|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 151/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatovbu yerda R — yuklama (elektr o‘lchash asbobi)ning qarshiligi.
32.1-rasm. 0‘zgarmastok 10 taxogeneratorining tuzjlishi 7 (a), prinsipial shemasi (b) va uning chiqish xarak- teristikasi (c).
Birorta mexanizmning aylanish chastotasini o‘lchash uchun taxogeneratorning valini mexanizm vali bilan mexanik ravishda birlashtiriladi. Taxogeneratorning chiqish xarakteristikasi F = const va £Ra= const bo‘lganda olinadi va ishining aniqlik darajasi mazkur
xarakteristikaning to‘g‘ri chiziqli o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi, lekin amalda chiqish xarakteristikasi — Uchiq=f(n) yakor reaksiyasi va cho‘tkalar kontaktida kuchlanish tushishi tufayli to‘g‘ri chiziqli bo‘lmaydi, undan tashqari cho‘tka kontaktidagi kuchlanish tushishi sababli u koordinata o‘qlari boshidan chiqmay, njnit) aylanish chastotadan keyingina Uchi((> 0 bo‘ladi (32.1,6-rasm, 2).
Qarshiligi katta bo‘lgan o‘lchov asboblarini ishlatish bilan chiqish xarakteristikasining o‘zgarishini to‘g‘ri chiziqliga yaqinlashtirib taxogeneratorning aniqlik darajasi oshiriladi. Yakor reaksiyasining ta'sirini kamaytirish maqsadida mashinaning magnit zanjirini to‘yinmagan yoki nihoyatda to‘yingan qilib loyihalanadi.
Zamonaviy 0‘T taxogeneratorlari chiqish xarakteristikalarining tikligi S = 3-UOO mV/(ayl/min) bo‘ladi (kam qiymatlar doimiy magnit bilan qo‘zg‘atiladigan taxogeneratorlarga xosdir).
Aylanish chastota n = 0 dan nmin gacha oshganda Uchjq= 0 bo'lgan oraliqni nosezgirlik zona deyiladi va chegarasi quyidagicha aniqlanadi (32.1,6-rasm):
n . = AU .. / (CfO). (32.3)
Asosiy magnit maydoni doimiy magnit bilan hosil qilinadigan o'zgarmas tok taxogeneratorlari mustaqil 0‘T manbasi talab qilinmaganligi, konstruksiyasining oddiyligi va gabaritlarining kichikligi tufayli ular amalda keng qo‘llanilmoqda.
Ijrochi o‘zgarmas tok motorlari
Ijrochi 0‘TM lari (32.2-rasm) elektr signallami mexanik harakatga aylantirish uchun mo‘ljallangan. Bunday motorlar kam inersiyali, ya’ni boshqarish 0‘TM ni tezkorlik bilan mexanik harakatga oshiradigan bo‘lishi lozim. Odatdagi konstmksiyali 0‘TM larida yakor o‘zagining mavjudligi yakorning inersiya momentini ancha orttiradi. Shu sababli ijrochi 0‘TM lar pazsiz yakorli va yakori bosma chulg‘amli qilib tayyorlanadi.
Umumiy maqsadli 0‘TM lariga qo‘yiladigan talablardan tashqari ijrochi 0‘TM lariga boshqarish signalining uzilishi bilan o‘z harakatini darhol to‘xtatishi va inersiyasining kamligi kabi maxsus talablar qo‘yiladi.
Elektromagnit qo‘zg‘atishli ijrochi 0‘TM larining ikkita chulg‘ami boiib, ulardan bittasi elektr tarmogiga doimiy ulanib, uni qo‘zg‘atish chulg‘ami deyiladi. Valning aylanishi zamr boigan holda ikkinchi chulg‘amga, ya’ni boshqarish chulg‘amiga elektr signali beriladi.
Ijrochi 0‘TMilarining konstruksiyasi umumiy maqsadli 0‘TM larinikidan quyidagilar bilan farq qiladi, ya’ni ularning yakori, staninasi va qutblari yupqa elektrotexnik po‘lat tunukalaridan yig‘ilgan bo‘ladi, chunki bunday motorlarning ishi ko‘pchilik hollarda o‘tish jarayonlar bilan bog‘liq bo'ladi. Ijrochi motorlarning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘ladi, shu sababli uning ish xarakteristikalariga yakor reaksiyasi deyarli ta'sir qilmaydi.
Mustaqil qo‘zg‘atishli ijrochi motorlaming ikkita usul bilan, ya’ni yakordan va qutbdan boshqarish mumkin. Xarakteristikalari chiziqli bo‘lganligi va elektr signali uzilganda yakor tezkorlik bilan to‘xtash qobiliyatiga egaligi kabi afzalliklari mavjudligidan yakordan boshqariladigan ijrochi 0‘TM lari (32.2,6-rasm) amalda keng qo‘llaniladi.
Bularda qo‘zg‘atish chulg'ami motorning butun ish jarayonida elektr tarmog‘iga ulangan bo‘ladi. Yakor chulg'ami esa boshqarish chulg‘ami deyiladi. Bu chulg‘amga boshqarish signalini berganda yakor chulg‘amidan o‘tadigan tok qo‘zg‘atish chulg‘ami magnit maydoni bilan ta’sirlashib, aylantiruvchi moment hosil qilishi natijasida yakor aylanadi.
32.2-rasm. Ijrochi o'zgarmas tok motorining umumiy ko ‘rinishi (a) (bunda: 1 — korpus; 2 — qo‘zg‘atish chulg'ami; 3 — qutb; 4 — ichi kavak yakor; 5 — ferromagnit o‘zak; 6 — podshipnikli qalqon; 7 — kollektor); yakordan (b) va qutbdan (c) boshqariladigani; yakordan boshqariladigan ijrochi motorning mexanik (d) va rostlash (e) xarakteristikalari.
Ijrochi motor inersiyasini kamaytirish maqsadida quyma ferromagnit o‘zak ichki stator deb nomlanadigan qo‘zg‘almas qismda joylashgan bo‘lib, yakor chulg‘ami esa silindrik karkasga plastmassa bilan quyib mahkamlanadi. Demak, yakor chulg‘ami o‘tkazgichlari plastmassa bilan mahkamlangan silindrsimon kavak idishdan iborat bo‘lar ekan.
Ichi kavak yakoming inersiya momenti odatdagi yakomikidan ancha kamligi tufayli motorning yaxshi tezkorlikka egaligi uning afzalligi bo‘lsa, qo‘zg‘atish chulg'ami joylashgan o‘zak (tashqi stator) va qo‘zg‘almas
ferromagnit o‘zak (ichki stator) orasida katta nomagnit oraliqqa egaligi magnit qarshilikni oshirib zaruriy maydon hosil qilish uchun qo‘zg‘atish MYK ni ancha oshirish talab etilishi (demak, motor gabaritining nisbatan oshishi) esa ularning kamchiligidir.
Bunday motorlarning FIK taxminan odatdagi konstruksiyali 0‘TMilarniki singari bo‘ladi, asosiy maydoni doimiy magnit qo'llab hosil qilinadigan motorlarda esa FIK yana ham yuqori bo'ladi.
0‘zgarmas tok mashinalarining zamonaviy turlari
|
| |