|
J. S. Salimov, N. B. Pirmatov
|
bet | 30/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovY / A —11. YK chulg‘ami “yulduz”, PK chulg‘ami esa “uchburchak” sxemasiga ulangan 11-guruhli transformatorlar past kuchlanishi 400 V dan katta bo‘lgan (6 / 0,525; 10/ 0,525; 35/ 10; 35/ 6 kV) hollarda ishlatiladi.
Y# /A — 11. YK chulg‘ami neytral (0>simi tashqariga chiqarilgan “yulduz”, PK chulg'ami esa “uchburchak” sxemasiga ulangan 11- guruhli transformatorlar UYK < 110 kV bo‘]gan kuchlanishlarda ishlatiladi.
Chulg‘amni “yulduz” (Y) sxemaga ulash yuqori kuchlanishlarda qulaydir, chunki chulg‘amga beriladigan fazaviy kuchlanish (Uf) liniyaviy kuchlanish (U) dan ^/3 marta kichik bo‘ladi. Bu esa chulg‘amni tayyorlashda izolatsion material kamroq sarflanib, transformatoming tannarxi kamayadi.
PK chulg‘amlarni ko‘pchilik hollarda “A” sxemasiga ulaydilar.
Bunday sxemada transformator fazalaridagi yuklama notekis boisa ham yaxshi ishlaydi. Undan tashqari “A”ka ulanganda chulg‘amning
fazaviy toki If=I /^/3 > ya'ni kam boiib, chulg‘am o‘rov simining kesim yuzasini kamroq tanlashga imkon beradi. Demak, bu holda ham chulg‘am tannarxi nisbatan arzon bo‘ladi.
Y/Y — 0 ulanish guruhida magnit oqimining asosiy tashkil etuvchisi F(1) dan tashqari uning 3-garmonikasi F(3) ham vujudga keladi. Transformatorning konstruktiv elementlarida F(3) hosil qilgan uyurma toklar uni me’yordan ortiqcha qizdirib yuboradi. Shu sabablarga (kamchiliklarga) ko‘ra Y/Y— 0 sxema kam qo‘llaniladi.
Sanoat ehtiyojlariga ko‘ra Y/Y — 0; A/Y —11; Y/A —11; Y0 /A —11 hamda maxsus buyurtmalar asosida Y / Z —11 ulanish guruhlari tayyorlanadi. Bulardan Y/A yoki A/Y sxemaga oid ulanish guruhi afzal hisoblanadi. Shu sababli standart A/Y — 11 ulanish guruhini tavsiya qilgan.
|
| |