|
‘zgarmas tok mashinasining generator rejimda ishlash prinsipi
|
bet | 122/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. Pirmatov0‘zgarmas tok mashinasining generator rejimda ishlash prinsipi.
0‘T mashinasining rotori birlamchi motor bilan aylantirilganda yakor chulg‘ami o‘tkazgichlari qo‘zg‘atgich chulg‘ami magnit maydonini kesib o‘tishi tufayli ularning har birida elektromagnit induksiya hodisasiga binoan o‘zgaruvchan EYK hosil bo'ladi. Uning oniy qiymati quyidagiga teng:
e = B / v, (27.1)
bunda B — magnit maydon induksiyasi; /— o'tkazgichning uzunligi; v — tezlik.
EYK ning yo‘nalishi “o‘ng qo‘I” qoidasi (K.2,a-rasm) bilan aniqlanadi.
Yakorning burchak tezligi v (yoki aylanish chastotasi n) o‘zgarmas bo‘lsa yakor chulg'ami EYK nmg kattaligi va yo‘nalishi mashina havo oralig‘i magnit induksiyasining kattaligi va yo‘nalishi bilan aniqlanar ekan.
0‘T generatorining ishlash prinsipini eng oddiy O'T generatori misolida ko‘rib chiqamiz (27.6-rasm). Bunda mashinaning magnit
294
<|iilblari orasida erkin aylanadigan po‘lat silindrga ikkita (“ab” va “cd”) o'lkazgichning ketma-ket ulanishidan hosil bo'lgan bitta o‘ram o'rnatilgan bo‘lib, u yakor chulg‘amining eng oddiy bir qismidir. Vakor o‘ramining uchlari 2 ta yarim halqaga ulangan. Yarim halqalaiga 2 ta qo‘zg‘almas cho‘tka tegib turadi. Yakor aylantirilganda yarim halqalar o‘tkazgichlar bilan mos aylanadi. Mazkur yarim halqalar ko'rilayotgan oddiy 0‘T mashinasining kollektoridir.
0‘tkazgichda hosil bo‘lgan EYK ning vaqt bo'yicha o‘zgarish grafigi mashina havo oralig‘ida magnit induksiyaning taqsimlanish shakliga mos keladi.
Yakor aylanganda uning chulg‘am o‘tkazgichlari (“ab”“cd,,) magnit maydonda magnit induksiyaning kattaliklari har xil bo‘lgan holatlarni egallaydi (27.6,A-rasm). Bunda o‘tkazgichlar harxil magnit qutblar tagidan o‘tgani tufayli unda hosil bo‘lgan EYK va, demak, yakor chulg‘amidagi tok ham sinusoidal shaklda o‘zgaruvchan bo‘ladi.
rasm. Yakor chulg'ami bitta o‘ram (2 ta o‘tkazgich)dan iborat ho'lgan eng oddiy o'zgarmas tok generatorining modeli (a); yakor bitta aylantirilganda o‘tkazgichlarning magnit maydondagi holatlari (b) va o'zgarmas EYK (yoki tok) ning hosil bo‘lishi (d); yakor chulg‘ami fazoda hir-biriga nisbatan 90° da joylashgan ukkita o‘ram (4 ta o‘tkazgich)dan ihorat bo'lganda (e), tashqi zanjirda EYK (yoki tok) pulsatsiyalanishining krskin kamayishi (f).
Yakor 180° ga burilganda o‘ramdagi EYK (yoki tok) ning yo‘nalishi teskariga o'zgaradi. Lekin cho‘tkalar qutbiyligi (ishorasi) va zanjirning tashqi qismida tokning o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan paytda cho‘tkalar tagidagi kollektor plastinalarining ham joyi almashinadi.
Shunday qilib, “A” cho‘tka tagida hamma vaqt shimoliy qutb ta’siridagi, “B” cho‘tka tagida esa janubiy qutb ta'siridagi o‘tkazgich ulangan plastina turadi. Natijada 0‘Tgeneratorida yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok kollektor va cho‘tkalar vositasida zanjirning tashqi qismidagi pulsatsiyalanadigan tokka aylantiriladi (27.6,d-rasm).
Agar yakor chulg‘ami fazoda bir-biriga nisbatan 90° da joylashgan ikkita o‘ramdan iborat bo‘lsa (27.6,(?-rasm), tashqi zanjirda tokning pulsatsiyalanishi keskin kamayadi (27.6,d-rasm).
Albatta, yakor chulg‘ami bitta yoki ikkita o'ramdan emas, balki bir necha o‘ramdan iborat bo‘ladi. Natijada tokning tashqi zanjirdagi pulsatsiyasi keskin kamayadi. Masalan, chulg‘amdagi o‘tkazgichlar soni 16 ta (o‘ramlar soni 8 ta) bo‘lsa, tokning pulsatsiyasi sezilmay qoladi va generatorning tashqi zanjiridagi EYK (yoki tok) ni faqat yo‘nalishi bo'yicha emas, balki kattaligi bo‘yicha ham o‘zgarmas deyish mumkin bo‘ladi.
Yakor chulg‘amiga yuklama ulanganda o‘tadigan tok asosiy maydon bilan ta'sirlashib elektromagnit kuch va moment hosil qiladi. Elektromagnit kuchning qiymati Amper qonuniga binoan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
F = B .JI . (27.2)
Bu kuchning yo‘nalishi “chap qo‘l qoidasi” (K.2,6-rasm) bo'yicha aniqlanadi. Bu kuch hosil qilgan elektromagnit moment quyidagiga teng bo‘ladi:
M = F -D / 2 = C CD 1 , (27.3)
|
| |