar (Shveysariya, Yaponiya, AQSH, Xitoy va Rossiya) da azotning suyuqlikka aylanish temperaturasi (— 196)°C dan oshgan qiymatlarda ham o‘ta o‘tkazuvchanlik xossasiga ega bo‘lgan materiallar ixtiro qilingan.
0‘ta o‘tkazuvchan materialni olish uchun suyuqlantirilgan geliyning o‘rniga suyuq azot ishlatilsa, kriogen davri (tsikli)ning samarasi 10 martadan ham ko‘p oshadi. Agar azotni havodan olib suyuqlantirish suyuq geliyni olishga nisbatan 20 marta arzon ekanligi hisobga olinsa, bu samaraning salmog‘i yana ham anchaga oshadi.
Elektr izolatsiya materiallari
Bu izolatsiyalarga: qizishga chidamlilik, yuksak elektr va mexanik mustahkamlik, namga bardoshlik, yaxshi issiq o'tkazuvchanlik va egiluvchanlik kabi asosiy talablar qo ‘yiladi.
Izolatsiyaning qizishga chidamliligi ishning ishonchliligini aniqlovchi asosiy talabidir. EM sining normal ish sharoitlardagi xizmat muddati 15-20 yil bo‘lishi kerak, bu esa, asosan izolatsiyaning xizmat muddati bilan aniqlanadi. Agar izolatsiya standartda belgilangan me’yoriy temperaturadan taxminan 8+10°C ga oshirilgan sharoitda ishlatilsa, o‘zining izolatsion xossasi va mexanik mustahkamligini yo‘qotishi tufayli, EM ning xizmat muddati 2 marta kamayadi,
Elektr mashinasozligida va transformatorsozlikda qo'llaniladigan elektr izolatsiya materiallarini qizishga chidamlilik xossasi bo‘yicha yettita klassga bo‘linadi (izolatsiyani qavs ichida ko‘rsatilgan temperaturagacha davomli ishlatish mumkin):
Y (80 °C) klassiga: paxta, tabiiy ipak, selluloza, plastmassa va boshqa sintetik materiallar kiradi. Ular asosan ayrim elektr apparatlarida qo ‘llaniladi.
A (105 °C) klassiga: getinaks, tekstolit, loklangan mato, elektrokarton, transformator moyi, kapron, emal izolatsiyalar va boshqalar kiradi. Bu klassdagi izolatsiya materiallari asosan transformatorsozlikda qo ‘llaniladi.
E (120 °C) klassiga: emal, epoksid smola (qatron), lavsan va boshqa sintetik materiallar kiradi. Ular asosan kam quvvatli EM larda qo ‘llaniladi.
B (130 °C) klassiga: mikanit, mikalenta, asbest va shisha tola materiallar kiradi. Uiar o‘rta va katta quvvatli EM lami tayyorlashda keng qo ‘Haniladi.
|
| |