• Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning rostlash xarakteristikalari
  • Yakor zanjirining uchlaridagi kuchlanishni o'zgartirish yo‘li bilan motorning aylanish chastotasini rostlash




    Download 3,86 Mb.
    bet148/172
    Sana30.11.2023
    Hajmi3,86 Mb.
    #108639
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   172
    Bog'liq
    J. S. Salimov, N. B. Pirmatov

    Yakor zanjirining uchlaridagi kuchlanishni o'zgartirish yo‘li bilan motorning aylanish chastotasini rostlash. (31.12) tenglamaga asosan, 0‘TM larining aylanish chastotasi n taxminan unga berilayotgan kuchlanish U ga to‘g‘ri mutanosib ravishda o‘zgaradi, deyish mumkin. Odatda, 0‘TM larining normal ish rejimi nominal kuchlanish UN da kechib, uni kuchlanishning U > UN qiymatlarida ishlatish mumkin emas. Shu sababli ko‘rilayotgan aylanish chastotani rostlash usuli kuchlanishning U< UN qiymatlarida o‘zgartirishga imkon beradi. Bu usulni amalga oshirish uchun 0‘TM mustaqil 0‘T manbayi (masalan, 0‘T generatori)dan ta’minlanishi lozim bo‘ladi. Bunday sistemaga generator-motor (G-M) sistemasi deyiladi. Generator esa birorta boshqa 0‘TM bilan aylantiriladi.
    (G-M) sistemasi murakkab, uning tannarxi qimmat va energiya uch karra o‘zgartirilganligi tufayli bu sistemaning FIK nisbatan kam (taxminan 0,6=0,7) bo‘lganligidan, so‘nggi vaqtlarda 0‘T generatori o‘rniga boshqariladigan to‘g‘rilagich (BT) qo‘llanilib, masalan, prokat stanlarda BT-M sistemasi ishlatilmoqda.
    Parallel qo‘zg‘atishli motorga beriladigan kuchlanishning har xil o‘zgarmas (U = const) qiymatlaridagi uning tezlik xarakteristikalari n =f (Io) absissalar o‘qiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘ladi.
    Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning rostlash xarakteristikalari
    0‘TMining aylanish chastotasini hisoblash formulasi n=(U ~fRJ/ (CE0) ga magnit zanjiri to‘yinmagan hol uchun magnit oqimi 0 = K0I:[ ni qo‘yib aniqlangan
    n = U/ Ia — (Zr+ rr(a;)/ (C^) (31.29)
    tenglamadan ko‘rinishicha, ketma-ket qq‘zg‘atishli motor aylanish chastotasini rostlash quyidagi, ya’ni: 1) yakor zanjiriga reostat ulash; 2) qo‘zg‘atish chulg‘amini shuntlash, ya’ni bu chulg‘amga parallel qilib qarshilik ulash; 3) yakor chulg‘amini shuntlash usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
    Oxirgi ikkita usul, mohiyati jihatidan, 0‘TM aylanish chastotasi asosiy magnit oqimini (demak, qo‘zg‘atish tokini) o‘zgartirish yo‘li bilan rostlanishini ko‘rsatib beradi.
    Yakor zanjiriga ketma-ket ulangan reostat vositasida 0‘TM ning aylanish chastotasini rostlashda uning aylanish chastotasi n kamayadi. Bu usul tejamsizdir, chunki yakor zanjiriga ulangan reostatda qo‘shimcha isroflar bo‘ladi.
    Aylanish chastotasi keng ko‘lamda rostlanadigan ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlar uchun yakor va qo‘zg‘atish chulg‘amlarini qarshilik bilan shuntlash sxemasi qo‘llaniladi.
    Yakor chulg'amiga reostatni parallel ulash (shuntlash) yo‘li bilan 0‘TMining ay/anish chastotasini rostlash. Agar U=const va Myu=M=CMOIu =const boTganda, faqat yakor qarshilik bilan shuntlansa, unda yakor toki Ia kamayadi, chunki yuklama tokining bir qismi (Ish) qarshilik (shunt) orqali o‘tadi va liniyadagi yuklama toki bu ikkala tokning yig‘indisidan (I = Ia+ +Isha) iborat boTadi. Lekin shartga ko‘ra, yakor chulg‘ami shuntlanmasdan oldin va undan keyin ham aylantiruvchi moment bir xil qiymatga ega bo‘lib qolishi kerak. Ammo yakorni shuntlashdan keyin yakor toki Ia kamayadi, bu holda, moment Myu o‘zgarmasligi uchun, qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok I .z ning oshishi hisobiga oqim F ko‘payishi lozim, demak, aylanish chastota n kamayadi (31.11-rasm, 2-egri chiziq).
    0‘TM aylanish chastotasini bunday usul bilan rostlashda FIK r) juda ham past, shu sababli bu usul cheklangan, ya’ni qisqa vaqt ichida 0‘TMining aylanish chastotasini keskin kamaytirish kerak boTgan hollarda (masalan, metallurgiya zavodining metall quyish sexlarida) foydalanadilar. •
    Bu usul yordamida aylanish chastotaning rostlash chegarasi taxminan 1: 5 gacha yetadi.
    Qo ‘zg‘atish chulg‘amiga reostatniparallel ulash (shuntlash) yo ‘li bilan aylanish chastotasini rostlash. U=UN= const, n = const va Myu= const boTgan ish rejimida qo‘zg‘atish chulg‘amini
    Rqo.z sh qarshiligi (reostat) bilan shuntlanganda qo‘zg‘atish tokining bir qismi shunt orqali o‘tadi. Shu sababli qo‘zg‘atish oqimi F kamayadi va 0‘TMning aylanish chastotasi n o‘sadi (31.11-rasm, 3-egri chiziq). Myu= const boTganligidan momentlarning muvozanat tenglamasiga

    Download 3,86 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   172




    Download 3,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yakor zanjirining uchlaridagi kuchlanishni o'zgartirish yo‘li bilan motorning aylanish chastotasini rostlash

    Download 3,86 Mb.