|
Transformatorlarni parallel ishlashga ulash shartlari
|
bet | 32/172 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 3,86 Mb. | | #108639 |
Bog'liq J. S. Salimov, N. B. PirmatovTransformatorlarni parallel ishlashga ulash shartlari.
Transformatorlarni parallel ishlashga ulashda ularning chulg'amlarida tenglashtiruvchi toklarning vujudga kelmasligi va umumiy yuklama parallel ulangan transformatorlarning quwatiga mos holda taqsimlanishi zarur bo‘ladi. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi talab qilinadi:
parallel ulanadigan va ishlab turgan transformatorlarning birlamchi nominal kuchlanishlari o‘zaro teng (U1N(I)= U1N(II)= ...) va ikkilamchi nominal kuchlanishlari ham teng boiishi, ya’ni liniyaviy transformatsiyalash koeffitsientlari (k?) bir xil bo‘lishi lozim:
— — ^/.m ~ ••• (6-5)
parallel ulanadigan va ishlab turgan transformatorlarning qisqa tutashuv kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak, ya’ni
Uqt. I ~ Uqt. II ~ Uqt. III ~ (6-6)
transformatorlar chulg‘amlarining ulanishi sxemalari va guruhlari bir xil bo‘lishi lozim.
Parallel ishlashga ulangan ikkita uch fazali kuch transformatorining sxemasi 6.5-rasmda ko‘rsatilgan.
A B C
a £ c
Transformatsiyalash koeffitsientlari k,, ulaming o‘rtacha arifmetik qiymatlaridan farqi + 0,5 foizgacha, qisqa tutashuv kuchlanishlari u esa (±10) foizgacha farqli boTgan hollarda ham transformatorlarm parallel ishlatish mumkinligi standartda belgilangan. Undan tashqari parallel ishlaydigan transformatorlar nominal quwatlarining farqi uch martadan oshmasligi kerak, chunki transformatorning qisqa tutashuv
rasm. Parallel ishlashga ulangan ikkita uch faz.aU kuch
transformatorining sxemasi.
kuchlanishi uqt uning nominal quwati va kuchlanishi oshgan sari oshib horadi.
Chulg'amlarining ulanish guruhlari har xil bo‘lgan holda transforma- lorlarni parallel ulash mumkin emas, chunki bu holda ularning chulg‘amlaridan qiymati taxminan qisqa tutashuv tokining qiymatiga yetadigan tenglashtiruvchi toklar o‘tadi. Bu esa transformatorlar uchun xavflidir.
Yuqorida ko‘rsatilgan shartlardan birortasi to‘la bajarilmagan hollarda transformatorlarning parallel ishlashini ko‘rib chiqamiz.
|
| |