|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 149/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatov31.11-rasm. Ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning tezlik (mexanik) xarakteristikalari: 1 — shuntlanmagan normal hol; 2 — qo ‘zg'atish chulg‘ami shuntlangan hol.
asosan magnit oqimi F ning kamayishida yakor toki Ia ning qiymati shunchaga ko‘payishi kerakki, bunda M = M = CMOIa= const sharti bajarilsin. 31.11-rasmda ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning tabiiy mexanik xarakteristikasi (1-egri chiziq) taqqoslash usullarining ahamiyatini belgilash uchun keltirilgan.
Qo‘zg‘atish chulg‘ami va shuntlovchi reostatning qarshiliklari kam bo‘lganligidan bu reostatdagi quwat isrollari ham kam bo‘ladi.
Shunday qilib, tahlil qilingan rostlash usuli ketma-ket qo‘zg‘atishli motorning aylanish chastotasini oshirishga imkon beradi, hamda bu usul juda ham tejamlidir. Bu usul ko‘pincha tortish elektr motorlarida ishlatiladi.
Aralash qo‘zg‘atishli motorning rostlash xarakteristikalari
Parallel qo‘zg‘atish chulg‘ami asosiy bo‘lib, ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami yordamchi bo'lgan aralash qo‘zg‘atishli motorda palallel qo‘zg‘atishli motorga xos bo‘lgan rostlash usullari qo‘llaniladi.
Qo‘zg‘atish chulg'amlari mos ulanganda (ulaming MYK lari bir xil yo‘nalgan hol), aralash qo‘zg‘atishli motorning tezlik
31.12-rasm. Harxilqo‘zg‘atishli motorlaming tezlik xarakteristikalarini - n — f(la) taqqoslash: 1 — parallel; 2 — ketma-ket; 3 — mos ulangan aralash; 4 — teskari ulangan aralash.
xarakteristikalari, parallel va ketma-ket qo‘zg‘atishli motorlarning tezlik xarakteristikalari oralig‘idajoylashadilar. Shuning uchun 31.12-rasmda har xil qo‘zg‘atishli 0‘TM larining tezlik xarakteristikalari taqqoslangan.
0‘zgarmas tok motorlari aylanish chastotasini rostlashning
zamonaviy usullari
0‘TM larida aylanish chastotasining rostlash quyidagi: 1) reostat- kontaktorli; 2) boshqariladigan to‘g‘rilagich-motor (BT-M) sistemasi vositasida; 3) impulsli rostlash usullar orqali amalga oshiriladi.
Rostlashning 1-usuli asosan kam va o‘rta quwatli elektr motorlarida keng qoMlaniladi. Reostat-kontaktorli boshqarishda:
aylanish chastotasi nominal qiymatidan kam talab qilingan (n < nN) hollarda yakor zanjiriga qo‘shimcha qarshilik ulab rostlanadi;
oshirilgan aylanish chastotalari (n > nN) da qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirib rostlanadi.
Reostat-kontaktorli boshqarishni avtomatlashtirishning murakkabligi, ta'mirlash va ishlatishga katta chiqimlar talab qilinganidan, hozirgi vaqtda takomillashgan boshqarish sistemasi bilan almashtirilmoqda.
Tiristorlar asosida tayyorlangan boshqariladigan to‘g‘rilagichda bir vaqtning o‘zida ham to‘g‘rilash, hamda to‘g‘rilangan kuchlanishni rostlash jarayoni amalga oshiriladi. Bu usulni amalda qo'llash natijasida hosil bo‘lgan BT-M sistemasining FIK G-M sistemasinikiga nisbatan oshadi.
31.13-rasm. Boshqariladigan to‘g‘rilagichdan ta 'minlanadigan mustaqil qo ‘zg‘atishli motoming aylanish chastotasini rostlash sxemasi (a) va o ‘zgarmas tok motorini impulsli rostlash (b): a)Sf — kirish filtri (tozalagichi); TK — tiristorli kalit; D — teskari diod; Lf — induktivlik.
Ko‘rilayotgan usulning kamchiligi shundan iboratki, chiqish kuchlanishining kamaytirilgan qiymatlarida kirishdagi quvvat koeffitsienti coscp pasayadi. Undan tashqari kuchlanishning
pulslanishidan tokning pulslanishi vujudga keladi va 0‘TM ning ishini yomonlashtiradi: quvvat isroflari oshadi, kommutatsiya jarayoni yomonlashadi va hokazo. Ayniqsa, to‘g‘rilagich bir fazali tok tarmog‘idan energiya bilan ta'minlansa tokning pulslanishi katta bofladi. Shunga qaramasdan, boshqa qator afzalliklari tufayli hozirgi vaqtda 0‘TM ning aylanish chastotasini BT-M sistemasi bo‘yicha rostlash amalda keng rivojlangan.
Hozirgi vaqtda 0‘TMlarining aylanish chastotasini impulsli rostlash amalda keng qo'llanilmoqda. Bunda 0‘TM ga impulsli uzgich vositasida davriy ma’lum chastotali kuchlanish impulslari beriladi.
Impulsli rostlash sxemasining (31.13,6-rasm) ishlash tartibi shundan iboratki, vaqtning t davrida, ya’ni elektronli kalit (TK) ning yopiq paytida (bunga tranzistor yoki tiristorning ochiq holati to‘g‘ri keladi), kuchlanishning to‘la qiymati 0‘TMining yakor chulg'amiga beriladi va bunda yakor tokining oniy qiymati oshadi (31.14,a-rasm), TK ochiq holda (demak, tranzistor yoki tiristor yopiq holda) esa, yakor toki birdaniga yo‘q bo‘lib qolmaydi, balki yakor zanjirining (La+L) induktivliklarida to‘plangan elektromagnit energiyasi ta’siri ostida yakor zanjiri va teskari diod D orqali o‘tadi va tok Ia ning qiymati kamayadi. Nominal rejimda impulslar ketma-ketlik chastotasi odatda (200 + 400) Hz ni tashkil qiladi, shu sababli davr T, yakor zanjirining vaqt doimiyligidan taxminan 100 marta kam bofladi. Shuning uchun t vaqt mobaynida impuls jarayonida yakordagi tok ko‘p o‘sishiga ulgurmaydi, tokning uzilgan vaqtida (T—t) esa, tok Io birdaniga kamayib ketishiga ulgurmaydi.
Yakor tokining o‘zgarish egri chizig‘ini tekislash maqsadida uning zanjiriga flltr (tozalagich — LfSr) ulanadi. Bu holda yakor zanjirining uchlaridagi kuchlanish, amaliy jihatdan o‘zgarmas bo‘lib qoladi va
31.14-rasm. 0‘TM ning aylanish chastotasini impulsli rostlashda kuchlanish va toklarning o'zgarish grafigi (a) va parallel qo‘zg‘atishli motomi impulsli rostlashda tezlik va mexanik xarakteristikalari (b).
tiristorning ulanib turgan vaqtini, butun sikl davomida ketgan vaqtga nisbatan chiqqan songa to‘g‘ri mutanosibda bo'ladi.
Yakor chulg'amiga beriladigan kuchlamshning o‘rtacha qiymati
u*=Uo‘rt=u't/T = “'u- (3T30)
|
| |